Natriy gidroksidi olinish usullari
Majburiy sirkulyatsiyali bug’latkichlar
Download 1.44 Mb.
|
marjona habib kursavoy
Majburiy sirkulyatsiyali bug’latkichlar eritma sirkulyatsiyasining intensivligi va issiqlik o’tkazish koeffitsientini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushoqligi katta bo’lgan eritmalarni ham bug’latish mumkin (6-rasm). Eritma sirkulyatsiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Boshlang’ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (6a-rasm).Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq sathda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bo’ladi. Eritma sirkulyatsiya qiladigan sistema suyuqlik bilan to’lib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni yengish uchun sarflanadi. Qaynash trubalarining pastki qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig’indisiga teng miqdordan ortiq bo’ladi.Shuning uchun, trubaning ko’p qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug’latayotgan suvdan bir necha barobar ortiqdir. Shuning uchun ham, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug’ - suyuqlik aralashmadagi bug’ massasiga nisbati juda katta. Bu turdagi bug’latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo’lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Sirkulyatsion truba ko’ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bo’lmasligi kerak. Majburiy sirkulyatsiyali bug’latkichlar afzalliklari: issiqlik o’tkazish koeffistienti juda katta (erkin stirkulyastiyaligi qaraganda 3...4 marta ko`p), shuning uchun isitish yuzasi kam bo’lsa ham bo’ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°C) ham samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug’latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi. Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi ko’payadi. Odatda, bug’latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, hamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug’latish uchun qo’llash yuqori samara beradi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling