Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza


Download 55.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi55.26 Kb.
#1038645
Bog'liq
Nasr - Vikipediya



Nasr
Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos
unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq
xalqlari adabiyotida ham N. yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo
boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi N.ning eng
kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos
Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-
asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning "Shohnoma", Abdulmuayd Balxiyning
"Gershaspnoma", Homididdin Balxiyning "Makrmati Homidiy", Saidaddin Muhammad Av-fiy
Buxoriyning "Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini")
singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14-asr boshlarida Rabgʻuziyning "
Qisasi Rabgʻuziy
",
Navoiyning "Mahbub ulqulub" singari nasriy asarlari, ayniqsa, "Boburnoma"ning yaratilishi bilan
oʻzbek adabiyotida milliy N.ning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hozirgi
tushunchadagi N.ning taraqqiyoti bevosita 20-asr bilan — zamonaviy adabiyotning shaklla-nish
va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy N.i yaratildi va u
adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-asr boshlarida vaqtli matbuotning paydo
boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor",
Qodiriyning "Juvonboz", "Uloqda" singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning "Yangi saodat", S.
Ayniyning "Buxoro jallodlari", "Odina" qissalari, Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romaniningeʼlon qilinishi
bilan zamonaviy realistik oʻzbek N.i uzil-kesil shakllandi. Bu N. mumtoz oʻzbek adabiyotidagi
N.dan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompo-zitsiyasi, badiiy konfliktga
egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik vo-qealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab
berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilgan-ligi bilan farqlanadi.
Agar nasriy nutq yangi paydo boʻlganida, sheʼriy nutq singari, jimjimador va balandparvoz boʻlgan
boʻlsa, 20-asrning 1-choragiga kelib, ortiqcha hashamlardan xoli boʻla boshladi, realistik
tasvirning qonun-qoidalariga tobora boʻysunib bordi. N.ga jonli til xususi-yatlari, prozaizm


(maishiy turmush belgilari), dialektizm (shevachilik) unsurlari kirib keldi. Badiiy soddalik, ta-biiylik,
real hayotga yaqinlashish mayli N.ning asosiy mezonlariga aylandi. Shu bilan birga yozuvchilar
N.ning badiiy nutq koʻrinishi ekanligini ham unut-madilar. Ular xususiy ijodiy uslublari va
yozilayotgan asar harakteridan kelib chiqqan holda zarur ritm (ohang)ni tanlab, tasvir
vositalaridan samarali foydalandilar va foydalanmoqdalar.
Badiiy adabiyot soʻz sanʼatidir. Soʻz N.da ham asosiy tasvir materiali boʻlib xizmat qiladi. Ammo
u, sheʼriyatdagi soʻzdan farqli oʻlaroq, kitobxonning diqqat-eʼtiborini oʻziga qaratmaydi. Aniqroq
aytganda, soʻz N.da harakterlar yaratuvchi, roman yoki hikoyadagi badiiy olamni tashkil etuvchi
voqealar, harakatlar va boshqalarning , yaʼni asar syuje-tining badiiy mujassamlanishiga yor-dam
beradi; soʻz N.da tasvir vositasidir. Agar shoir (muallif) soʻzi ustuvorlik qilgani va personaj soʻzi
ham shoir (muallif) soʻzi bilan uygʻun boʻlgani uchun sheʼriyat monologik hodisa hisoblansa, N.
dialogik hodisadir. U oʻziga rangba-rang , hatto bir-biriga muvofiq boʻlmagan ovozlarni "yigʻib"
oladi. Badiiy N.da nosir (muallif), hikoyanavis va personajlarning ovozlari oʻzaro murak-kab
aloqaga kirishib, soʻzga sermaʼnolik, seryoʻnalishlik xususiyatlarini bagʻishlaydi. N., sheʼriyat
singari, real voqelikka oʻzgacha tus berib, oʻziga xos badiiy olamni yaratadi.
N. adabiy tur sifatida turli shoxobchalardan tashkil topadi. Bu shoxobchalar janr deb ataladi va
kuyidagicha tasniflanadi: ocherk, hikoya, qissa, roman, epopeya. Bu janrlarning har biri, oʻz nav-
batida, yangi-yangi koʻrinishlarga boʻlinadi. Mas, tarixiy roman, biofafik roman, psixologik roman,
sarguzasht roman, ilmiy-fantastik roman va boshqa
N. bilan nazm yoki sheʼriyatning oʻzaro bir-biriga yaqin shakllari ham mavjud. Agar lirik proza yoki
lirik N., shuningdek, nasriy sheʼr N.ning sheʼriyatga xos lirik tuygʻu va ohanglar ustuvorlik qilgan
koʻrinishlari boʻlsa, sochma, sarbast sheʼr yoki erkin sheʼr sheʼriyatning N.ga xos belgilariga ega
shakllaridir. Agar Qodiriy, Choʻlpon yoki Oybek romanlarida lirik harorat va nafosat yogʻdulari jilva
berib tur-sa, Abdulla Qaxdor, Shukur Xolmirza-yev hikoyalarida shafqatsiz realizm un-surlari
koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Togʻay Murod romanlari uslubida esa ritmik N. belgilari
ustuvordir. Hozirgi oʻzbek N. har tomonlama badiiy yuksaklikka erishgan va jahon N.ining eng
yaxshi tajribalari va anʼanalari bilan boyigan.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 yil avval
 
Umarxon III
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Nasr&oldid=2030012

dan olindi

Download 55.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling