Навоий кон-металлургия комбинати


  Tadqiqot natijalarini tahlil qilish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1099679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 


10 
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish 
Flotatsiya jarayonidan olingan barcha mahsulotlar quritilib, texnik tarozida 
og’irligi o`lchanadi. Shundan so`ng mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho 
komponentlarning miqdorini aniqlash uchun mahsulotlardan namuna olib kimyoviy 
tahlilga beriladi. 
Flotatsiya jarayonidan olingan mahsulotlarni quritish shkafiga qo`yishdan 
avval ularning har biriga mahsulotlarning nomi va kimning mahsuloti ekanligi 
qog’ozchaga oddiy qalamda yozilib, tashlanadi. 
Mahsulotlar past haroratda quritilishi kerak, chunki yuqori haroratda 
mahsulotlarning tarkibi va massasi o`zgarishi mumkin (masalan, sulfidli 
mahsulotlardagi oltingugurtning yonishi hisobiga), mahsulot idishga yopishib qolishi, 
yoki qog’oz markalar yonib ketib, mahsulotlar adashib ketishi mumkin. 
Kimyoviy tahlildan olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va metallar 
muvozanati hisoblanadi. 
2-jadval. Kimyoviy tahlil natijalari 
Mahsulotlar 
Mahsulotning 
chiqishi, γ 
Qimmatbaho 
komponentning 
miqdori, β,%. 
Qimmatbaho 
komponentning 
ajralishi, ε, %. 

t/soat 
Boyitma
Oraliq mahsulot 
Chiqindi 
Dastlabki ruda 
100 
100 
Jadval to`ldirilgandan so`ng qo`llaniladigan reagentlar, ularning miqdori
qo`shilish joylari va flotatsiya davomiyligi ko`rsatiladi.
Qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlariga ajralishi quyidagi 
formula bo`yicha topiladi. 






Bu yerda: 
ε– qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotiga ajralishi, %; 
γ- mahsulotning chiqishi, %; 
β- qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlaridagi miqdori, %; 
α- qimmatbaho komponentning dastlabki rudadagi miqdori, %. 


11 
Dastlabki 
rudadagi 
qimmatbaho 
komponentning 
ajralishi 
boyitish 
mahsulotlariga ajralgan qimmatbaho komponetlarning yig’indisiga teng bo`lishi 
kerak. Bunday holda tajriba ishi to`g’ri bajarilgan bo`ladi. 
Bajarilgan ishni himoya qilish uchun talabalar quyidagilarni bilishi shart: 
1. Ruda tarkibidagi asosiy komponentlarning flotatsion xususiyatlarini; 
2. Tanlangan boyitish sxemasini asoslashni; 
3. Reagentlarning jarayonga nima maqsadda qo`llanilishi va sarfini; 
4. Bo`tananing zichligi va muhitning jarayonga ta`sirini; 
5. Flotatsiya mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipini; 
6. Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni; 
7. Metallar muvozanati jadvalini tuzish va kerakli ko`rsatkichlarni hisoblash; 
8. Olingan natijalarga asoslanib xulosa chiqarish. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling