Навоий кон-металлургия комбинати
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval. Kimyoviy tahlil natijalari
10 Tadqiqot natijalarini tahlil qilish Flotatsiya jarayonidan olingan barcha mahsulotlar quritilib, texnik tarozida og’irligi o`lchanadi. Shundan so`ng mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdorini aniqlash uchun mahsulotlardan namuna olib kimyoviy tahlilga beriladi. Flotatsiya jarayonidan olingan mahsulotlarni quritish shkafiga qo`yishdan avval ularning har biriga mahsulotlarning nomi va kimning mahsuloti ekanligi qog’ozchaga oddiy qalamda yozilib, tashlanadi. Mahsulotlar past haroratda quritilishi kerak, chunki yuqori haroratda mahsulotlarning tarkibi va massasi o`zgarishi mumkin (masalan, sulfidli mahsulotlardagi oltingugurtning yonishi hisobiga), mahsulot idishga yopishib qolishi, yoki qog’oz markalar yonib ketib, mahsulotlar adashib ketishi mumkin. Kimyoviy tahlildan olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va metallar muvozanati hisoblanadi. 2-jadval. Kimyoviy tahlil natijalari Mahsulotlar Mahsulotning chiqishi, γ Qimmatbaho komponentning miqdori, β,%. Qimmatbaho komponentning ajralishi, ε, %. % t/soat Boyitma Oraliq mahsulot Chiqindi Dastlabki ruda 100 100 Jadval to`ldirilgandan so`ng qo`llaniladigan reagentlar, ularning miqdori, qo`shilish joylari va flotatsiya davomiyligi ko`rsatiladi. Qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlariga ajralishi quyidagi formula bo`yicha topiladi. Bu yerda: ε– qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotiga ajralishi, %; γ- mahsulotning chiqishi, %; β- qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlaridagi miqdori, %; α- qimmatbaho komponentning dastlabki rudadagi miqdori, %. 11 Dastlabki rudadagi qimmatbaho komponentning ajralishi boyitish mahsulotlariga ajralgan qimmatbaho komponetlarning yig’indisiga teng bo`lishi kerak. Bunday holda tajriba ishi to`g’ri bajarilgan bo`ladi. Bajarilgan ishni himoya qilish uchun talabalar quyidagilarni bilishi shart: 1. Ruda tarkibidagi asosiy komponentlarning flotatsion xususiyatlarini; 2. Tanlangan boyitish sxemasini asoslashni; 3. Reagentlarning jarayonga nima maqsadda qo`llanilishi va sarfini; 4. Bo`tananing zichligi va muhitning jarayonga ta`sirini; 5. Flotatsiya mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipini; 6. Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni; 7. Metallar muvozanati jadvalini tuzish va kerakli ko`rsatkichlarni hisoblash; 8. Olingan natijalarga asoslanib xulosa chiqarish. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling