Bulardan tashqari feodal jamiyati boshlarida yaratilgan "Er xubbi", "Chistoniyalik bek", "Siyovush", "Rustam" singari afsona va qahramonlik dostonlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. - Bulardan tashqari feodal jamiyati boshlarida yaratilgan "Er xubbi", "Chistoniyalik bek", "Siyovush", "Rustam" singari afsona va qahramonlik dostonlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
- Umuman xalq og`zaki ijodining barcha janrlarida ham ta’lim - tarbiya, yoshlarning axloqiy barkamolligi masalalariga juda katta e’tibor qaratilganki, biz bulardan o`tmish ajdodlarimizda tarbiya ishlari qanday bo`lganligini, qaysi axloqiy xislatlar ulug`langanligi - yu, qaysi sifatlar qoralanganligini ham bilib olishimiz mumkin.
Bu kitobning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho bergan yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: ""Avesto" ayni zamonda bu qadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi“ - Bu kitobning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho bergan yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: ""Avesto" ayni zamonda bu qadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi“
- "Avesto" er.avv. VI asrda yaratilgan bo`lib, to`liq kitob holida er.avv. I asrda shakllangan. U 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan degan ma’lumotlar bor.
- "Avesto"ning to`rta: Yasna, Yashta, Vispered, Vendidat qismlari bizgacha yetib kelgan.
"Avesto" uzoq asrlar maboynida bolalarga ilm - ma’rifat o`rgatishda va axloq odob fazilatlarini shakllantirishda dasturul amal bulib kelgan. Zardusht ta’lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat berib deydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo`lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o`qishni va so`ngra esa yozishni o`rganishi bilan eng yuksak pog`onaga ko`tarilsin". - "Avesto" uzoq asrlar maboynida bolalarga ilm - ma’rifat o`rgatishda va axloq odob fazilatlarini shakllantirishda dasturul amal bulib kelgan. Zardusht ta’lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat berib deydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo`lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o`qishni va so`ngra esa yozishni o`rganishi bilan eng yuksak pog`onaga ko`tarilsin".
- Kitobda bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagicha tavsiya etiladi: a) diniy va axloqiy tarbiya, b) jismoniy tarbiya, v) o`qish va yozishga o`rgatish.
- Zardushtiylar bolalar ta’lim - tarbiyasiga katta e’tibor berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |