Навоий кон-металлургия комбинати


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
 
Qurilmaning ta`rifi 
 
Yanchish 62 ML laboratoriya sharli tegirmonida o`tkaziladi. 
Flotatsiya tajribalari kamerasi 0,5 dm

hajmli standart flotomashinada amalga 
oshiriladi. Har bir sinovda havo sarfi bir xil va u 40 sm/dm
3
ga teng. Impellerning 
aylanish tezligi 2590 ay/daq, ko`piksurgichning tezligi esa 15 ay/daq ga teng. 
Bo`tananing pH nazorati pH-12 uskunasida amalga oshiriladi. pH – metr bilan 
ishlashda uning elektrodlarini bo`tananing pH ni o`lchashdan oldin va keyin 
distillangan suv bilan yuvish zarur. 
Sulfid – ionlarining qoldiq konsentratsiyasining nazorati kumush – sulfidli 
elektrod yordamida yoki titrlash orqali amalga oshiriladi. 
Ishni bajarish tartibi 
 
5-rasmda oltin piritli rudaning flotatsiya sxemasi keltirilgan.
Quyidagi formula bo`yicha ruda namunasi uchun eritma ko`rinishida 
beriladigan reagentlar sarfini oldindan hisoblash zarur: 
C
Q
q
V



10000

V – reagent eritmasi hajmi, sm
3

q– sinov uchun kerak bo`lgan rudaning massasi, g; 
Q – reagent sarfi, g/t; 
C – reagent eritmasi konsentratsiyasi, %.
1. 200 g miqdordagi ruda namunasini quyidagi sharoitda Q:S:Sh = 1:0,5:6 
sharli tegirmonda yanchiladi. Tegirmonga hisob bo`yicha 500 g/t ohak qo`shiladi. 
Rudaning yanchilish yupqaligi 0,074 mm sinfi bo`yicha 70% ni tashkil qiladi, buning 
uchun yanchish 15 daq davom etadi. 
2. Bo`tana flotatsiya kamerasiga o`tkaziladi, mashina ishga tushuriladi. 
3. pH=9,0-9,5 bo’lgunga qadar muhit sozlovchilar (ohak) qo`shiladi (zarur 
hollarda). 


19 
4. Moslovchi qo`shiladi (natriy sulfidi) - 50; 200; 600; 1800; 5400 g/t 
(O`qituvchi aniqlaydi). Aralashtirish vaqti – 3 daqiqa. 
5. Faollashtiruvchi reagent qo`shiladi (mis kuporosi) – 100 g/t. Aralashtirish 
vaqti – 3 daqiqa. 
6. Tazyiqlovchi reagent qo`shiladi (suyuq shisha) – 100 g/t. Aralashtirish 
vaqti – 3 daqiqa.
7. Hisob bo`yicha 100 g/t to`plovchi reagent qo’shiladi (butil yoki izopropil 
ksantogenati). Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.
8. Hisob bo`yicha 10 g/t ko`pik hosil qiluvchi reagent T – 80 qo`shiladi. 
Aralashtirish vaqti –1 daqiqa.
9. Qoldiq sulfid konsentratsiyasini aniqlash uchun namuna olinadi. 
10. Havo sarfi aniqlanadi va 5 daqiqa davomida oltin va sulfidli minerallarning 
asosiy flotatsiyasi jarayoni boshlanadi. Flotatsiya ko’pik chiqishi tugaguncha yoki 
ko’pikning rangi o’zgargancha davom etadi. 
11. Hisob bo`yicha 25 g/t to`plovchi reagent ksantogenat qo’shiladi. 
Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.
12. Hisob bo`yicha 10 g/t ko`pik hosil qiluvchi reagent T – 80 qo`shiladi. 
Aralashtirish vaqti –1 daqiqa.
13. Qoldiq sulfid kontsentratsini aniqlash uchun namuna olinadi. 
14. Havo sarfi aniqlanadi va 10 daqiqa davomida nazorat flotatsiyasi 
o’tkaziladi. Flotatsiya ko’pik chiqishi tugaguncha yoki ko’pikning rangi 
o’zgargancha davom etadi. 
15. 1 – Oraliq mahsulot va tashlandiq chiqitlar quritiladi va o`lchanadi. 
Olingan natijalar laboratoriya jurnaliga kiritladi. 
16. Tozalanmagan oltin – sulfidli boyitma 0,1 dm

hajmli kameraga o’tkaziladi,
suv solinadi.
17. Hisob bo`yicha 10 g/t to`plovchi reagent ksantogenat qo’shiladi. 
Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.
18. Qoldiq sulfid konsentratsiyasini aniqlash uchun namuna olinadi. 
19. Havo sarfi aniqlanadi va 10 daqiqa davomida oltin va sulfidli 
minerallarning qayta tozalash flotatsiyasi o’tkaziladi. Flotatsiya ko’pik chiqishi 
tugaguncha yoki ko’pikning rangi o’zgarguncha davom etadi. 
20. 2 – oraliq mahsulot va boyitma quritiladi va o`lchanadi. Olingan natijalar 
laboratoriya jurnaliga kiritiladi. 
21. Quritilgan birinchi va ikkinchi oraliq mahsulotlar birlashtiriladi va 
aralashtirilib o’rtachalashtiriladi. 


20 
22. Sxema bo`yicha olingan flotatsiya mahsulotlaridan cho’michlash usuli 
bilan tarkibida qimmatbaho komponentlar miqdorini aniqlash uchun namuna 
saralanadi. Metallar muvozanati hisoblanadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling