Natural sonlarni qo‘shish va uning xossalari sinfda bajariladigan topshiriqlar
Download 352.44 Kb. Pdf ko'rish
|
7. NATURAL SONLARNI QOSHISH VA UNING XOSSALARI
1
Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. Sonlar nurida C(6) nuqtani va undan 5 birlik o‘ngda D nuqtani belgilang. Sonlar nurida D nuqtaning koordinatasi nechaga teng bo‘ladi? 2. 77 + 23 yig‘indini hisoblang. 100 sonini hosil qilish uchun 77 ga nechta birni qo‘shish kerak? 3. Hisoblang: a) 4705 + 74 573; b) 46 756 + 13 248; d) 60 275 + 6017; e) 3485 + 27341; f) 34 500 + 2602; g) 23 953 + 7066. 4. Sonlar yig‘indisini toping: a) 112,85,2333; b) 467, 56, 1324; d) 348, 527, 341, 102; e) 345, 1003,260,2123. 5. Quyidagi jadvalda mebel fabrikasining daromadi (so‘mda) ko‘rsatilgan. Jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring. Agar hamma amallarni to‘g‘ri bajarsangiz, oxirgi qator va oxirgi ustundagi sonlar yig‘indisi teng chiqishi kerak.
6. A shahardan В shaharga qanday yo‘llar bilan borish mumkinligini aniqiang. Har bir yo‘lning uzunligini toping va eng qisqa yo‘lni aniqiang.
teng.
2
7. Aziz bozordan 2 kg kartoshka, 3 kg lavlagi, 5 kg sabzi, 4 kg olma, 5 kg karam, 2 kg nok va 3 kg olxo‘ri xarid qildi. U necha kg meva va qancha sabzavot xarid qilgan?
8. Yig‘indini toping: a) 4•10000 + 2• 1000 + 1 • 100 + 9• 10 + 3• 1; b) 4 000 000 + 200 000 + 80 000 + 1 000 + 400 + 80 + 7; d) 700 000 + 30 000 + 200 + 40 + 3; Namuna: a) 4 • 10 000 + 2 • 1000 + 1 • 100 + 9 • 10 + 3 • 1 ifoda sonning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisidan iborat. Shuning uchun berilgan yig‘indi 42 193 ga teng; 9.
ko‘p kartoshka terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 28 t ko‘p kartoshka terib olindi. Uch kunda jami necha t kartoshka terib olindi? 11. Avtomobil yo‘l hisoblagichi qanday sonni ko‘rsatadi?
12. Qo‘shiluvchilarni bir-birini «qulay» songa to‘ldiradigan guruhlarga ajratib, yig‘indini hisoblang. a) 3 + 3 + 7 + 8 + 2 + 7 + 9 + 1; b) 15 + 24 + 23 + 15 + 26 + 37 + 78 + 12; Namuna: 4 + 8 + 6 + 2 = (4 + 6) + (8 + 2) = 10 + 10 = 20. 13. Qo‘shishning guruhlash qonunini qo‘llab yig‘indini hisoblang: a) (6347 + 3747) + 6253; b) 9999 + (4701 + 20 200); d) (44 888 + 69 999) + 10 001; e) 18 856 + (1544 + 3322). Namuna: a) (6347 + 3747) + 6253 = 6347+ (3747 + 6253) = 6347 + 10 000 = 16347.
3
14. Yig‘indini qulay usulda hisoblang: a) 325 + 484 + 675; b) 321+337+363; d) 234+456+166; e) 448+323+52+77; f)123+ 978+277+22; g) 511+245+855+89. Namuna: a) 325+484+675 = (325+675)+484 =1000+484=1484. 15. ABC uchburchakning AB tomoni ВС tomonidan 4 sm qisqa va AC tomonidan esa 3 sm uzun. Agar AC = 17 sm ekanligi ma'lum bo‘lsa, ABC uchburchakning perimetrini hisoblang. 16. Yig‘indini qulay usulda hisoblang: a) 11+12+13+14+15+16+17+18+19+20; b) 23+25+27+29+31+33+35+37; d) 5 + 10 + 15 + 20 + ... + 100; e) 94+ 84+ 74 + ... + 24+14 + 4.
Download 352.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling