Навоий кон-металлургия комбинати
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4 KIRISH «Rudalarni flotatsiya usulida boyitish» fani bakalavriat ta`lim yo`nalishining ishchi o`quv rejasida mutaxassislik fanlar blokiga tegishli bo`lib, rudalarini flotatsiya usulida boyitishning texnologik jarayonlarini o`rgatadi. Yuqori malakali bakalavrlar tayyorlash uchun «Rudalarni flotatsiya usulida boyitish» fanini o`zlashtirishda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini yuqori saviyada o`tkazish muhim o`rin egallaydi. Ushbu uslubiy ko`rsatma 5311600 «Konchilik ishi» yo`nalishi mutaxassisligining xususiyatlarini hamda kafedra o`qituvchilarining laboratoriya mashg’ulotlari olib borishdagi ko`p yillik tajribalarini hisobga olgan holda tuzilgan. Quyida keltirilgan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish talabalarga turli boyitish jarayonlarini tadqiq etish uslubi, olingan tajriba natijalari qayta ishlash texnikasi, laboratoriyada mavjud bo`lgan boyitish dastgohlarining tuzilishi va ishlash prinsipini o`rganishlariga yordam beradi. Har qaysi mashg’ulot 2 soatga mo`ljallangan. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga tayyorgarlik dars boshlanishiga qadar boshlanib, talaba laboratoriya mashg’uloti bajariladigan bo`lim bo`yicha olingan nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirgan holda kelishi kerak. Laboratoriya ishini bajarishga ruxsat talabaning bajaradigan ish bo`yicha nazariy bilimlarini sinab ko`rilgandan keyingina beriladi. Laboratoriya mashg’uloti bo`yicha hisobot quyidagilarni o`z ichiga oladi: ishni bajarish uchun topshiriq (dastlabki mahsulot, reagentlar, variantlar va h.k.); dastgohning eskizi; tajribaning qisqacha bayoni; olingan natijalar (jadval tarzida); tajriba natijalarini hisoblash; tajriba natijalari asosida xulosalar. Ishni bajarib bo`lgandan keyin talaba bajarilgan ish bo`yicha hisobotni himoya qiladi. Hisobotni mashg’ulot o`tkazgan o`qituvchi qabul qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling