Навоий кон-металлургия комбинати


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
2 - LABORATORIYA ISHI 
Mavzu: Qo’rg’oshin tarkibli rudalarni flotatsiya
usulida boyitish 
Ishdan maqsad: 
1. Tajriba ishini bajarish usuli bilan tanishish va ishdan malaka hosil qilish. 
2. Boyitish davomida eng maqbul texnologik ko’rsatkichga ega bo’lish 
maqsadida rudalarning flotatsiya rejimini o’rganish. 
3. Bo’tananing mineralogik tarkibi va mineral sirtining fizik – kimyoviy 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, flotoreagentlarni tanlash va dozalash bo`yicha 
bilimni chuqurlashtirish va mustahkamlash.
4. Sulfidli qo’rg’oshin tarkibli rudalar flotatsiyasi davomida sxema va reagent 
rejimlarining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish. 
Nazariy ma`lumotlar 
 
Qo’rg’oshin tarkibli rudalar toza qo’rg’oshin tarkibli va metall tarkibli bo`ladi. 
Toza qo`rg’oshin tarkibli rudalar nisbatan kamdan – kam uchraydi, metall tarkibli 
rudalar esa hozirgi vaqtda eng ko`p qazib olinadigan va o`z ichida qo`rg’oshin 
saqlagan rudalar qatoriga kiradi. Boyitish davrida faqat qo`rg’oshinli boyitma 
olinadigan sof qo`rg’oshin rudalari mis rudalari kabi sulfidli, oksidli va aralash 
turlarga bo`linadi.
Sulfidli qo`rg’oshin tarkibli rudalarni boyitishga tadqiq qilishda asosiy vazifa 
o`sish yirikligini va rudalanish taqsimlanishini aniqlash hisoblanadi. Yirik kristalli 
rudalar quyidagilarni o`z ichiga oladigan kombinatsiyalashgan gravitatsiya-flotatsiya 
sxemalarida sinovdan o’tkaziladi: 
1.-25+3 mm o’lchamdagi puch tog jinslarini ajratib olish maqsadida og’ir 
suspenziyada boyitish.
2. Shtofli qo`rg’oshin temirtoshini tayyor boyitmaga ajratib olish va metallsiz 
jinsning bir qismini chiqindiga ajratish maqsadida cho`ktirish. 
3. -3 mm o’lchamdagi mayda bo`laklar hamda og’ir suspenziyada ajratib 
olingan og’ir toifa yoki cho`ktirishning oraliq mahsulotini flotatsiya qilish.
Galenit osonlik bilan flotatsiyalanadi. Yig’uvchi reagent sifatida etil yoki butil 
ksantogenatdan foydalanish mumkin. Ko`pik hosil qiluvchi reagent sifatida qarag’ay 
moyi, sintetik ko`pik hosil qiluvchilar qo`llaniladi. 
Agar ruda tarkibida ishqoriy yer metallarining karbonatlari mavjud bo`lsa, 
(masalan, ohaktosh, dolomit va boshqalar), flotatsiyani ishqor qo`shmasdan 200 g/t 
soda bilan olib borish mumkin.


15 
Agar ruda biroz oksidlangan bo`lsa, pH = 8÷8,5 bo’lgunga qadar soda 
qo`shiladi. 
Ruda tarkibida ayrim miqdorda pirit bo`lsa sianid beriladi. Sianidning miqdori 
pirit miqdoriga bog’liq bo`ladi va 10-100 g/t ni tashkil etadi. Sianidni qayta tozalash 
jarayonlarida berish mumkin. Ohak ko`pchilik hollarda flotatsiya natijalarini yomon 
tarafga o`zgartiradi, lekin pH = 8,5 ga qadar foydalanish mumkin

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling