Navoiy davlat konchilik instituti 11 "v" -18oki guruh talabasi Yusupov Abbos Mustaqil ish


Download 39.65 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi39.65 Kb.
#141699
Bog'liq
Yusupov Abbos. Mustaqil ish.

Navoiy davlat konchilik instituti 11 "v" -18OKI guruh talabasi Yusupov Abbos

Mustaqil ish

Portlatish ishlarida xavfsizlik qoidalariga oid atamalar.


Portlatish ishlarida xavfsizlik qoidalariga oid atamalar.

DSH detonatsiyalovchi shnur ( portlatuv piligi ) . KD - kapsyul - detonator ( piston - detonator ) . NTT - noelektrik tezlatish tizimi .

Noelektrik detonator - tarkibida zarb - toʻlqin naychasi , ulaydigan element va susaytiruvchi kapsyul - detonator boʻlgan fursatli tezlatish qurilmasi.

Tashkilot - ishlar xavfsizligi boʻyicha ekspert - portlatish ishi xavfsizligi masalalari bo'yicha ekspertiza oʻtkazish uchun maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilot . Dinamit - ilk aralashmali , brizantli portlovchi modda bo'lib , uning tarkibi 75 % nitroglisterin va 25 % kizilgur moddalaridan tashkil topgan .

Shpur - tog ' jinsida stilindrik shaklda burg'ulangan , chuqurligi 5m va diametri 75mm gacha bo'lgan bo'shliqqa aytiladi . Shpurlardan bloklarni maydalashda , pog'ona asosini tekislashda , lahimlarni o'tishda va yumshatish ishlarini olib borishda foydalaniladi . Shpurlardan xarsang toshlarni donalab blok shaklida qazib olishda , tekis - parchalanmagan qiyaliklar hosil qilishda , kanallar va transheyalarni konturli portlatib yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

Shpurlardan tog ' - kon ishlariga xos bulmagan ishlarda ( gruntni yumshatishda , muzlagan gruntlarni yumshatishda va boshqalar ) ham keng foydalaniladi . Shu jumladan shpurlardan gorizontal va vertikal er osti kon laxmlarini o'tishda , rudalarni maydalash ishlarida ham qo'llaniladi .

Skvajina - tog ' jinslari massivi yoki foydali qazilma konlarida stilindrsimon shaklida burg'ulangan , uzunligi 5m dan va diametri 75mm dan katta bo'lgan bo'shliqqa aytiladi . Ochiq kon ishlarida - turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda tik va qiya skvajinalardan foydalaniladi .Skvajinalardan shahar va qishloqlarni suv bilan ta'minlashda, neft yo'llarini ta'mirlashda,

Shuningdek er osti gaz , uran va oltinni qazib olish ishlarida ham keng foydalaniladi .

OSH - olovo'tar shnur ( o't o'tkazuvchi pilig ) . Portlatuvchi - rasmiylashtirish va berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan " Portlatuvchining yagona kitobi ” ga ega bo'lgan malakali ishchi ( usta - portlatuvchi ) . PM - portlovchi modda PMat - portlovchi material portlovchi moddalar , portlatish vositalari va portlatish apparatlari . " Sanoatgeokontexnazorat.

DI - O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda , konchilikda va kommunal - maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi - Respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish , er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va me'yoriy - texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi .Detonator ( portlatgich ) - kapsyul - detonatorlar , pirotexnik rele , elektrodetonator kabilarning umumiy nomi . Jangari - patron - PM patroni ( shashka ) , portlatish tezlatgichiga ( kapsyul - detonator , elektrodetonator , detonatsiyalovchi shnur yoki noelektrik detonatorga ) biriktirilgan PM zaryadi yoki uning qismi hisoblanadi.

Oraliq detonator portlatish tezlatgichi ( detonator , elektrodetonator , detonatsiyalovchishnur , noelektrik detonator ) kiritilgan PM patroni ( shashka ) , birlamchi detonatsiyalovchi impulsni kam sezadigan PM dan iborat bo'lgan asosiy zaryad portlashini tashabbuslash uchun qo'llaniladi . Korxona - birlashma , korxona , tashkilot , muassasa va boshqa mustaqil yuridik shaxslar . Litsenziya - litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan , litsenziya talablari va shartlariga so'zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma.

ED - elektrodetonator . Elektrportlatish - elektrodetonatorda portlovchi moddalar portlashini uyg'otishning elektr usuli . Elektr - olovli portlatish - yoqish vositalari sifatida olovo‘tar shnur va elektryoqish patronlardan foydalanib portlovchi moddalar portlashini uyg'otish usuli . Olovli portlatish - olovo‘tar shnur va uni yoqish vositalardan foydalanib portlovchi moddalar portlashini uyg'otishning olovli usuli . Signallar ma'nosi va uzatish tartibi : a ) birinchi signal - ogohlantiruvchi ( bitta davomli ) . Signal xavfli tonn kiritilishidan oldin uzatiladi

Zaryadlash bo'yicha ishlar tuganidan va shu bilan band boʻlgan shaxslar chiqarib yuborilganidan keyin portlatuvchilar portlatish tarmogʻini montaj qilishiga kirishadilar

; b ) ikkinchi signal - jangovar ( ikkita davomli ) . Bu signal boʻyicha portlatish bajariladi ;

v ) uchinchi signal - tugat ( otboy ) ( uchta qisqa ) . Bu portlatish ishlari tugaganligini bildiradi .

Foydalanilgan adabiyotlar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

BURG'ILASH VA PORTLATISH ISHLARI FANIDAN O'QUV USLUBIY MAJMUA .



PORTLATISH ISHLARIDA XAFSIZLIK QOIDALARI FANIDAN O'QUV USLUBIY MAJMUA .

WWW.AIM.UZ
Download 39.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling