Навоий кон-металлургия комбинати


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-BO’LIM
 
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA
XAVFSIZLIGI QOIDALARI 
 
Har bir talaba tajriba ishlarini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi qoidalari 
bilan tanishishi shart. 
Boyitish stollarida ishni bajarishdan oldin quyidagi qoidalarga amal qilish 
zarur: 
1. Ishni bajarishdan oldin boyitish stolining elektr dvigatellari elektr 
o`tkazgichlar yordamida (zazemleniye) yerga ulangan bo`lishi shart. 
2. Dastgohni ishga tushirish va to`xtatish faqat o`qituvchi, o`quv ustasi yoki 
laborant tomonidan amalga oshiriladi. 
3. Stolning rudani qabul qilish tuynugiga ruda maxsus cho`michlar yordamida 
berib turiladi. 
4. Boyitish mahsulotlari boyitish stoli ishdan to`xtatilgandan so`ng ajratib 
olinadi. 
5. Ishlab turgan vaqtda stolning tebranish amplitudasi va sonini, qiyalik 
burchagini o`zgartirish qat`iyan man etiladi. 
Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitishda quyidagi texnika xavfsizligi 
qoidalariga amal qilish zarur: 
1. Ishni bajarishdan oldin flotatsiya mashinasi va pH - metrning elektr 
o`tkazgichlari yerga ulanganligini (zazemleniye) tekshirish shart. 
2. Quyidagilar qat`iyan man etiladi: 
a) Flotatsiya reagentlari va reaktivlarning ta`mini tatib ko`rish; 
b) Eritma va flotatsiya jarayoni chiqindilarini rakovinaga to`kish; 
v) Turli reagent eritmalarini byuretka va pipetkalarga olishda og’iz bilan 
so`rish; 
3. Flotatsiya mashinasida ishlayotganda impellerni yurituvchi qismining 
to`sinini olish man etiladi; 
4. Impellerning tasmali uzatgichi uzilganda dvigatelni o`chirish zarur va 
so`ngra tasmani almashtirish mumkin; 
5. Impellerning elektr dvigateli ishlayotgan vaqtda uning aylanish sonini 
o`zgartirish man etiladi; 
6. Bo`tanaga sianid aralashtirish zarurati tug’ilsa, maxsus kurakcha yordamida 
aralashtirish zarur, qo`l yordamida aralashtirish man etiladi, chunki sianid zahar; 



7. Sianidni zarur bo`lgan miqdorda solishni laborant amalga oshiradi va 
reagent seyfda saqlanishi shart; 
8. Kislota va ishqor bilan ishlayotganda ehtiyot bo`lish zarur. Ular qo`l terisiga 
tushsa kuydiradi. Bunday hol ro`y bersa, darhol qo`lni oqar suvda yuvib, so`ngra 
kuchsiz kislota va ishqor aralashmasida artish lozim; 
9. Zarur bo`lgan reagent miqdori o`lchash silindri yoki oxiriga grusha 
kiydirilgan pipetka yordamida olinadi. Og’iz orqali pipetka bilan olish man etiladi; 
10. Laboratoriya xonasida ovqatlanish, chekish man etiladi; 
11. Boyitish mahsulotlarini quritish shkafidan olishda kuyishdan ehtiyot 
bo`lish kerak; 
12. Laboratoriya xonasida maxsus kiyim-xalatda ishlash zarur; 
13. 
Flotatsiya 
mashinasi 
kamerasidagi 
mahsulotni 
mashina 
ishdan 
to`xtatilgandan so`ng bo`shatish mumkin; 
14. Ish so`ngida qo`lni yuvish zarur. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling