Навоий кон-металлургия комбинати


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 



KIRISH 
«Rudalarni flotatsiya usulida boyitish» fani bakalavriat ta`lim yo`nalishining 
ishchi o`quv rejasida mutaxassislik fanlar blokiga tegishli bo`lib, rudalarini flotatsiya 
usulida boyitishning texnologik jarayonlarini o`rgatadi. 
Yuqori malakali bakalavrlar tayyorlash uchun «Rudalarni flotatsiya usulida 
boyitish» fanini o`zlashtirishda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini yuqori 
saviyada o`tkazish muhim o`rin egallaydi. 
Ushbu 
uslubiy 
ko`rsatma 
5311600 
«Konchilik ishi» yo`nalishi 
mutaxassisligining xususiyatlarini hamda kafedra o`qituvchilarining laboratoriya 
mashg’ulotlari olib borishdagi ko`p yillik tajribalarini hisobga olgan holda tuzilgan. 
Quyida keltirilgan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish talabalarga turli 
boyitish jarayonlarini tadqiq etish uslubi, olingan tajriba natijalari qayta ishlash 
texnikasi, laboratoriyada mavjud bo`lgan boyitish dastgohlarining tuzilishi va ishlash 
prinsipini o`rganishlariga yordam beradi. Har qaysi mashg’ulot 2 soatga 
mo`ljallangan. 
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga tayyorgarlik dars boshlanishiga 
qadar boshlanib, talaba laboratoriya mashg’uloti bajariladigan bo`lim bo`yicha 
olingan nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirgan holda kelishi kerak. 
Laboratoriya ishini bajarishga ruxsat talabaning bajaradigan ish bo`yicha 
nazariy bilimlarini sinab ko`rilgandan keyingina beriladi. 
Laboratoriya mashg’uloti bo`yicha hisobot quyidagilarni o`z ichiga oladi: 

ishni bajarish uchun topshiriq (dastlabki mahsulot, reagentlar, variantlar va 
h.k.); 

dastgohning eskizi; 

tajribaning qisqacha bayoni; 

olingan natijalar (jadval tarzida); 

tajriba natijalarini hisoblash; 

tajriba natijalari asosida xulosalar. 
Ishni bajarib bo`lgandan keyin talaba bajarilgan ish bo`yicha hisobotni himoya 
qiladi. Hisobotni mashg’ulot o`tkazgan o`qituvchi qabul qiladi. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling