Navbatchi hamshirasi mamatova shaxnozaning gipoterioz va giperterioz belgilari
Download 127.12 Kb.
|
FARG6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ich qotishi
- Soch to‘kilishi va teri quruqshashi
- Muskullar og‘rig‘i va poy tortishishi
- Parishonxotirlik
- Bo‘yin sohasidagi diskomfort
FARG‘ONA VILOYATI ENDOKRINOLOGIYA DISPANSERI REANIMATSIYA BO‘LIMI NAVBATCHI HAMSHIRASI MAMATOVA SHAXNOZANING GIPOTERIOZ VA GIPERTERIOZ BELGILARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN REFERATI Gipoterioz va giperterioz belgilari Qalqonsimon bezi gormonlarining yetarlicha ishlab chiqarilmasligi (gipotireoz) tushkunlik, apatiya va depressiyaga sabab bo‘ladi. Aksincha ortig‘i bilan ishlab chiqarilishi (gipertireoz) esa odamlarni agressiv, ta’sirlanuvchan va xavotirli qilib qo‘yadi. Quyida biz gipotireozning asosiy belgilariga to‘xtalib o‘tamiz: Ich qotishiHazm qilishni va ich kelishini buzilishi, kekirish va oshqozon sohasidagi og‘irlik gipotireozning keng tarqalgan simptomlari hisoblanadi. UyquchanlikGipoteriozi mavjud odamlar sutkasiga 12 soat yoki bir necha kun davomida tinimsiz uxlashi mumkin, lekin baribir o‘zini charchagan his qiladi. Uyquchanlik va lanjlik xavfli signallar hisoblanadi. Soch to‘kilishi va teri quruqshashiGormonal disbalans va moddalar almashinuvini pasayishi natijasida teri vo soch tolalarini oziqlanishini buzilishi kuzatiladi. Nursiz ko‘zlar, terini oqarib, sarg‘ayishi gipotireozning yana bir belgisi hisoblanadi. SemirishSababsiz tana vaznining ortishi uning xar qanday parxez va cheklovlar ta’sirida ham tushmasligi buqoq bezi faoliyati pasayganda kuzatiladi. Muskullar og‘rig‘i va poy tortishishiGipotireoz natijasida nervlarni zararlanishi va muskullar spazmi, talvasasi va oyoq-qo‘llar uyushishi kuzatiladi. Yurak ritmini buzilishiYurak urishlari sonini va arterial qon bosimini pasayishi, shuningdek yurak soxasidagi og‘riqlar buqoq gormonlarini pasayishida kuzatiladi. ParishonxotirlikGipotireozga xotira va ish faoliyatini pasayishi, diqqat-e’tibor susayib, axborotlarni qabul qilishni qiyinlashuvi xos. ShishlarTilning yo‘g‘onlashuvi, unda tish izlarini qolishi, yuz va oyoq-qo‘llarni shishi, barmoq bilan bosganda chuqurchalarni qolmasligi giprtireozga xos. Bo‘yin sohasidagi diskomfortBuqoq bezining kattalashuvi bemor tomog‘iga biror narsa tiqilganini his qilishi va ovozi bo‘g‘ilishiga sabab bo‘ladi. Download 127.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling