«Научный импульс» Ноябрь, 202 1102 yomg’ir tomchilari zarbidan muqobil energiya olish istiqbollari
Key words: organic matter, carbon, glue, epoxy resin
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ESHKARAYEV SADRIDIN CHORIYEVICH 1
Key words: organic matter, carbon, glue, epoxy resin.
Kirish. Yelimlar — asosan suyuqlangan yuqori molekulyar anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari hisoblanadi va turli materiallarni bir-biriga Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1112 yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. Qoʻshimchalar yelimning qovushqoqligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuq (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuq yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqalarni yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus (yopishqoq tasmalar) turlarga ajratiladi. Biz tavsiya etayotgan yelim sintetik boʻladi. Bazi bir yelimlar namlikka chidamsiz, o’z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni yelimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi . Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oynalarni yelimlash uchun ishlatiladi. Kerakli talablarga yopishtiruvchi komponentlarning eng xilma-xil birikmalarini birlashtirish orqali erishish mumkin. Yopishtiruvchining ishlash xususiyatlarini yaxshilashning istiqbolli usuli uning noorganik nanozarrachalar bilan modifikatsiyasi hisoblanadi. Oddiy va eng ko'p ishlatiladigan nano o'lchamdagi to’ldiruvchi moddalar qatlamli aluminosilikatlar, masalan, montmorillonit, gektorit, kaolin va boshqalar. Alyumosilikat materiallarining qo'shilishi yelimning texnologik, mexanik va fizik xususiyatlarga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xususan, montmorillonit gillari allaqachon turli xil tizimlarning modifikatorlari sifatida tanilgan va ish faoliyatini yaxshilaydi, yong'inga qarshi vositalar bilan birgalikda ular yonuvchanlikni kamaytiradi va materiallarning yong'inga chidamliligini oshiradi. Ba'zi kompozitlarda yopishqoqlikni, zarba xususiyatlarini va yorilishga chidamliligini yaxshilaydi, katalizator sifatida harakat qilishi va qotib qolish haroratini pasaytirishi mumkin, bu esa energiya sarfini kamaytirish asosida yopishtirish jarayonini texnologik jihatdan ilg'or va arzonroq qiladi. Bugungi kunda qurilish sohasida ishlatiladigan yelimlar kimyoviy yo’l bilan olingan polivinilxlorid, poliuretan va boshqa polimer moddalardan olinadi va atrof- muhit haroratining ortishi, agressiv sharoitda o’zidan zaharli kimyoviy birikmalarni chiqaradi. Bu esa insonlar va tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu tadqiqotimizning dolzarbligi shundaki, organik (alkin) modalardan olingan epoksid smalasi polimer yelimlarga oʻxshab yonib ketmaydi bu esa tabiatga oz miqdorda boʻlsam ham zarli moddalarni chiqishini kamaytiradi, organik moddalardan oson usullar bilan olinadigan mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli yelimlar olinadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling