Научный вестник. ФерГУ
Ijtimoiy gumanitar fanlar
Download 193.03 Kb. Pdf ko'rish
|
14 Raximova Kizlarxon Ne\'matjon qizi 3
Ijtimoiy gumanitar fanlar
IQTISODIYOT 636 2022 kelavermaydi.realizatsiya aslida eng muhim bosqich. Hairdo oldindan buyurtma berib tursa, biznes tez rivojlanadi. Yana bir muhim xizmat borki, tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi, umuman hamma-hamma unga muhtoj. Buxgalteriya (kitob yuritish) hisobi deyiladigan bu san’atga uncha e’tibor berilmasligi ishsizlikka, kambag‘allikka, bankrotlikka olib boradi. Buxgalteriya hisobi va hisoboti barcha fan va san’atlardan yetuk turadi. Chunki, unga hamma muhtojdir. Insonlar va xo‘jalik yurituvchilar bilan Davlat o‘rtasidagi munosabatlar faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar orqali tartibga solinadi. Soliqlarni to‘g‘ri, qonun talablari bo‘yicha behato xisoblab chiqarish va to‘lab boorish buxgalteriya hisobi yordamida amalga oshiriladi. Chunki, faqat birgina buxgalteriya xisobi aniq, tasdiqlangan hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Uni reja, majburiyat, musobaqa, obro‘, e’tibor degan tushunchalar qiziqtirmaydi. Ayniqsa, 2022 yildan boshlangan halqaro buxgalteriya hisobi va hisoboti standartlariga o‘tishi, bu ximzatni yanada yuqoriga ko‘tardi. Sababi, endi valyuta kursi o‘zgarishi, bozor narhi hisobotlar asosini tashkil etadi. Eskirish hisoblab bo‘linib, qiymati “0” so‘m bo‘lib qolgan avtomobil yoki bino, dastgohning bozozr qiymati bir necha million so‘m bo‘lishi mumkin. Biz qimmatbaho deb yurgan narsaning bozor bahosi juda past bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobi yo‘lga qo‘yilsa, yashil makondagi past bo‘yli tutchalarimiz ham raqamlashtirilib (nomerlanib) asosiy vosita sifatida ro‘yxatga olinadi. Axborot texnologiyalarini qo‘llab, buxgalteriya hisobini kompyuterda yuritilishi uning mavqeini pasaytirmaydi. Yanada oshiradi. Davlat budjetiga to‘lovlar, debitor, kreditorlar bilan hisob kitoblar yanada operativlashadi. Har bir mehnat yoshdagi fuqarolarning mehnat daftari yuritilayotgani, pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq o‘z vaqtida, to‘liq o‘tkazilayotgani doimiy nazoratda bo‘ladi. Mardikor bozorlar bo‘lmaydi. Ish bajartirmoqchi bo‘lgan kishi buyurtma qiladi. Normalovchi mutaxassis borib ish hajmi va to‘lovini aniqlaydi. Talabgorning qo‘liga schot (to‘lov hujjati) beradi. Ish sharoiti, tushlik, boorish, kelishning hisobi yuritiladi. Shu natijaga kelish uchun yashil makon ichida tezroq ko‘p tarmoqli tutchilik biznesini tashkil qilib, ortiqcha ishchi kuchi tushunchasini kun tartibidan chiqarib, inson sha’nini ulug‘lashda mahallalar faolligiga erishishimiz kerak. Arzon ishchi, xorijda ishlovchi kabi tuhunchalar ham muomaladan chiqishi kerak. Davlat idoralarining vazifasi ko‘p. Biz o‘zimiz mahalla boshqaruvi bilan yangi, serdaromad, ekologik toza, hech kimga va hech narsaga zarari tegmaydigan biznes – naf keltiruvchi faoliyatlarni boshlashimiz kerak. Matbuotda, ommaviy va labaratoriya mashg‘ulotlarida: yer, suv, mablag‘, ruxsat talab qilmaydigan xususiy bizneslar haqida mashg‘ulotlar berishimiz zarur. Xususiy biznes yakka tartibdagi tadbirkorlik, kichik xususiy korxona, yirik xususiy korxona bo‘lishi mumkin. Shular jumlasida oilaviy xususiy bizneslar ham bor. Oilaviy biznesning eng yaxshi jihati, daromad o‘rtada taqsimlanmaydi. Oilaviy xususiy biznesga mos keladigan eng yaxshi imkoniyat yashil makon ichidagi xususiy tutchilikdir. Download 193.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling