Natriy gidroksidi olinish usullari
Issiqlik nasosini qo’llab bug’latish
Download 1.44 Mb.
|
marjona habib kursavoy
Issiqlik nasosini qo’llab bug’latish. Ushbu usul, shu qurilmada olingan ikkilamchi bug’ni qaytadan o’sha bug’latgichda qo’llashga asoslangan. Buning uchun ikkilamchi bug’ temperaturasi isituvchi bug’ temperaturasigacha ko’tarish zarur. Ikkilamchi bug’ temperaturasini oshirish uchun u kompressor yoki injektorli issiqlik nasosda siqiladi. Odatda, kompressor sifatida turbokompressor qo’llaniladi (18-rasm).
Bug’latgichdan chiqayotgan bosimi rib va entalpiyasi i ikkilamchi bug’ turbokompressor yordamida so’rib olinadi va u erda r bosimgacha siqiladi. Siqish natijasida bug’ning entalpiyasi i gacha o’sadi. Shunday qilib, siqilish natijasida bug’i = ic-i miqdorda issiqlik oladi. Turbokompressordan chiqayotgan siqilgan bug’ bug’latish qurilmasining isitish kamerasiga yo’naltiriladi. Jarayonning issiqlik balansi: (18) bundan isituvchi bug’ sarfi: (19) bu erda is - ikkilamchi bug’ning turbokompressorda siqilgandan keyingi solishtirma entalpiyasi, kJ/kg. (15) va (19) tenglamalarni taqqoslashdan ko’rinib turibdiki, ikkilamchi bug’lar entalpiyasini oshirish hisobiga isituvchi bug’ sarfi is qiymatga kamroq sarflanadi: (20) Turbokompressorda sarflanayotgan quvvat miqdori ushbu tenglamadan topiladi: (21) bu erda ad - turbokompressorning adiabatik f.i.k.; mex – elektr yuritkich va yuritmalarning mexanik f.i.k. Bug’-injektor issiqlik nasosli bug’latgichda isituvchi bug’ injektorga uzatiladi (19-rasm). Bug’-injektor Venturi trubasi tipidagi moslama bo’lib, uni yasashga ko’p metall sarflanmaydi. Injektor ishlashi paytida vakuum hosil bo’ladi va bug’latgichda ajralib chiqqan, bosimi pib va entalpiyasi i bo’lgan, ikkilamchi bug’ni u so’rib oladi. Isituvchi bug’ni har bir massaviy birligi ikkilamchi bug’ning m massaviy birligini so’rib oladi. Natijada D (1+m) miqdorda isituvchi bug’ olinadi, lekin uning bosimi birlamchi bug’ning bosimidan past, ikkilamchi bug’nikidan esa yuqori bo’ladi. W-mD miqdordagi bug’ qurilmadan boshqa maqsadlar uchun ajratib olinadi. Jarayonning issiqlik balansi ushbu tenglik bilan ifodalanadi: (22) bundan bug’ sarfi: (23) bu erda m =0,5...1,0 - injektsiya koeffitsienti. (23) tenglamaning tahlili shuni ko’rsatadiki, issiqlik nasos yordamida bug’latish jarayonida, isituvchi bug’ sarfi oddiy bug’latishga qaraganda (1+m) marta kam bo’ladi. Injektorli bug’latkichlar temperatura depressiyasi past va ikkilamchi bug’ bosimi yuqori bo’lgan eritmalarni bug’latish uchun qo’llaniladi. Agar, ikkilamchi bug’ bosimi kamayib ketsa, injektsiya koeffitsienti m ham kamayadi. Bunday hollarda isituvchi bug’ sarfi ko’payib ketadi va issiqlik nasosli bug’latkichlarni ishlatish maqsadga muvofiq emas. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling