Natijalarini va kompetensiyalarni baholash
Download 34.04 Kb.
|
Baholash mezoni Falsafa
NAZORAT VOSITALARI
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayon. Baholash mezonini o‘qituvchi o‘z fanini xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: joriy nazorat – fanni o‘qitish jarayonida so‘rovlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar hamda ko‘nikmalar tekshiriladi; oraliq nazorat – semester va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytingi aniqlandi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtihon, test, kurs va malaka ishlari shaklida o‘tkaziladi; yakuniy nazorat – fanning o‘quv dasturi tugagandan keyin o‘tkaziladi. Imtihon, test, malaka ishi va diplom loyihalari himoya qilish shaklda amalga oshiriladi. O‘quv fani tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o‘tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. Har bir nazorat (so‘rov) turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’iy nazar 5 ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur: har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar asosida boshlang‘ich nazorat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich nazorat reyting monitoring va tahlil guruhi tomonidan o‘tkaziladi; o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi; yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoring va tahlil guruhi kuzatuvida o‘tkaziladi. Download 34.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling