Навоий кон-металлургия комбинати


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
 


17 
3 – LABORATORIYA ISHI 
Mavzu: Oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitish 
 
Ishdan maqsad
1. Natriy sulfidining oltin va rangli metallar oltin-piritli rudalaridagi hamroh 
sulfidli minerallar flotatsiyalanishiga ta`sirini o`rganish va uning sarfini aniqlash. 
2. Bo`tanada qolgan qoldiq natriy sulfidi konsentratsiyasining oltin va rangli 
metallarning oltin-piritli rudalaridagi hamroh sulfidli minerallar flotatsiyalanishiga 
ta`sirini o`rganish. 
Nazariy ma`lumotlar 
Natriy sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalar yuqori flotatsion 
konsentratsiyada oltin va sulfidli minerallar flotatsiyasini tazyiqlaydi. Sulfidli 
minerallar flotatsiyasini tazyiqlash uchun qo`llaniladigan oltingugurtli modifikatorlar 
ilmiy tadqiqot natijalari asosida va rudalarning texnologik xususiyatlariga mos 
ravishda tanlanadi. 
Har qanday modifikator-tazyiqlagich boshqa eritmalarga qaraganda bir xil 
bo`lmagan ionli tarkib shakllantiradi, uning barqarorligi pH muhit, kontsentratsiya
qattiq faza tarkibini, harorat va boshqa omillar qiymatlari bilan aniqlanadi. 
Bo`tana suyuq fazasi ion tarkibining o`zgarishi oksidlanish -qaytarilish 
jarayonlari rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi. Aniq sharoitda har bir modifikator 
uchun o`ziga xos ionli tarkib mos keladi. Buning ustiga bir xil pH da ular qandaydir 
bir asosiy anionni hosil qiladilar. 
Natriy sulfidi qo`llanilayotgan holda pH

8-10 da asosiy tazyiqlovchi ion 
bo`lib, gidrosulfid ionlari (pH

9) va tiosulfat ionlari (pH

10-11); pH>10 bo’lganda 
sulfid ionlari, pH>11 bo’lganda esa tiosulfat ionlari hisoblanadi. 
Amaliyot ma`lumotlari shuni ko’rsatadiki, sulfidli minerallar yuzasidan 
yig’uvchi reagentlarni desorbsiyalash jarayonida natriy sulfidining qoldiq 
konsentratsiyasi 400-600 mg/dm

oraliqda joylashgan; quyultirish, yuvish va qayta 
yanchishdan so’ng esa 20-100 mg/dm

gacha tushadi, bu esa kollektiv mis-rux 
boyitmalarini ajratishda juda qo’l keladi, oltin va uning mineral birikmalarini yaxshi 
flotatsiyalanishiga yetarli hisoblanadi. 
Natriy sulfidi konsentratsiyasini oshirish rangli metallar sulfidlarini 
tanlanishini yaxshilamaydi, oltin-mis flotatsiyasida pH ko`rsatkichini pasaytirish 
uchun kerak bo`ladigan rux sulfat sarfini oshirishga olib keladi, bu esa rangli metallar 
minerallari bilan oltin va uning birikmalarini tazyiqlanishiga olib keladi. 


18 
Natriy sulfidining tartib bo`yicha eng maqbul sarfi seriyali tajribalar orqali 
qabul qilinadi: 0; 50; 100; 300; 500 g/t.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling