Навоий кон-металлургия комбинати


Rudalarni boyitish bo`yicha tajriba ishlarining maqsadi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Rudalarni boyitish bo`yicha tajriba ishlarining maqsadi 
Rudalarni flotatsiyalanish xususiyati va boyitishning optimal texnologik 
ko`rsatkichlari faqatgina eksperiment yo`li bilan aniqlanadi. Shuning uchun 
eksperiment usullari bilan tanishish tajriba ishlarining asosiy qismi hisoblanadi. 
Quyida har xil turdagi foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish bo`yicha tajriba 
ishlari keltirilgan. 
Flotatsiya jarayonini boshqarish kimyoviy reagentlar yordamida mineral 
zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o`zgartirish hisobiga amalga 
oshiriladi. Shuning uchun tajriba ishlarini bajarishda asosiy diqqat - e`tiborni 
flotoreagentlarni tanlash va ularning sarfini aniqlashga qaratish lozim bo`ladi.
Rudalarni boyitishning texnologik sxemasini tuzish 
Boyitishning texnologik sxemalari rudalarning mineralogik tarkibiga, ruda 
tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o`lchamiga qarab tuziladi. Sxemada zarur 
bo`ladigan reagentlar, ularning qaysi jarayonda qo`shilishi va miqdori ko`rsatilishi 
shart. Reagentlarning sarfi har bir tajriba ishi uchun o`qituvchi tomonidan 
ko`rsatiladi. 
 
Rudalarni yanchish 
Boyitish jarayonlaridan oldin har doim ruda yanchiladi. Yanchilish darajasi 
ruda tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o`lchamiga bog’liq. Yanchish 
jarayoni mineral zarrachalarning yuzalari ochilguncha davom etadi. 



Har bir ruda uchun yanchish davomiyligi o`qituvchi ko`rsatmasi bo`yicha yoki 
tajriba yo`li bilan belgilanadi. 
Yanchish laboratoriya sharli tegirmonida qattiq, suyuq va yanchuvchi yuzalar 
Q:S:Ya=1:0,5:6 ga teng bo`lgan nisbatda amalga oshiriladi. 
Rudani yanchishdan oldin tegirmon issiq suv bilan soda aralashmasi yordamida 
yuviladi. Agar tegirmon yoki undagi yanchuvchi yuzalarda zang hosil bo`lgan bo`lsa, 
uni ruda bilan yuklab, 10-20 daqiqa davomida ishlatiladi. Shundan so`ng tegirmon 
yana yuviladi. Tegirmon ishdan to`xtatilgandan so`ng yana zang hosil bo`lmasligi 
uchun uni suv to`ldirilgan holda saqlash lozim. 
Tegirmonni rudadan bo`shatish quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab 
tegirmon ichi yuvuvchi moslama (promivalka) bilan yuviladi, keyin tegirmon sharlari 
yoki sterjenlari yuvilib rudadan tozalanadi. Agar flotatsiya jarayoniga temir ionlari 
zararli ta`sir ko`rsatsa, unda yanchish jarayoni chinni tegirmonda amalga oshiriladi. 
Agar yanchiladigan ruda o`lchami nechaga teng bo`lishi kerakligi aniqlansa, 
yanchish davomiyligini aniqlash uchun tajribalar o`tkaziladi. 
Tajribadan olingan ma`lumotlarga asoslanib, har bir yanchish vaqti bo`yicha 
olingan, yanchilgan sinflarning chiqishi uchun chiziqli bog’liqlik grafigi tuziladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling