Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy malumot


Download 316.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana07.09.2023
Hajmi316.8 Kb.
#1673860
  1   2   3   4
Bog'liq
Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi haqida



Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi haqida 
qisqacha tarixiy malumot.
Natural sonlar nazariyasi ham bir necha yo’llar 
bilan aksiomatik qurilgan: 
1) to’plam nazariyasi asosida (sanoq sonlar nazariyasi); 
2) Peano aksiomalari asosida (tartib sonlar nazariyasi); 
3) miqdor tushunchasi asosida (miqdor sonlar nazariyasi). 
Natural son tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan 
biridir. U butun matematika fani singari kishilar amaliy faoliyatlaridagi 
ehtiyojlar natijasida vujudga kelgan. Turli -tuman chekli to’plamlarni bir-biri 
bilan taqqoslash zarurati ham natural sonlarning vujudga kelishiga sabab 
boidi. 
O’zining rivojlanish davrida natural sonlar tushunchasi bir nechta 
bosqichni o’tdi. Juda qadim zamonlarda chekli to’plamlarni taqqoslash 
uchun berilgan to’plamlar orasida yoki to’plamlardan biri bilan ikkinchi 
to’plamning qism to’plami orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishgan, 
ya’ni bu bosqichda kishilar buyumlar to’plamining sanogini ularni 
sanamasdan idrok qilganlar. 
Vaqt o’tishi bilan odamlar faqat sonlarni atashni emas, balki ularni 
belgilashni, shuningdek, ular ustida amallar bajarishni o’rganib oldilar. 
Qadimgi Hindistonda sonlarni yozishning o’nli sistemasi va nol tushunchasi 
yaratildi. Asta-sekin natural sonlarning cheksizligi haqidagi tasavvurlar 
hosil bo’la boshladi. 
Natural son tushunchasi shakllangandan so’ng sonlar mustaqil 
obyektlar bo’lib qoldi va ularni matematik ob yektlar sifatida o’rganish 
imkoniyati vujudga keldi. Sonni va sonlar ustida amallarni o’rgana 
boshlagan fan «Arifmetika» nomini oldi. 
Arifmetika qadimgi Sharq mamlakatlari: Vavilon, Xitoy, Hindiston, 
Misrda vujudga keldi. Bu mamlakatlarda to’plangan matema tik bilimlar 


qadimgi Gretsiyada rivojlantirildi va davom ettirildi. Arifmetikaning 
rivojlanishiga o’rta asrlarda Hind, Arab dunyosi mamlakatlari va 0’rta 
Osiyo matematiklari, XVIII asrdan boshlab esa Yevropalik olimlar katta 
hissa qo’shdilar. «Natural son» atamasini birinchi bo’lib rimlik olim 
A.A.Boetsiy qolladi. 

Download 316.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling