Estrogen — asosan ayollar gormoni bo‘lib, tuxumdonlarda ishlab chiqariladi. Ular tomirlar elastikligini, terining tarangligini ta’minlaydi. Ayollar nazokati bevosita ushbu garmon miqdoriga bog‘liq. Shuningdek, asab tizimiga stress asoratlariga qarshi kurashishga ko‘maklashadi. Organizmda mazkur gormonning yetarlicha miqdorda ishlab chiqarilishi E (o‘simlik yog‘i, loviya), K (ismaloq, oshqovoq, yashil no‘xat, jigar, tuxum sarig‘i) vitaminlari hamda foliy kislotasi (petrushka, karam) me’yoriga chambarchas bog‘liq.
Testosteron (androgen) erkaklarning birinchi raqamli gormoni bo‘lib, kuch-g‘ayrat manbai hisoblanadi. Ushbu gormonning yetishmasligi erkaklarda nafaqat asabiylik va jinsiy zaiflikni, balki boshqa bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, organizmning umumiy tonusi tushib ketadi, xotira zaiflashadi, ishchanlik kayfiyati yo‘qoladi. Buning oldini olish uchun rux(sigir va qo‘y go‘shtlari, dengiz mahsulotlari, oshqovoq urug‘i) moddasi mvjud bo‘lgan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilib turish kerak. Shuningdek, erkaklar kuniga yarim litrdan ziyod pivo iste’mol qilish muntazam ravishda erkaklik gormonlarining kamayishiga olib kelishini unutmaslik, alkogol va tamaki mahsulotlaridan imkon qadar chetlanishlari lozim.
Oksitotsin
Oksitotsin — mehr va muhabbat gormoni. Buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Homilador ayollarda ushbu gormon farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda juda zarur. U bachadon qisqarishiga xizmat qiladi. Bola tug‘ilganidan keyin ham oksitotsin muhim rol o‘ynaydi. Shu bois u onalarning go‘dagiga berayotgan ona mehri, deb atash mumkin. Mazkur gormonning yetishmasligi g‘am-qayg‘uni (ba’zan mutlaqo besabab kayfiyat tushib ketadi) keltirib chiqaradi, xavotir darajasini oshirib yuboradi. Ushbu gormon shokolad, banan, avakado va selen moddasiga boy bo‘lgan kabachki (qovoqcha), selderey, patisson (kulchaqovoq) kabi mahsulotlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Shuningdek, farzandi kulgan vaqtda ota‑ona qonida ko‘p miqdorda mazkur gormon ishlab chiqarila boshlar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |