Natural va butun sonlar
- §. Prosentga oid masalalar
Download 5.8 Mb.
|
§. Natural va butun sonlar-hozir.org
29- §. Prosentga oid masalalar.
1.Pulimning 40 foizi 46 foizidan 48 so’m kam degan bolaning hammasi bo’lib qancha puli bo’ladi? Javob (800) 2.Bir molning olinish narxining sotilish narxiga nisbati 4/5. Bu sotishda foyda foizini toping. Javob (25) 3.Bir idishning 20 foizi bo’sh. Idishdagi suvning necha foizi qadar suv qo’shilsa, idish to’ladi? Javob (25) 4.Bir sutchi litrini 15 so’mdan olgan 20 litr sutga 4 litr suv qo’shib uni 15 so’mdan sotadi.Sotuvchining foydasi necha foiz? Javob (20) 5.Bir sotuvchi qo’lidagi molning 60 foizini 5 foiz foyda bilan sotganida p so’m foyda qiladi.Qolgan molining 15 foiz foyda bilan sotganida molning hammasidan necha so’m foyda qiladi? Javob (3p) 6. Xalq banki yiliga 30% foyda to’laydi.Omonatga qoyilgan pul necha yildan keyin 1.69 marta ko’payadi? Javob (2yil) 7. Mahsulotning narxi birinchi marta 25% ga , ikkinchi marta yangi bahosi yana 20% ga oshirildi . Mahsulotning oxirgi bahosi necha foizga kamaytirilsa , uning narxi dastlabki narxiga teng bo’ladi ? Javob ( 8. IV razryadli ishchi III razryadli ishchiga qaraganda 25% ko’p haq oladi . III razryadli ishchi IV razryadli ishchiga qaraganda necha foiz kam haq oladi ? Javob (20) 9.A sonning 25% i B sonning 15% iga teng bo’lsa , A soni B sonining necha foizini tashkil etadi ? Javob (60) 10. Tijoratchi A va B mollardan biror miqdor oldi. Uning A ga to’lagan puli B ga to’lagan pulining yarmini tashil etadi. Bu tijoratchi A molni 10% zarar bilan, B molni 50% foyda bilan sotdi. Bunga ko’ra tijoratchi bu savdodan necha % foyda ko’rgan? 11. Bi fabrika 72% imkoniyat va har kun 15 soat ishlab 10 kunda ishlab chiqargan mahsulotni, 90% imkoniyat va har kun 12 soat ishlab necha kunda ishlab chiqaradi? 12.Zavodda ishlaydigan ishchilarning 35% ayollar, qolgani erkaklar bo’lib, erkaklarning soni ayollarning sonidan 252 taga ko’pdir. Zavodda ishlaydigan ishchilarning umumiy sonini aniqlang. Javob: (840) 13.Ishchining maoshi birinchi marta 10 % ga, ikkinchi marta ya’na 15% ga ortdi. Ishchining maoshi jami bo’lib necha foizga ortdi? Javob: (26,5%) 14.100 foiz foydasi bilan sotilayotgan buyumni do’kondor o’quvchilarga 20 foiz kamaytirib sotdi. Bularga ko’ra do’kondor o’quvchilardan necha foiz foyda ko’rgan? Javob (60) 15.Bir sotuvchi 60 dona tuxumni 200 so’mdan olib, 25 foiz ustiga qo’yib sotmoqchi bo’ldi. Faqat tuxumlarning bir qanchasi sinib qolibdi. Butunlarining ustiga 40 foiz, singanlarining ustiga 10 foiz qo’yib, ko’zlagan foydasiga erishdi.Bularga ko’ra butun tuxum necha dona qolgan? Javob (30) 16. Shahar aholisi har yili 2% ga ortadi. Necha yildan so’ng bu shahar aholisi 3 marta ko’payadi? Javob (log1,02355) 17.Olimpiya o’yiniga tashrif buyurgan bir mamlakatning delegatsiyasi sportchilar va rahbariyatdan iborat. Sportchilarning o’rtacha yoshlari 22 ga , rahbariyatdagi odamlarning o’rtacha yoshi 47 ga teng. Butun delegatsiyadagi odamlarning o’rtacha yoshi 41 ga teng. Butun delegatsiyadagi odamlarning necha foizini rahabariyat lavozimidagi odamlar tashkil qiladi? Javob: (76%) 18. Sinfdagi qiz bolalar va o’g’il bolalarning soni juft son bo’lib, ular sinf partasiga ikkitadan o’tirishdi. O’g’il bolalarning 60% ni partadagi qo’shnisi o’g’il bola, qiz bolalarning 20% ni partadagi qo’shnisi qiz bola bo’lsa, sinfdagi o’quvchilarning qancha qismini qiz bolalar tashkil qiladi? Javob: (1/3) 19. Sarvar kompyuterda o’yin o’ynaganda o’ynalgan barcha partiyalarning 60% ni yutdi. Bir oz dam olib komyuterda o’yin o’ynashni ya’na davom ettirib 10 partiya o’ynadi. Bu o’yinlarning barchasida g’alaba qozondi.Natijada jami yutuqlar 70 % ni tashkil qildi. Sarvar ya’na qancha eng kam o’yin o’ynab va bu o’yinlarning qanchasini yutgandi jami yutuqlar ya’na 60 % ni tashkil qiladi? Javob: (10 partiya bundan 2 tasi yutuq) 20. Kitobning birinchi va ikkinchi tomlarining mos ravishda 60 va 75 donasining narxi 405 dollar. Agar birinchi va ikkinchi tomlarning narxlari mos ravishda 15% va 10 % ga tushirilsa, unda yuqoridagi tomlar sonining jami summasi 355,5 dollarni tashkil qiladi. Birinchi va ikkinchi tomlarning narxini aniqlang. Javob: ( Birinchi va ikkinchi tomlar 3 dollardan) 21. Dengiz suvining tarkibida 5% tuz bor. 40 kg dengiz suviga qancha chuchuk suv qo’shilsa, suv tarkibida tuz miqdori 2% ni tashkil qiladi? Javob: (60 kg) 22. Ikkita qopda jami 140 kg un bor. Agar birinchi qopdagi unning 12,5 % ikkinchi qopga solinsa, qopdagi unlar miqdori teng bo’ladi. Har bir qopda qancha un miqdori bor? Javob: (80 va 60 kg) 23. Sinfdagi o’quvchilarning 12% matematikadan berilgan misollarni yecha olmadi, 32 % xatoga yo’l qo’yib ishladi, 14 tasi to’g’ri ishladi. Sinfda nechta o’quvchi bor? Javob: (25) 24. Kanistrdagi benzinning (1/4) qismi bo’shatildi. Keyin esa umumiy hajmning 10% bo’shatildi. Bundan keyin esa kanistrda 26 litr benzin qoldi. Kanstirning hajmini aniqlang. Javob: (40) 25. Tovarning narxi 100 ming so’m bo’lib, ular ikki marta 30% dan pasaytirildi. Uning so’ngi narxi necha pul? Javob: (49000) 26. Ishchining ish normasini bajarishga ketadigan vaqti 20%ga qisqardi . Uning mehnat unumdorligi necha foiz ortgan ? Javob(25) 27.Bir mol 20 % daromad bilan a so’mga sotiladi, 20% zarar bilan b so’mga sotiladi. Bunga ko’ra a va b qaysi sonlar bilan proporsional? Javob (3 va 2) 28.Bir sotuvchi tarqatuvchidan kitobni o’z narxidan 44% kamiga olib, xaridorga o’z narxidan 16% kamiga sotadi. Sotuvchining daromadi necha foiz? Javob (50) 29. Mahsulotning narxi birinchi marta 25% ga , ikkinchi marta yangi bahosi yana 20% ga oshirildi . Mahsulotning oxirgi bahosi necha foizga kamaytirilsa , uning narxi dastlabki narxiga teng bo’ladi ? Javob ( 30.x so’mlik mol 20% zarar bilan a so’mga va y so’mlik mol 20 % foyda bilan b so’mga sotiladi. a soni b sonidan 2 marta katta bo’lsa, y soni x sonidan necha marta katta? Javob (3) 31.Umumiy bahosi 225 so’m bo’lgan ikki xil qimmatbaho mo’ynali teri xalqaro bozorda 40% foydasi bilan sotildi.Agar birinchi xil teridan 25%, ikkinchisidan esa 50% foyda qilingan bo’lsa, har bir terining bahosini aniqlang. 32.Agar kasrning surati 20% ga ortirilsa, maxraji 10% ga kamaytirilsa, kasrning qiymati necha foizga o’zgaradi? Javob (33,(3) 33. 180 sonini qanday songa bo’lganda, qoldiq to’liqsiz bo’linmani 25% ni tashkil qiladi? Javob (11) 34. Mahsulot dastlab 20 % ga arzonlashtirildi. Yangi narx yana 10 % kamaytirilgach, hosil bo‘lgan keyingi narx yana 5 % ga kamaytirildi. Mahsulotning dastlabki narxi necha foiz kamaytirildi? Javob (31,6%) 35.Sotuvchi bir molning 10%ini 50 % foydasi bilan, 60%ini 20% foydasi bilan va 30%ini 30% foydasi bilan 1560 so’m foyda oldi.Bunga ko’ra molning sotib olingan narxi necha ming so’m? Javob (6) 36.x so’mdan olingan mol 3x-450 so’mdan sotilsa, 20 % daromad keltiradi. Necha so’mdan sotilsa, 20 % zarar ko’riladi? Javob (200) 37.Shaxmat ustasi bir vaqtning o’zida bir nechta shaxmatchilar bilan shaxmat o’ynayapti. Birinchi ikki soatning oxirigacha shaxmat ustasi butun shaxmatchilarning 10 foizini o’yinda yutdi, 8 tasi bilan durang o’ynadi. Keyingi ikki soatda qolgan shaxmatchilarning 10 foizini o’yinda yutdi, 2 ta shaxmatchiga yutqazdi, qolgan 7 tasi bilan durang o’ynadi. Shaxmat ustasi o’ynagan shaxmatchilarning sonini aniqlang. Javob (20) Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling