Навоий кон-металлургия комбинати
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma`lumotlar
2 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Qo’rg’oshin tarkibli rudalarni flotatsiya usulida boyitish Ishdan maqsad: 1. Tajriba ishini bajarish usuli bilan tanishish va ishdan malaka hosil qilish. 2. Boyitish davomida eng maqbul texnologik ko’rsatkichga ega bo’lish maqsadida rudalarning flotatsiya rejimini o’rganish. 3. Bo’tananing mineralogik tarkibi va mineral sirtining fizik – kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, flotoreagentlarni tanlash va dozalash bo`yicha bilimni chuqurlashtirish va mustahkamlash. 4. Sulfidli qo’rg’oshin tarkibli rudalar flotatsiyasi davomida sxema va reagent rejimlarining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish. Nazariy ma`lumotlar Qo’rg’oshin tarkibli rudalar toza qo’rg’oshin tarkibli va metall tarkibli bo`ladi. Toza qo`rg’oshin tarkibli rudalar nisbatan kamdan – kam uchraydi, metall tarkibli rudalar esa hozirgi vaqtda eng ko`p qazib olinadigan va o`z ichida qo`rg’oshin saqlagan rudalar qatoriga kiradi. Boyitish davrida faqat qo`rg’oshinli boyitma olinadigan sof qo`rg’oshin rudalari mis rudalari kabi sulfidli, oksidli va aralash turlarga bo`linadi. Sulfidli qo`rg’oshin tarkibli rudalarni boyitishga tadqiq qilishda asosiy vazifa o`sish yirikligini va rudalanish taqsimlanishini aniqlash hisoblanadi. Yirik kristalli rudalar quyidagilarni o`z ichiga oladigan kombinatsiyalashgan gravitatsiya-flotatsiya sxemalarida sinovdan o’tkaziladi: 1.-25+3 mm o’lchamdagi puch tog jinslarini ajratib olish maqsadida og’ir suspenziyada boyitish. 2. Shtofli qo`rg’oshin temirtoshini tayyor boyitmaga ajratib olish va metallsiz jinsning bir qismini chiqindiga ajratish maqsadida cho`ktirish. 3. -3 mm o’lchamdagi mayda bo`laklar hamda og’ir suspenziyada ajratib olingan og’ir toifa yoki cho`ktirishning oraliq mahsulotini flotatsiya qilish. Galenit osonlik bilan flotatsiyalanadi. Yig’uvchi reagent sifatida etil yoki butil ksantogenatdan foydalanish mumkin. Ko`pik hosil qiluvchi reagent sifatida qarag’ay moyi, sintetik ko`pik hosil qiluvchilar qo`llaniladi. Agar ruda tarkibida ishqoriy yer metallarining karbonatlari mavjud bo`lsa, (masalan, ohaktosh, dolomit va boshqalar), flotatsiyani ishqor qo`shmasdan 200 g/t soda bilan olib borish mumkin. 15 Agar ruda biroz oksidlangan bo`lsa, pH = 8÷8,5 bo’lgunga qadar soda qo`shiladi. Ruda tarkibida ayrim miqdorda pirit bo`lsa sianid beriladi. Sianidning miqdori pirit miqdoriga bog’liq bo`ladi va 10-100 g/t ni tashkil etadi. Sianidni qayta tozalash jarayonlarida berish mumkin. Ohak ko`pchilik hollarda flotatsiya natijalarini yomon tarafga o`zgartiradi, lekin pH = 8,5 ga qadar foydalanish mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling