Nasoyim ul-muhabbat


Download 5.05 Kb.

bet14/42
Sana09.02.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim o‘tti, Shayx Abu Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizg‘a nisbat 
beribdur. 
 
 311. Abdurrahim Istaxriy q. t. 
Kuniyati Abu Amrdur. Va Ruvaym bila suhbat tutubdur va Sahlni ko‘rubdur va tariqi satru ixfo va 
shatorat erdi. Shotirona libos kiyar erdi va itlar asrar erdi va ovg‘a borur erdi. Kabutarlari ham bo‘lur 
erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, Ruvaym dedikim, bu toifadin ko‘p bila Lug‘om tog‘ida 
bo‘lubmen. Andin sobirroq ko‘rmaymen. Ov uchun dashtga yo tog‘ga borsa erdi, el ko‘zidinkim, yiroq 
bo‘ldi, itlarin qo‘yar erdi va tengri zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur erdi. Uyida bir o‘y terisi ermishki, ostig‘a 
solur ermishkim, o‘yning shoxlarini ham ul teri bila qo‘yg‘on ermishlar. Qish oni uyga sudrab solur 
ermish va yoz tashqari sudrab ermish. Ja’far Hazzo aning qoshig‘a bordi. Ahvolin xarob ko‘rdi bir 
buzuq uy go‘shasida va anga azim baloyi mutavajjih. Tarahhum qildi va mutag‘ayyir bo‘ldi. Ul 
dedikim, menga ne bo‘ldi? Ja’far dediki, seni bu dam o‘lgudek ko‘radurmen za’fdin. Ul qo‘pti va bir 
azim tosh erdi, ko‘tordi. Ko‘torib tomg‘a chiqardi va dedi: Ey qaviy, kelib, bu toshni ko‘tarib, quyi 
tushur! Ja’far ojiz bo‘lub, hayrat qildi. Ul dedikim, bu kun o‘n yetti kundurkim, hech nima 
yemaydurmen. Ja’farning hayrati ko‘proq bo‘ldi. Anga otasidan yigirma ming diram meros qoldi. 
Ammo el zimmasida erdi va o‘n mingni elga kechti va o‘n mingni oldi. Kecha tong otquncha, ul vajh 
oni gohi savdo xayolig‘a gohi ziroat xayolig‘a parishon qilib erdikim, sahar qo‘pub, ul vajhlarni 
ovuch-ovuch qo‘shnilar uyiga sochti. Kunduz ul elga xayol bo‘ldikim, go‘yo yormoq yog‘ibdur. Ul 
tubrani silkidi, yarim diram qolib erdi. Tushti, ashobig‘a dedikim, ishorat sizgakim, nonu baqlo bo‘ldi. 
El dedilar bu devonani ko‘rung! O‘n ming diramni sochib, yarim diram uchun shodliq qilur. Vaqte 
Abodong‘a bordi va yigirma bir kun qoldi. Har ne oqshom anga iftor uchun keltururlar erdi, tongla 
mavjud erdi. Xalq oning sheftasi bo‘ldilar. Sahl Abdulloh qasd qildi, dedi: Senga mehmonman. Ul 
dedi: Ne buyurursen? Dedi: so‘kboch pishur. Sahl so‘kboch pishurtti va qozon bila oning ollig‘a 
qo‘ydilar. Hamul dam soyil savol qildi. Buyurdikim, oni soyilg‘a berdilar. Uch qatlag‘acha so‘kboch 
pishirurlar erdi va ul soyilg‘a berur erdi. To‘rtunchida Sahlning quli yoshurun chiqtikim, soyilg‘a man’ 
qilg‘ay. Dedikim, qulingni soyil man’idin man’ qil! Sahl man’ qildi. To oy tugandi, ul nima yemay 
chiqti va birov quruq o‘tmak suvg‘a to‘g‘rab yeydur erdi. Oning shirkatida iftor qildi. 
 
 312. Mu’ammil Jassos r. t. 
[U Sherozning ulug‘ shayxlaridan bo‘lib, Hijoz va Iroqqa safar qilgan. Besavod bo‘lsada, tavhid va 
oriflik borasida chiroyli so‘zlar edi]
1
. Ul erdikim, javob berdi Sahl Sipahoniy Sherozg‘a yuborgan 
masoyilg‘a! Sahar namozin qilsa erdi, choshtqa degincha Qur’on darsig‘a mashg‘ul erdi. Chosht 
namozin qilg‘andin so‘ng masjiddin chiqar erdi, elning hojatin ravo qilmoqqa mashg‘ul bo‘lur erdikim, 
buzurglukidin xaloyiq anga yuz keltururlar erdi. Har necha elning g‘avg‘osi anga ko‘p bo‘lsa erdi, 
asliy vajhida botiniy jam’iyatig‘a yo‘l topmas erdi. Har qachon bir musulmon ishiga mashg‘ul bo‘lsa, 
ishsiz kishi salomig‘a javobdin o‘zga so‘z demas erdi. Va der erdikim, men muzdurdurmen, salom 
javobi vojib bo‘lmasa erdi, ani dog‘i demas erdim. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, chun 
Mu’ammil Makkaga bordi, Shayx Abulhusayn Muzayyin xidmatig‘a yetti va dedi: ayuhashshayx, bir 
savolim bor, javob ber va ajamiy kishidurmen, manga rifq ko‘rguz! Ul dedikim, so‘rg‘il! Mu’ammil 
dedi: [fahmlar vajdlar martabasini idrok etadimi?]
2
. Abulhusayn anga boqib, so‘rdikim, qaydinsen? 
Dedi: Sherozdin. Dedi: Nega mashhursen? Dedi: Mu’ammilg‘a. Dedi: O‘lturg‘on yerdin qo‘pki, sening 
yering emas. Va oni o‘z yonida o‘lturtti va doyim anga boqib der erdikim, [sen besavod ajamiy 
kishisan]
3
 va kular erdi. Va ondin so‘ngra har kishi mas’alae so‘rsa erdi, aning sari boqib aytur 
erdikim, Shayxdin so‘rung va anga havola qilur erdi. 
 
 313. Ali b. Shulluya r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, ul tog‘larda va vodiylarda bo‘lur erdi. Ul mavzening eli anga 

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
murid va mashg‘uf erdilar. Ul jumladin ikki kishiki, qavm ulug‘lari erdilar, anga istid’o qildilarki, har 
qaysimizning biror qizimiz bor va har birining to‘rtar ming qo‘yi bor. Agar qizlarni nikoh qilsang, ul 
qo‘ylarni fuqaroning sodiru voridig‘a sarf qil! Ul qabul qilib, alarni nikoh qildi. Mu’ammil ani ko‘rub, 
dedikim, emdi bizga tafsil qilmakim, sen ham bizingdek bo‘ldung. Ul dedi: men bu ishni Xudoy uchun 
qilibmen. Mu’ammil dedikim, biz ham Xudoy uchul qilibbiz. Ul dedikim, men alarni uch taloq qildim, 
sen ham agar chin aytursen uch taloq qil! 
Mu’ammil dedi: [Ey Mayshum, taloq qilishda sunnatni unutdingmi?]
1

 
 314. Abubakr Iskof r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, ul o‘ttiz yil ro‘za tutti. Naz’ holatida suvni momiq bila 
tiladilarki, og‘zig‘a tomizg‘aylar, oni tashladi va ro‘zada dunyodin o‘tdi.  
 
 315. Abu Zahhok r. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Zahhok dedikim, bir qatla mening bila shayton orasida 
muhoraba bo‘ldi, ani bir qotiq silliy urub mag‘lub qildim. Va mundin muddate o‘tti, bir kun bir yo‘l 
borurda, bir uluq suvg‘a yettim. O‘tardin ojiz erdim. Ko‘rdumki, bir za’if qari suvg‘a kirdi, o‘tgali. 
Men o‘zumga dedim: bu qaridin xud za’ifroq emassen. Suvg‘akim kirdim, cho‘ma kirishtim. Va ul qari 
suv qirog‘ig‘a ayaq qo‘yub chiqti va dedikim, manga silliy urarsen, tavba qilding, yo‘qmu? 
 
 316. Abu Muhammad Xaffof r. t.  
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Shayx Abulhusayi Muzayyin bizga bitib erdikim, sizga daryoda 
muride borki, agar najot topsa, bot sizga javohir kelturur. Bu so‘zdin murodi Muhammad Xaffof 
ermish. Va aning mushohada bobida va shaytondin boze yeganda, ko‘p so‘zlari bor, tilay degan kishi 
«Nafahot ul-uns»da aning zikrida mutolaa qilsun! 
 317. Xasan b. Hammaviyah va sohibuhu Abu Ja’far Xarror Istaxriy q. s. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ja’far Xarror, Hasan Hammaviyaning sohibi, Istaxrdin 
bizing qoshimizg‘a keldi. Ibn Zaydon dedikim, orzudur mangakim, bu kecha ani bizing qoshimizg‘a 
hozir qilg‘aysen. Ani munung majlisida hozir qildim. So‘z asnosida Ibn Zaydon dedikim, tilarbizki, o‘z 
hikoyotingdin bizga bir nima aytqaysen. Ul dediki, manga xud hikoyate yo‘qdur, agar desang, ulcha 
mashoyixdin ko‘-rubmen, andin aytay. Ibn Zandon dedi: biz ham ushmuni tilarbiz. Ja’far dedi: Bir kun 
men va jam’i Hasan Hammaviya qoshinda o‘lturub erduk va ul bosh quyi solib erdi. Nogoh sayhae 
tortti va ul sayha bila hozirlar ko‘zidin g‘oyib bo‘ldi. Bizlar bir-birimizga boqishtik va dedikki, bu 
so‘zni hech kishiga aytsa bo‘lmaskim, eshitgan antqusidurkim, yana nodirae orog‘a soldilar. Ul uch 
kun g‘oyib erdi. Har kishi so‘rsa, der erdikki, mashg‘uldur. Uch kundin so‘ngra ko‘rdukki, masjid 
eshikidin kirdi, mutag‘ayyirul-lavn. Va g‘oyat haybatidin mumkin yo‘qki, kishi aniig bila so‘zlashgay. 
Va men hamisha aning bila inbisot qilur erdim. Dedimki ayyuhash-shayx, miqdore toza panir bor, 
mayl bormu, keltursak? Va aning toza panirg‘a mayli ko‘p bo‘lur erdi. Dedi: keltur! Kelturdum, bir 
luqma yedi va ishorat qildikim, yengiz! Shayx Abu Abdulloh Xafif dedikim: Ibn Zaydon manga 
dedikim, hech shak yo‘qdurkim bu sodiq kishidur, ammo bu hikoyatni bovar qilaolmasmen, nav’e 
qilki, inong‘aymen. Dedimki, shayx uchun yer solingki, yo‘l ranjidin osoyish topsin. Yer soldilar. 
Shayx uyudi va men Ibn Zaydon bila o‘lturduk. Anga ancha ayttimki, bovar qildi. Shayx Abu 
Abdullohdin ul hol kayfiyatin so‘rdilar. Dedi: ul o‘z makonidin yiroq bormaydur erdi, ammo anga 
libose yopib erdilarki, ko‘zlardin g‘oyib bo‘lib erdi. 
 
 318. Abdulloh Qassor r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abdulloh Qassor dedikim, bir qatla haj azimatig‘a Sherozdin 
chiqdim. Mashoyix manga dedilarkim, chun Sahl Abdulloh Tustariyg‘a yetsang, bizdin salom yetkur 

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
va degilki, biz sening fazlingga mu’tarifbiz va harne desang, inonurbiz. Sendin bizga mundoq 
yetibdurkim, arafa kuni o‘z yeringdin chiqarsen va soyir hujjoj bila Arafot mavqe’ida hozir bo‘lursen. 
Agar bu chindur, bizga xabar berki, bizing munga imonimiz bor. Abdulloh Qassor dediki, chun anga 
yettim, qoshig‘a borib salom berib o‘lturdum. Ul bir chodirshab o‘ziga chirmab erdi va bir na’layn 
ilayiga qo‘yub erdi va ko‘zi ochuq qolib erdi, bir volihi hayrondek. Manga haybat mustavli bo‘ldi va 
so‘z ayta bilmadim. Chun dahshatim raf’ bo‘ldi, mashoyix risolatin yetkurdum. Sahl bir lahza boshin 
quyi soldi, dag‘i bosh ko‘tarib dediki, yo do‘st, [bu qavm xohlaganini qiladigan, Allohga iymon 
keltirganlardanmi? «Ha»,– dedim. Aytdi: Shunday ekan, mening ishlarim haqida nega so‘raydilar?!
1
.  
 
 319. Ibrohim Mutavakkil r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bu toifadin biri, manga dedikim, sahrog‘a chiqib erdim. 
Ko‘rdumki, Ibrohim Mutavakkil, to‘nlarin yubdur va kunaska yoyibdur. Anga dedimki, kel, borib bila 
nima yeyali! Ko‘nglakini ham andoq uluq kiydi va mening bila yurudi. Chun bir necha qadam borduq, 
bir miqdor inabus-sa’lab yo‘lda tushub erdi, ani oldi va yudi va yodi va o‘lturdi. Va dedikim, sen borki, 
manga ushbu kofiydur. Necha mubolag‘a qildim, kelmadi. Mashoyixdin biri Ibrohim Mutavakkilga 
dedikim, tilarbizki, bu oy bizing bila iftor qilg‘aysen. Ul qabul qildi. Bir kecha anga dedikim, qo‘p, 
sahur qilali! Dedikim, ul sufrani tushur! Ul dedikim, men muni qilmasmen, ne uchunki, bu harakatdur 
asbobda. Va men asbobda harakat qilmon. Bir kecha ani ko‘rdilarki, sufra ollig‘a qo‘yub, nima yeydur. 
Dedilarki, dema-dingmuki asbobda harakat qilmasmen, bas bu nedur? Dediki, valloh, men asbobda 
harakat qilmadim, ammo qo‘par chog‘da boshim sufrag‘a tegdi va ul ollimg‘a tushdi, budurki 
yeydurmen. 
 320. Abutolib Xazraj b. Ali r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abutolib Xazraj Junayd q. s.ning ashobidindur. Sherozg‘a keldi. 
Va ichining tashvishi bor erdi. Mashoyix dedilarki, aning xidmatin kim ixtiyor qilur? Men ixtiyor 
qildim. Har kecha o‘n olti, o‘n yetti qatla qo‘par edi. Bir kecha kechga degincha uyg‘oq erdim. 
Ko‘zum juzvi qizib erdikim chorlabdur, eshitmaymen, yana chorlag‘onda tasht elttim. Dedi, ey 
farzand, o‘zungdek bir maxluqning xidmatin yaxshi qilaolmasang, Xoliq xidmatin nechuk 
qilg‘ungdur? Yana bir qatla dog‘i chorlag‘anda eshitmadim, yana bir qatlada [qaydasan, Allohning 
la’nati bo‘lsin!]
1
 dedi. Oshuqub tasht elttim. Ali Daylam Shayx Abu Abdullohdin so‘rdikim, aning 
[Allohning la’nati bo‘lsin!]
2
 deganin nechuk eshitting? Dedimkim, [Allohning rahmati bo‘lsin!]
3
 
eshittim. Shayx ul-islom debdurki, faloh yo‘qtur ul muridda kim, pir zullin ko‘rmamish bo‘lg‘ay va 
qafosin yemamish bo‘lg‘ay va [Allohning la’nati bo‘lsin!]
4
 eshitib, [Allohning rahmati bo‘lsin!]
5
ga 
qabul qilmamish bo‘lg‘ay va dardu nokomlig‘ bila tirilmamish bo‘lg‘ay. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, avval majliski, Shayx Abutolib Sherozda tutti, bir qora palos 
kiyib erdi va bir aso iligida. Keldi va kursi ustida o‘lturdi. Va men yonida erdim. Elga boqdi va 
dedikim, bilmayki, ne degaymen, yozug‘lug‘emen yozug‘lug‘lar orasida. Va yig‘ladi va elni yig‘latti 
va faryod majlisidin chiqdi. Va anga azim qabul paydo bo‘ldi va andoqki, ayog‘i tufrog‘in bemorlar 
sihhati uchun elturlar erdi. Oz vaqtda amre voqe’ bo‘ldikim, kishi anga iltifot qilmadi va e’roz qildilar. 
Sherozdin Nnsog‘a bordi. Anda ham iltifot qilmadilar va ijtinob qildilar. Va andin Sipohong‘a bordi. 
Abu Ali Vorijiy aning burjin ado qildi va aning uchun ul degan yerda maskane yasadi. Ul uyii o‘zi 
kiygan palosdek qaro qildi va anda bo‘lur erdi, to dunyodin o‘tti. 
 
 321. Abu Ali Vorijiy q. s. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ali Vorijiy Sherozg‘a keldi, amal va hukumat uchun. Va 
fuqarog‘a va sodiru voridg‘a xon yoydi va moida tartib qildi. Har namozi shomdin so‘ngra kelur erdi 
va bizing bila o‘lturur erdi. Va bir-birimiz bila so‘z aytur erduk. Bir kecha o‘z irodat ayyomi so‘zi 
orog‘a keldi. Ko‘nglakin yuqori ko‘tardi, bo‘ynida bir tavqdek nishone erdi. So‘rdumki, bu nedur? 

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Dedikim, Lug‘om tog‘ida erdim, irig palos kiyib erdim. Bo‘ynumni sidi. Andinki yondim, yangi et 
butti, bu uldur. Dedimkim, bu amalga kirganing ne edi? Dedikim, qari va zaif onam bor erdi va manga 
ko‘p burj voqe’ bo‘ldi va muhtoj bo‘ldum, bu ishgaki ko‘rarsiz. 
 
 322. Abulfazl Ja’far Ja’diy r. t. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ja’far Ja’diyg‘a yetkurdilarki, Abu Amr Istaxrin debdurki, g‘usl 
qilur erdim, izorim ochildi, ko‘rdumki, ikki ilig kenimdin paydo bo‘lub, izorimni belimga mahkam 
bog‘ladi, Ja’far Ja’diy qo‘pti va Istaxrg‘a bordi va Abu Amr qoshig‘a kirdi va aning ayog‘in tutti. Va 
Abu Amrning ashobi sekridilar. Ul moni’ bo‘ldi va hech nima demangki, aning g‘azabi lillohdur va o‘n 
ikki yig‘och yayog‘ kelibdur. Va Abu Amr i’tizor maqomig‘a kelib dediki, andoq demaydurmen, balki 
mundoq depmen. Andin so‘ng ashobig‘a dedikim, anga xidmatkorliklar qildilar va uzrlar qildi. 
 
 323. Abulqosim Qasriy r. t. 
Junaydning ashobi kiboridin erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bir kun menga dedikim, meni 
bir sahrog‘a chiqar! Men ani bir sayrg‘a chiqardim. Bir yerga yettukkim, jam’i shatranj o‘ynaydur 
erdilar. Alarning bisoti qirog‘ida o‘lturdi va o‘ynay kirishti. Men munfa’il bo‘ldum va choram yo‘q 
erdi. Qaytib kelurda yana bir jam’g‘a yettukki, nard o‘ynar erdilar. Mutag‘ayyir bo‘ldi va borib 
alarning bisotin buzdi. Va alar bichog‘lar tortib, anga yuzlandilar. Ul dedikim, bichoqlaringizni 
beringkim barchasin yeyin. Men bu ikki holdin mutaassib bo‘ldum va savol qildimki, ul ne erdi va bu 
ne? Dedikim, ul vaqtki laduniy ko‘zi bila boqsoq andoqdur va chun g‘ayri laduniy ko‘zi bila boqsoq 
mundoq. Bu so‘z ilgarirak o‘tti. Ammo anda Shayx ul-islom Abubakr Qasriy deb erdi va Shayx Abu 
Abdulloh maqomotida Abulqosim Qasriydur. Bo‘la-olurki, Qasriyg‘a ikki kuniyat bo‘lg‘ay, yo biri 
sahv voqe’ bo‘lmish bo‘lg‘ay, vallohu a’lam. 
 
 324. Abdulaziz Bahroniy q. s. 
Shayx Abu Abdulloh Xafif q. s. debdurkim, Abdulaziz Bahroniy qatig‘ sovuq qishda Sherozg‘a keldi 
va eski to‘ni bor erdi. Har futuhki, yetsa erdi, fuqarog‘a sarf qilur erdi. Uch kun Sherozda erdi, aning 
bila bu bobda so‘zlashdilar. Dedikim, mening nafsim sizing to‘nlaringizdin qochar. Pas manga 
dedikim, yo Abu Abdulloh, meni bu shahrdin chiqarki, niyatim yo‘qdurki, bu shahrda yangi to‘n 
kiygaymen. Dedim: qayon borursen? Dedi: bahr nohiyatig‘a. Anga mushoya’a qildim ul darvoza 
sariki, ul borur yo‘lda erdi. Nogoh ko‘rdukki, Abulxayr Molikiy kelur. Bizni chorlardi. Va o‘zi bila 
yeguluki bor erdi. Dedi: kelingkim, taom yeyali! Aning bila taom yeduk va biror nima qoldi. Bahroniy 
qo‘pti va sajjodasin egniga soldi. Abulxayr dedi: kosh bu taomdin birar nima o‘zung bila eltsang! Ul 
dedikim, mening matbaxim ilgari boribdur. Abulxayr dedikim, pas bu qolg‘on taomlarni netali? 
Bahroniy dedikim, itlar ollig‘a solg‘il va bordi. 
 
 325. Abulhasan Hakimiy q. s. 
Ul debdurki, Junayd q. s.din eshittimki, dediki, bir kun Sariy Saqatiy majlisida erdim. Va qalin el bor 
erdi. Va men borining kichikroki erdim. Sariy so‘rdikim, ne nimadurki, uyquni eltur? Har kishi bir 
nima dedi. Birav dedikim, ko‘p ochlig‘; birav dediki, suni oz ichmak. Chun navbat manga yetti, 
dedimki [har bir nafs qilmishidan Allohning ogohligi va bundan qalbning voqif ekanligidnr]
1
. Dedi: 
[ofarin, o‘g‘ilginam!]
2
. Va meni yaqinig‘a o‘lturtti. Va ul kundin beri har yerdaki borman, barchag‘a 
muqaddammen. Va ham Hakimiy debdurki, mashoyixdin ba’zining holin Junayd q. s.din so‘rdumki, 
anga iqtido qilsa bo‘lg‘aymu? Dedikim, agar anda bir parhezkorlig‘ va halol qut talabi toparsen, iqtido 
qilsa bo‘lur va agar topmassen, ani qo‘yg‘il! 
 
 326. Abu Ali Husayn b. Muhammad Akkor r. t. 
Ul shayx Abu Abdulloh Xafif ashobidindur. Va shayx Abu Ishoq Goziruniyning shayxi. Debdurlarki, 

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Akkor Gozirung‘a yetti, mashoyix aning qoshig‘a yig‘ildilar. Va shayx Abu Ishoq hanuz tifl edi va 
mashoyix bila kelib erdi. Dedilarki, bu go‘dak Qur’onni xub o‘qur. Anga buyurdikim, Qur’on o‘qudi. 
Va anga xush keldi. Ani mashoyixdin tiladi va Sherozg‘a eltti va vaqt mashoyixidin va shayx Abu 
Abdulloh Xafif ashobidin hadis samo’i buyurdi. Va aning bila Iroq va Hijozg‘a musosrarat qildi. Va 
aning suhbati barakatidin yetishti, ul yergakim yetishdi. Husayn uch yuzdin so‘ngra dunyodin o‘tti. Va 
qabri Shayx Abu Abdulloh Xafif ravzasi eshikidadur, Sherozda.  
 
 327. Abu Ishoq Ibrohim Shahriyor Goziruniy q. t. 
Forsiyulasldur va mavlidu mansha’i Gozirun navardi. Shahriyor shayxning otasi musulmon bo‘ldi. Va 
shayxning valodati otasining islomiy zamonida erdi. Va shayxning intisobi tasavvufda Shayx Abu Ali 
Husayn b. Muhammad Firuzobodiyi Akkorg‘adur. Va hadis ashobi suhbatig‘a yetibdur. Va barchadin 
hadis rivoyati va osori bor. Va Makkada Shayx Abulhasan Abdulloh Jahzamiy Hamadoniyni ko‘rub 
erdi. Va andin rivoyat qilibdurki, Zunnun q. s. debdurki, [sen ishga kirish. Chunki oz rizqqa qanoat 
qilish kam amAlii ham poklaydi]
1
. Vuzarodin biriga Shayx bila irodate voqe’ erdi. Har necha jahd 
qildikim, Shayx andin bir nima qabul qilg‘ay, qilmadi. Shayxga i’lom qildikim, har necha jahd 
qildimki, mandin bir nima qabul qilg‘aysen, qilmading, necha banda ozod qildim va savobin sanga 
bag‘ishladim. Shayx q. s. javob yubordikim, sening risolatingni manga yetkurdilar va yaxshiliging 
shukrin ado qildim, lekin bandalar ozod qilmoq mening mazhabim emas, balki mening mazhabim 
ozodlarni banda qilmoqdur rifqu ehson bila. Shayx r. a. Hazrat Risolat s. a. v.ni tushda ko‘rub 
so‘rdikim, [tasavvuf nima?]
2
. Rasul s. a. v. dedikim, [tasavvuf da’vrlarni tark etish va ma’nolarni 
yashirishdir]
3
. Yana so‘rdikim, [tavhid nima?]
4
. Javob toptikim, [ko‘nglingdan kechgan va xayolingdan 
o‘tgan har narsadan Alloh subhonahuning boshqa ekanligidir; Tavhid shak-shubhadan, shirkdan, aybu 
nuqsondan poklashdir]
5
. Yana so‘rdikim, [aql nima?]
6
. Javob toptikim, [aqlning eng pasti dunyoni tark 
qilish, yuqori darajasi Alloh taoloning zoti xususida tafakkur qilmaslik]7. Shayxning osori viloyati va 
g‘aroyib holati behaddu hasrdur. Tilagan kishi maqomotida topar. To‘rt yuz yigirmada zulqa’da oyida 
dunyodin o‘tubdur. 
 
 328. Shayx Ro‘zbehon Baqliy q. t. s. 
[Kuniyati Abu Muhammad b. Abu Nasr Baqliy Fasaviy summash Sheroziy]
1
 Sultoni ulamo va 
Burhoni urafo erdi, qudvai ushshoq. Holining bidoyatida Iroq va Hijoz va Shom safari qilibdur. Shayx 
Abu Najib Suhravardiy bila «Sahihi Buxoriy» samo’ida Iskandariya sag‘rida sherik ekandur va Shayx 
Sirojuddin Mahmud b. Xalifa b. Abdussalom b. Ahmad b. Solba ilgidin xirqa kiyibdur va oning ishorat 
tili bila so‘zlari bor va bu qavm istilohoti bila musannafoti bor va ul jumladin «Aroyis» tafsiridur va 
«Shathiyoti sharhi arabiy va forsiy», «Kitob ul-anvor fi kashf ul-asror» va bulardin o‘zga hamki, 
barchaning te’dodining tuli bor va ba’zi musannafotida kelturubdurkim, qavvol kerakkim, yaxshi, 
chiroylig‘ bo‘lg‘ay. Oriflar samo’i majma’ida ko‘ngullar tarvihi uchun uch nimaga muhtojdurlar: 
ravoyihi tayyiba va vajhi sabih va savti malih. Va mashoyixdin ba’zi bu qavldin ijtinob buyurubdurlar. 
Nevchunki, bu ish bir orifg‘a musallamdurki, ko‘ngli pokligi kamolg‘a yetmish bo‘lg‘ay va ko‘zi haq 
s. t. g‘ayrini ko‘rmakdin yopilmish bo‘lg‘ay. Derlarki, ellik yil Sherozning Atiq jome’ida tazkir qildi 
va va’z aytdi. 
Sherozda bir kun borur erdiki, majlis aytqoy. Ko‘rdiki, bir zaifa qizig‘a nasihat qilib aytadurki, ey 
farzand, husnungni elga ko‘p ko‘rguzmaki, xoru bee’tibor bo‘lur. Shayx dedikim, ey nosiha, husn anga 
roze zmaski, yolg‘uzu munfarid bo‘lg‘ay. Ul borcha oni tilarkim, ishq bila qarin bo‘lg‘ay. Husnu ishq 
azalda ahde bog‘labdurlarki, bir-biridin ayru bo‘lmag‘aylar Ashobqa bu so‘z istimo’idin ancha vajdu 
hol yuzlandikim, ba’zi oning bila-o‘q bordi. «Futuhoti Makkiya» sohibi r, a. debdurki, Shayx 
Ro‘zbehon Makkada mujovir erdi. [Vajd holida Xudoga tavajjuh qilib, shunday faryod qilardiki, tavof 
qiluvchilarga tashvishlar berardi. Shu bois Haram tomnda tavof qilardi. U sodiq ul-hol edi]
2
. Nogoh bir 
mug‘anniya muhabbatig‘a mubtalo bo‘ldi va eldin maxfiy erdi va ul vajdu sayhalarki, vajdi fillohda 

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
tortar erdi, boqiy erdi. Ammo avval Tengri ishqida erdi va holo ul mug‘ayniya ishqida. Bildiki, elga ul 
aqida bo‘lg‘usidurki, emdi dog‘i haqiqat yuzidindur. Haram mashoyixi qoshig‘a bordi va xirqani 
boshidan tortib, alar qoshig‘a tashladi va dedikim, tilamasmanki, o‘z holimda kozib bo‘lg‘aymen. Va 
mug‘anniya mulozamatini lozim tutdi va chun shayxning ishqu holu muhabbatini mug‘anniya bildi. 
Mutaassir bo‘lib bildiki, avliyo akobiridindur. Shayx ilayida tavba qildi va mulozim bo‘ldi va 
shayxning ul tug‘yoni muhabbati taskin topdi va mashoyix majlisig‘a borib, xirqasin olib, yana egniga 
soldi va g‘arib holoti shayxning ko‘pdurki, qalam aning sharhida ojizdur. Olti yuz oltida dunyodin 
o‘tdi. 
 
 329. Abulhasan Karduya r. t. 
Ilmu taqvo sohibi erdi. Sherozda oltmish yil o‘z uyida munzaviy erdiki, jum’a namozidin o‘zga va 
ba’zi zaruriyatdin o‘zga ishga uydin chiqmadi. Va Xizr a.s. anga zohir bo‘lur erdi va suhbat tutarlar 
erdi. Chun Shayx Ro‘zbexon Baqliy q. s. bemor bo‘ldi. Shayx Abulhasan Karduya va Shayx Ali 
Sarrojki, Shayx Ro‘zbehonning avlodig‘a xol bo‘lur erdi. Shayxning iyodatig‘a bordilar. Shayx alar 
sari boqib dedikim, kelingki, jismoniy hayot qaydidin chiqarbiz va ruhoniyu abadin hayotig‘a muttasif 
bo‘lurbiz. Alar qabul qildilar. Shayx dedi: men sizlardin burun borurmen va sen, ey Abulhasan, o‘n 
besh kundin so‘ngra manga yetarsen va sen, ey Ali, bir oydin so‘ngra. Shayx Muharramning 
muntasifida bordi va Shayx Abulhasan Muharramning oxirida va Shayx Ali safarning o‘rtasida. r. t. 
 
 330. Shayx Abdulloh Balyoniy q. t. s. 
Laqabi Avhaduddindur va shayx Abu Ali Daqqoq farzandlaridindur va nisbati Shayx Abu Alig‘a bu 
nav’ yetarki, Abdulloh b. Mas’ud b. Muhammad b. Ali b. Ahmad b. Imron b. Ismoil b. Abu Ali 
Daqqoq q. a. 
Va Shayx Abi Alining bir o‘g‘li bor erdi – Ismoil va bir qizi bor erdi – Fotimabonu. Shayx Abulqosim 
Qushayriyning mankuhasi va oning xirqasining silsilasi bu nav’ bo‘lurki, anga xirqa otasi Ziyovuddin 
Mas’uddin va anga Shayx Asiluddin Sheroziydin va anga shayx Ruknuddin Sanjosiydin va anga shayx 
Qutbuddin Abdurashid Abhariydin va anga Shayx Jamoluddin Abdussamad Zanjoniydin va ul 
ikkalasiga Shayx Abunajib Suhravardiy q. s.din yetibdur. Ul bir kun Sherozda shayx Sa’diy 
xonaqohig‘a bordi. Shayx Sa’diy bir ovuch filus kelturub, ilayiga to‘ktikim, darveshlar uchun sufra 
muhayyo qilg‘aylar. Ul dedikim, ey Sa’diy, bir ovuch filus kelturub, darveshlar sufrasi uchun pul 
keltirursan. Ul zarfni kelturkim, anga oltmish ikki oqcha to‘labsen. Shayx Sa’diy filhol ul zarfni hozir 
qildi va ul vajhni darveshlar sufrasig‘a sarf qildilar. 
Shayx Abdullohning bir muridi bor erdi tabboxkim, do‘koni bor erdi. Shayx har qachon anda yetsa 
erdi, ul murid bir ayog‘ osh yasab, shayx uchun kelturar erdi. Bir kun ul murid do‘koniga yetganda ul 
murid hamul dastur bila bir ayoq osh kelturub, Shayx ayog‘ ustida turub, ul oshni ichadur erdikim, bir 
darvesh yetishti va oq pokiza xirqa kiyib erdi. Shayxqa dedikim, Ey shayx, tilarmanki, meni Tengri 
taolog‘a dalolat qilg‘aysen va degaysenki, foyda ne ishdadur? To o‘shondoq qilg‘aymen. Shayx 
ichadurgon ilkidag‘i ayog‘ oshni onga berdikim, olib ichgil! Ul olib ichgandin so‘ngra buyurdikim, 
yog‘ bo‘lg‘an ilkingni bu xirqangg‘a surt va doim ushmundoq qil! Ul dedi: Ey shayx, muni qilaolmon. 
O‘zga ish buyur! Shayx dedikim, muncha ishni qilaolmasang, har ishki buyursam qilaolmag‘ungdur. 
Borki, sen bu ish kishisi emassen. Shayx Abdullohning mashrab tavhidi bag‘oyat biyik ekandur. 
Elning vus’ig‘a sig‘mas. So‘zlar andin nazmu nasr yuzidin voqe’ bo‘lur erkandur 
Ul jumladin bu ruboiydur. Ruboiy: [To Haqni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha talab qilishdan aslo 
to‘xtamayman. Xudoni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, deydilar. Ular boshqa. Men esa, doimo shuni 
istayman]
1
. Olti yuz sakson oltida ashuro kuni dunyodin o‘tubdur. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling