«Научный импульс» Ноябрь, 202 1102 yomg’ir tomchilari zarbidan muqobil energiya olish istiqbollari


Key words: organic matter, carbon, glue, epoxy resin


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana04.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1425026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
ESHKARAYEV SADRIDIN CHORIYEVICH 1

Key words: organic matter, carbon, glue, epoxy resin. 
 
Kirish. Yelimlar — asosan suyuqlangan yuqori molekulyar anorganik, koʻpincha 
organik moddalar yoki ularning eritmalari hisoblanadi va turli materiallarni bir-biriga 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1112 
yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, 
toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. 
Qoʻshimchalar yelimning qovushqoqligini, qotish tezligini, mustahkamligini
qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuq (eritmalar, 
emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuq yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) 
boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, 
qurilish konstruksiyalari va boshqalarni yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus 
(yopishqoq tasmalar) turlarga ajratiladi. Biz tavsiya etayotgan yelim sintetik boʻladi. 
Bazi bir yelimlar namlikka chidamsiz, o’z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, 
qogʻoz va boshqa buyumlarni yelimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — 
polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan 
iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga 
yaxshi chidaydi . Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik 
oynalarni yelimlash uchun ishlatiladi. 
Kerakli talablarga yopishtiruvchi komponentlarning eng xilma-xil birikmalarini 
birlashtirish orqali erishish mumkin. Yopishtiruvchining ishlash xususiyatlarini 
yaxshilashning istiqbolli usuli uning noorganik nanozarrachalar bilan modifikatsiyasi 
hisoblanadi. Oddiy va eng ko'p ishlatiladigan nano o'lchamdagi to’ldiruvchi moddalar 
qatlamli aluminosilikatlar, masalan, montmorillonit, gektorit, kaolin va boshqalar. 
Alyumosilikat materiallarining qo'shilishi yelimning texnologik, mexanik va fizik 
xususiyatlarga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. 
Xususan, montmorillonit gillari allaqachon turli xil tizimlarning modifikatorlari 
sifatida tanilgan va ish faoliyatini yaxshilaydi, yong'inga qarshi vositalar bilan 
birgalikda ular yonuvchanlikni kamaytiradi va materiallarning yong'inga chidamliligini 
oshiradi. Ba'zi kompozitlarda yopishqoqlikni, zarba xususiyatlarini va yorilishga 
chidamliligini yaxshilaydi, katalizator sifatida harakat qilishi va qotib qolish haroratini 
pasaytirishi mumkin, bu esa energiya sarfini kamaytirish asosida yopishtirish 
jarayonini texnologik jihatdan ilg'or va arzonroq qiladi. 
Bugungi kunda qurilish sohasida ishlatiladigan yelimlar kimyoviy yo’l bilan 
olingan polivinilxlorid, poliuretan va boshqa polimer moddalardan olinadi va atrof-
muhit haroratining ortishi, agressiv sharoitda o’zidan zaharli kimyoviy birikmalarni 
chiqaradi. Bu esa insonlar va tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu 
tadqiqotimizning dolzarbligi shundaki, organik (alkin) modalardan olingan epoksid 
smalasi polimer yelimlarga oʻxshab yonib ketmaydi bu esa tabiatga oz miqdorda 
boʻlsam ham zarli moddalarni chiqishini kamaytiradi, organik moddalardan oson 
usullar bilan olinadigan mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli yelimlar olinadi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling