Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173
 
3.4. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi 
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish 
dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan 


61 
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potensial imkoniyatlarini 
tavsiflaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu ma’lum bir vaqt 
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning 
maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining 
natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida 
turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. 
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlilining quyidagi 
turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- ishlab chiqarish quvvatlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi;
- texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan 
foydalanishning qiyosiy tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning xarajatlarga ta’sirining 
tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning ishlab chiqarish 
samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan
sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh 
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini 
belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; 

uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma 
(normativ) lari; 

uskunalarning ishlash vaqti fondi; 

ishchilar soni; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va 
xilma-xilligi). 
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil 
oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati 


62 
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu 
sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan 
solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini 
tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan 
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv, 
quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga 
asosan hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt 
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega 
bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati 
quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
M = n F
max 
/ M


Bu yerda: 
M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish 
quvvati; 
n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni; 
F
max
–bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; 
M
m
–bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat. 
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini 
hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab 
turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va 
aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin 
bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash 
natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini 
aniqlaydi. 
Demak, ular o’rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona 
ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, 


63 
ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi 
aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos 
kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi 
formuladan hisoblab topiladi: 
M
o’r.yil 
= M
n
 + M
v
· n
1
/ 12 + M
l
 · n
2
 / 12. 
Bu yerda: 
M
o’r.yil
– korxonaning o’rtacha yillik quvvati; 
M
n 
– korxonaning yil boshidagi quvvati; 
M
v
– yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; 
M
l
– yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat; 
n
1
 , n
2
– ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab 
chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq 
bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini 
tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni 
ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling