Навоий кон-металлургия комбинати
Reagentlar sarfini hisoblash
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Diskli yanchish uskunasida rudani yanchish natijalari.
- Flotatsiyani o`tkazish tartibi
Reagentlar sarfini hisoblash
Reagentlar sarfi ko`pincha 1 tonna ruda uchun gr/t ko`rinishida beriladi. Zarur bo`ladigan reagentlar sarfini quyidagi formula bo`yicha topiladi. С В А q 10000 Bu yerda: g – eritmaning zaruriy miqdori, ml; a – tajriba uchun olingan ruda namunasi, gr.; b - reagent sarfi, gr/t; S – reagent eritmasining konsentratsiyasi, %. Misol: Reagentlar sarfi Mis-molibden flotatsiyasi: (pH=8,25; flotatsiya vaqti – 4 daqiqa) Soda – 5 % (5 daqiqa) 2 , 3 5 10000 1000 8 , 0 200 q ml. 8 Ksantogenat – 1 % (3 daqiqa) 2 , 1 1 10000 1000 06 , 0 200 q ml. T-80 – 1 % (1 daqiqa) 0 , 1 1 10000 1000 05 , 0 200 q ml. Parlantirish: (pH = 11,1): Na 2 SiO 3 – 5 % 6 , 1 5 10000 1000 4 , 0 200 q ml. SaO – 100 % 2 , 0 100 10000 1000 0 , 1 200 q ml. Molibden flotatsiyasi: (pH=11,25; flotatsiya vaqti – 3 daqiqa): Kerosin – 100 % 004 , 0 100 10000 1000 02 , 0 200 q ml. Tajriba ishlarini bajarish tartibi O`qituvchidan vazifani va rudani olib, talaba yanchish uskunalaridan birida ishni quyidagi tartibda boshlaydi: 1. Jag’li maydalagichdan 200 g rudani o`tkazish; 2. Maydalangan rudani diskli yanchuvchi uskuna yordamida yanchish; 3. Elaklar to`plami yordamida 0,074 mm dan katta zarralarni ajratish; 4. Elakda qolgan 0,074 mm dan katta zarralarni qayta yanchish. Yanchilgan mahsulot quritilib, qog’oz paketga solinadi va paketga namunaning pasporti yoziladi (ruda nomi, miqdori, olingan sana, talabaning ismi sharifi va boshqalar). 9 Yanchish natijalari 1-jadvalga kiritiladi. Paketdagi ruda flotatsiya usulida boyitish uchun ishlatiladi. 1-jadval. Diskli yanchish uskunasida rudani yanchish natijalari. № Ruda Boshlang’ich kattaligi d b , mm. Oxirgi kattaligi d o , mm. Yanchish darajasi d b /d o Uskuna unumdorligi t/soat 1. 2. 3. Flotatsiyani o`tkazish tartibi: a) berilgan rudani boyitishning texnologik sxemasini tuzish; b) reagentlar sarfini hisoblash va berilgan konsentratsiya bo`yicha eritmalarini tayyorlash; v) flotatsiya jarayonini o`tkazish va boyitish mahsulotlarini tahlil qilish; g) flotatsiya jarayonining texnologik ko`rsatkichlarini hisoblash, foydali komponentlarning muvozanatini tuzish va o`tkazilgan tajriba ishi bo`yicha xulosalar chiqarish. Flotatsiya mashinalari kamerasi pleksiglasdan (maxsus material) tayyorlangan bo`lib, 25,100, 250, 500 va 1000 gr ruda namunalariga mo`ljallangan bo`lishi kerak. Asosiy flotatsiya kamerasi sig’imi 700 ml bo`lgan «Mexanobr» mashinasida o`tkaziladi. Boyitmani qayta tozalash sig’imi 75 ml bo`lgan flotokamerada o`tkaziladi. Buning uchun flotatsiya mashinasi kamerasiga 500 ml atrofida suv solib, aralashtirish uchun impeller aylantiriladi (qo`shiladi). So`ngra ingichka oqim qilib sekin ruda namunasi solinadi va foltatsiya davomida o`zgarmas chiziqqacha suv solinadi. Shundan so`ng reagentlar qo`shish boshlanadi. Birinchi muhitni sozlovchi reagentlar qo`shilib 2 daqiqa aralashtiriladi. Keyin esa tazyiqlovchi reagentlar va yig’uvchi reagentlar qo`shilib, 2-5 daqiqa aralashtiriladi. Shundan so`ng ko`rsatilgan belgigacha kameraga suv qo`shiladi va kameraga havo berilib, hosil bo`lgan ko`pik ajratib olinadi. Flotatsiya jarayonining davom etish vaqti aniqlangan bo`lishi lozim. Zarurat tug’ilganda qayta tozalash va nazorat flotatsiyalari amalga oshiriladi. Flotatsiya jarayonidan boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi olinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling