3.
|
Ta’lim natijalari / kasbiy kompetensiyalari
Talaba bilishi kerak:
termodinamik qonunlar va ularning metallurgiyada qo’llanish o’rni va vazifalari haqida tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
metallurgiya sohasining rivojlanish nazariyalari asoslarini;
rangli metallarni qayta ishlash jarayonlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishi kerak;
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘llaniladigan loyihalash tizimlari yordamida masalalarni yechish, modernizatsiyalashtirish, loyihalash xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
talaba fanning mazmun-mohiyatini bilishi, boyitish fabrikalarida ulardan foydalanish, ishlab chiqarishda mavjud texnologik muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo’lishi kerak.
|
4.
|
V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar,
• tarqatma materillar bilan ishlash
• interfaol keys-stadilar,
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlar qilish.
O’qitishning interaktiv metodlari
«Klaster» grafik organayzeri
Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan, talaba o‘tilgan mavzu bo‘yicha klaster tuzishi mumkin.
O‘rtaga kalit so‘z, tarmoqlarga unga bog‘liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o‘z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Bu fransuz tilida “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn - ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Barcha ma’ruza darslarida qo‘llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o‘zini kuzatishi, o‘qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo‘yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo‘yadi. Dars so‘ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo‘yadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |