«Научный импульс» Январь, 023 222 Yoqlari ta teng tomonli uchburchakdan iborat jism
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Rahimova Mukarram Abduvoxidovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Annotatsiya
- Kalit sozlar
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 222 4.Yoqlari 4 ta teng tomonli uchburchakdan iborat jism (tetraedr). Bu jism «noriy» ya’ni olovniki deb ataydi. 5.Yoqlari 12 ta teng tomonli besh burchakdan iborat jism (dodekaedr). Bu jismni «falakiy», ya’ni osmonniki deb ataydi. «At-taxfim»asari uch asrdan ortik davr davomida mutaxasiss astronomlar tayerlashda sharq mamlakatlarida darslik bo’lib xizmat qildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. http://www.pedagog.uz-Toshkent davlat pedagogika universiteti vebsayti. 2. http://www.ziyonet.uz. -axborot ta'lim portali 3. http://www.fayllarorg.uz va boshqa axborot resurslari Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 223 AL-XORAZMIY ALGEBRA FANI ASOSCHISI Shokirova Dilfuza Saitmaxmutovna Surxandaryo viloyati Denov tumani 80- umumiy òrta ta'lim maktabi matematika fani òqituvchisi. Annotatsiya: Tarixning davriyligi, yuqori saviyada takrorlanish xususiyatini qarangki, ushbu kitobning dastlabki sahifasida gollandiyalik noshirlar tomonidan yirik harflar bilan «Bu kitob o‘zbekistonlik olimlar tomonidan yozildi» degan jumla bitilgan. Vo ajab! Ming yillar avval Yevropa bizdan «Aljabr val muqobala»ni lotin tiliga va boshqa tillarga tarjima qilib o‘rgangan edi. Buni qarangki, hozir ham olimlarimiz asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib o‘rganish davom etmoqda Kalit sozlar: Al - Xorazmiy, matematika , turli tillarini, "Al jabr- val muqobala", algebra, asarlar. Muhammad ibn MUSO al-XORZMIY qadimiy va boy madaniyatga ega bo'lgan o'lkada - XORAZMda tug'ilgan. U yoshligidan bilim olishga qiziqqan. Riyozot va tabiyot ilimlarining asoslarini chuqur egallagan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o'rgangan. Xorazmiy yoshlik chog'idan o'zining o'tkir zehni bilan tanila bordi. Bu davrda BOG'DOD o'lkasi ilmiy va madaniy markaz hisoblanar edi.Uning hukmdori al- MA'MUN yosh donishmandning dovrug'ini eshitib, boshqa olimlar qatori o'z o'lkasiga taklif etadi.Xorazmiy olam sirlarini o'rgandi. U farg'onalik do'sti Al-FARG'ONIY bilan bog'dodda rasadhona qurishga boshchilik qildi. Rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va yer kurrasini o'rgandi. Al-Xorazmiy va Al-Farg'oniy boshchiligidagi olimlar 1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish haritasini tuzdilar. YER kurrasining aylana uzunligini aniqladilar .Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati") nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini aniq tavsiflagan. Koinot sirlarini o'rganishga oid ijodlari uning "Ziji" ("Astranomiya") kitobida bayin etilgan. Muhammad al-Xorazmiy Bog'dodda vafot etdi. Algebra fanining otasi sifatida shuhrat qozongan vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida Sharqda ilk asarlardan birini yaratgan. Uning "Kitob at- tarix" asari bizgacha turli mualliflarning asarlari tarkibida etib kelgan. Buyuk ajdodi ilmiy merosini mukammal o`rgangan Beruniy ham bu sohada "Xorazmning mashhur kishilari" yoki "Xorazm tarixi" asarini yaratib qoldirgan. Bu kitob ham to`liq holda saqlanmagan. Tabiatshunos olim Al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. Allomaning 'Al-jabr' nomli kitobi Yevropada 'Algebra' deb atalgan. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al- Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Olimning “Al- Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 224 Xorazmiy” nomi esa, “Algoritm” shaklida fanda abadiy saqlanib qolgan Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o'rgandi. O'qigan, o'rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doyr yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To'ldirish va qarama-qarshi qo'yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo'ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo'lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so'ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug'i-o'nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o'girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo'lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to'g'risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki g'arbda ham asronomiya fani rivojida katta rolь o'ynadi. 1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to'yini katta tantana bilan nishonladi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg'oniy. Al-Farg'oniyning tarjimai holiga doir ma'lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg'ona zaminida tug'ilib o'z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag'doddagi birinchi Ma'mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma'mun akademiyasi Xorazmshox Ma'mun akademiyasi) Sharqda ilk Uyg’onish davri deb atalgan IX-XII asrlarda Turonzamin xalqlari jahon ilm- fani, ma’daniyati-ma’rifati taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shib, tarix sahifalariga o’z nomlarini abadul-abad muhrlagan ulug’siymolarni taqdim etdi. Ana shu asrlarda yashab ijod etgan jahonga mashhur allomalarning muborak nomlari SHarq va G’arbda faxr-iftixor ila tilga olinadi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) ilk Uyg’onish davrining butun dunyo tan olgan qomusiy olimidir. U ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda tavallud topib, voyaga yetdi va shu yerning o’zida uning nomi dunyoga ma’lum bo’ldi. Muso al-Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining juda katta davri arab xalifaligining poytaxti, Bag’dod shahri bilan uzviy bog’liq. SHarqning buyuk olimi Xorazmiyni xalifa al-Ma’mun xalifalik markazi – Bag’dodga taklif etgan va “Baytul-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da rahnamolik qilishni topshirgan. Alloma bu muqaddas ilm maskanida juda ko’plab astranomik kuzatishlar olib borgan, katta ilmiy jamoaga ustozlik qilib, to insoniyat turguncha o’z ahamiyatini yo’qotmaydigan o’lmas kashfiyotlar yaratgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling