Natijasida o‘tmishni raqamlashtirish jarayonini tushunish mumkin. Raqamli tarix bilan shug‘ullanish, albatta, o‘tmishni raqamlashtirishdir bilan cheklanib qolmaydi


Raqamli tarix quyidagi ishlarni amalga oshiradi


Download 341.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.09.2023
Hajmi341.4 Kb.
#1680337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
raqamli-tarix-nima-raqamli-tarixiy-loyihalar (1)

Raqamli tarix quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
• Tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilish va tasvirlarni yaratish
• Tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini mazmunli va qiziqarli bo‘lgan boyitilgan 
formatda taqdim etish; 
• Turli auditoriyalarni tarixni yaratishda va bir-biriga so‘zlab berish uchun 
hamkorlik ishlashga taklif qilish. 
Raqamli tarix mashhur onlayn ma’lumotlar bazasiga havolalar beradi, raqamli 
tarixiy loyihalarini ko‘rib chiqadi, raqamli tarixchilarning ilmiy sohada rolini 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
423 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
tushuntiradi va o‘sib borayotgan zamonaviy tarix sohasida haqiqiy tadqiqotchi 
nimalarga va qanday tayyor bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi. 
Tarixchilar o‘tmishga oid manbalarni to‘plash, tahlil qilish, izohlash va ularni 
turli auditoriyalarga taqdim etish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanishlari 
mumkin. Raqamli tarix o‘tmishni raqamlashtirishdan tashqari tarix sohasidagi ilmiy 
izlanishlarni rivojlanishiga va ilmiy tadqiqot natijalarini ommaga yangicha usullarda 
interaktiv ko‘rinishda taqdim etishga xizmat qiladi. Tarixiy ma'lumotlarni o‘rganish 
va taqdim etishning ushbu yondashuvi raqamli tarix deb nomlanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Birlamchi manbalar va tasvirlarning zamonaviy texnologik yutuqlar bilan 
integratsiyalashuvi tarixchilarga o‘z ilmiy izlanishlarini raqamlashtirilgan materialga 
aylantirish imkonini beradi. Ushbu raqamli manbalar tadqiqotni taqdim etishning 
an'anaviy usullaridan ko‘ra qulayroqdir. Raqamli tarixchilar o‘z tahlillarini veb-
saytlar, bloglar, ijtimoiy media va onlayn jurnallarda nashr etishlari mumkin. 
Raqamli media vositalari orqali raqamli tarixchilar boshqalarga tarixiy voqealarni 
tasavvur qilishga yordan berish uchun interaktiv grafiklar, diagrammalar va xaritalar 
kabi dinamik materiallar yaratishi mumkin. 
Raqamli tarix tadqiqotchilarning tarixiy manbalardan foydalanish imkoniyatini 
kengaytiradi. Maktablarda raqamli tarix o‘qituvchilarga yanada qiziqarli dars rejalari 
va o‘quv dasturlarini yaratish uchun resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Raqamli 
tarix, shuningdek, turli auditoriyalarni jalb qiladigan raqamli tarixiy loyihalarni 
yaratish uchun imkon beradi. 

Download 341.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling