Навоий кон-металлургия комбинати
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa nazariy ma`lumotlar
Ishdan maqsad: Flotoreagent eritmalari tayyorlashni o’rganish, flotatsiya jarayonida qo`llaniladigan flotomashinalar ustida tadqiqot va tajriba o`tkazib malaka egallash. Flotoreagentlarni flotomashinalarga joylash ketma–ketligi va flotatsiya usulida rudalarni boyitishning boshqa jihatlari bilan tanishish. Qisqa nazariy ma`lumotlar Flotatsiya jarayoni qattiq, suyuq va gazsimon fazadan tashkil topgan geterogen tizimda sodir bo`lganligi sababli yuzalar tutashishi va ajralish yuzalaridagi fizik - kimyoviy hodisalar katta ahamiyat kasb etadi. Har bir ajralish sirti juda muhim ahamiyatga ega. Chekkadagi qatlamda (sirtda) joylashgan molekulalar, ularni ustida turgan molekula bo`lmaganligi sababli, ular energetik kompensatsiyalanmagan, ya`ni ularda erkin sirt energiyasi bo`ladi. Amalda istalgan mineral kompleksi uchun uning tarkibidagi mineralni flotatsiya usulida ajratib olish mumkin. Minerallarning flotatsiyalanish qobiliyati flotatsiya o’tkazish sharoitiga, yanchilgan ruda yirikligiga, jarayonning davom etish vaqtiga, pH muhitga, rudaning mineralogik tarkibiga va boshqa sabablarga bog’liq. Flotatsiyalanish qobiliyatiga ko`ra minerallar 3 turga bo`linadi: 1. Tabiiy gidrofob yuzali kuchli tabiiy flotatsiyalanuvchi minerallar; 2. Sezilarsiz gidrofob yuzali kuchsiz tabiiy flotatsiyalanuvchi minerallar; 3. Gidrofil yuzali tabiiy flotatsiyalanish qobiliyatiga ega bo’lmagan minerallar. Fosforit rudalarini asosiy boyitish usullaridan biri flotatsiya usuli hisoblanadi. Bu rudalarni flotatsiya usulida boyitish quyidagi sabablarga ko`ra qiyinlashadi: a) ruda tarkibidagi fosforitning dispersligi va ruda tarkibidagi minerallarning flotatsiyalanish xossalarining bir-biriga yaqinligi; b) ruda tarkibida yaxshi flotatsiyalanuvchi kalsiy karbonat va magniy karbonatlarning mavjudligi (asosiy qiyinchilik dolomitni ajratishda paydo bo`ladi); v) ruda tarkibida temir gidroksidi va boshqa gidroksidlarning mavjudligi. Ular nafaqat ajralayotgan mineral zarrachalarining flotatsiyalanishi farqini kamaytiradi, balki, zarrachalarning boyitmaga o`tishida ularning texnologik xossalarini pasaytiradi. Undan tashqari rudani yanchishda gilli qo`shimchalarning qatnashishi ko`p miqdorda juda mayin shlam hosil bo`lishiga olib keladi va flotatsiya jarayoniga keskin salbiy ta`sir ko`rsatadi. 23 g) fosforit boyitmalarining nisbatan arzonligi sababli qo`llaniladigan reagentlar arzon bo`lishi shart. Shu sababli murakkab flotatsiya sxemalarini qo`llash foyda keltirmaydi. Fosforit rudalarini flotatsiya usulida boyitish uchun ko`plab izlanishlar olib borilgan. Bu rudalarni boyitish uchun odatdagi nosulfid rudalar uchun qo`llaniladigan reagentlar ishlatiladi. Yig’uvchi reagent sifatida har xil sirt faol moddalardan (solidofil polyar guruhli moddalar) foydalaniladi. Bu reagentlar ko`p va arzon hisoblanadi. Ko`p holatlarda ushbu reagentlar suvda kam eruvchi uglevodorodlar (apolyar yig’uvchilar) bilan birgalikda ishlatiladi. Negaki, sirt faol moddalar yig’ish xususiyatidan tashqari ko`pik hosil qilish xossasiga ham ega bo`lib, fosforitni flotatsiya qilishda alohida ko`pik hosil qiluvchi reagentlar qo`llanilmaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling