Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan


Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari


Download 269.21 Kb.
bet2/5
Sana20.02.2023
Hajmi269.21 Kb.
#1215418
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 hwjasjsj

Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari
Ruda konlarini qazib olishda kon bosimini boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Ulardan asosiylari qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlashusuli ruda tanasini o‘rab turgan (asosan, ustki) jinslarni qulatish usuli, qazish bo‘shlig‘ini sun'iy saqlash usuli. Qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlash usuli ruda va kon jinslarining tabiiy qattiqligi, turg‘unligi, shuningdek, qoldiriladigan seliklarning mustahkamligiga asoslanadi. Bu usulda kon bosimilahimning kengligi, qoldirilgan seliklarning shakli va o‘lchamlari orqali boshqariladi.
Kon bosimini boshqarishning ruda tanasi ustki jinslarini qulatish usuli (bu jinslar massivdan ajratib olingan ruda ustiga qulatiladi) qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlash usulini qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qoldiriladigan foydali qazilma seliklari kata miqdorda ruda yo‘qotilishi tufayli iqtisodiy jihatdan zararli bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Ruda tanasi shift jinslari rudaajratib olingandan so‘ng o‘z-o‘zidan qulab tushishi yoki portlatish asosida majburiy qulatilishi mumkin.
Qazish bo‘shlig‘ini sun'iy saqlash usulida kon bosimini boshqarish bo‘shliqni to‘ldirgich materiallari bilan to‘la yoki qisman to‘ldirish, mustahkamlagichlar bilan mustahkamlash yoki bo‘shliqning bir qismini mustahkamlash va qolgan qismini to‘ldirish asosida amalga oshiriladi. Ruda konlari yotqiziqlarining yer qa'rida joylashish elementlari va shakllarining turli-tuman bo‘lishi sababli ruda konlarini qazib olish tizimlari ko‘mir konlaridagidan farq qiladi. Ruda konlarini qazib olish tizimlarini tasniflash zamirida qazish bo‘shlig‘ini saqlab turish (kon bosimini boshqarish) usuli yotadi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida qazish tizimlarining yuzlab variantlaridan foydalaniladi. Biroq ularning texnologik jihatdan o‘xshashligi va qo‘llanish sharoitlarining bir-biriga yaqinligi tufayli barcha qazish tizimlari quyidagi uch sinfga birlashtiriladi:
Qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi;
Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimlari sinfi;
Qazish bo‘shlig‘ini sun'iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi.
Birinchi sinfga mansub qazish tizimlari, asosan, ruda va konjinslari mustahkam bo‘lgan ruda konlarini qazib chiqarishda kengqo‘llaniladi.
Ruda va jinslari mustahkam gorizontal (qiyaroq) kon yotqi-ziqlarini qazib chiqarishda sidirg‘asiga qazish tizimi qo‘llaniladi. Bunda qazishga tayyorlash ishlari polli usulda, ya'nishaxta maydonini pollarga ajratib qazishga tayyorlash asosidabajariladi. Buning uchun shaxta maydoni kon-tayyorlov lahimlari — shamollatish vatashish shtreklar o‘tish orqali pollarga ajratiladi. Pollar qazilgan bo‘shliqni to‘ldirmasdan, yaxlit kavjoy bilan polning butun kengligi bo‘yicha qazib olinadi. Kavjoy shifti qazib olingan bo‘shliqda qayta qazib olinmaydigan tayanch rudaseliklari qoldirish orqali ushlab turiladi. Seliklar silindr shaklida bo‘lib, diametric 3—6 metrdan 8—10 metrgacha bo‘ladi.
Rudani massivdan ajratib olish chuqurligi 2—4,5m shpurlarni portlatish asosida amalga oshiriladi. Ajratib olingan rudani ruda tushirgichgacha o‘ziyurartransport vositalari yordamida yetkazib beriladi. Ish joylarini shamollatish umum shaxta shamollatish tizimi orqali bajariladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan sidirg‘asiga qazish tizimi qalinligi 3mdan 25mgacha bo‘lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqarishda qo‘llaniladi.


Sidirg‘asigaqazishtizimi:l—tasmasimonselik;2—tayanchseliklari;S—tashishshtreki; 4—polshtreki;5—rudatushirgich; 6,7—shamollatishlahimlari;8—tutashtirma;9—burg‘ilashmashinasi; l0—yuklashmashinasi.
Sidirg‘asiga qazish tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari boshqa tizimlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lsa-da, bu tizimda ruda yo‘qotilishi yuqori bo‘lib, 25—30%ni tashkil qiladi.
Qalinligi 5 m dan katta, rudasi hamda atrof jinslari mustahkam bo‘lgan o‘ta qiya ruda yotqiziqlarini qazib olishda nimqavat lahimlar (shtrekyokiort) orqali rudani massivdan ajratib olishga asoslangan kamerali qazish tizimi qo‘llaniladi (ayrim manbalarda bu tizimni nimqavat shtreklar tizimi deb ham yuritiladi).
Bloklarni qazishga tayyorlash qavat tashish shtreki va blok ko‘tarmalarni o‘tishdan iborat bo‘ladi. Ko‘tarmalar har 6—8mda nimqavat shtreklar bilan tutashtiriladi. Kamerada rudani massivdan ajratib olish qalinligi 1,5—2,0 m bo‘lgan vertikaltiliklar (qatlamchalar) ko‘rinishida burg‘ilab portlatish yordamida bajariladi.

Nimqavatorqaliqazibolishningkameralitizimi:l—ko‘tarma;2—tashishshtreki;S—voronka;4—podsechkagorizontishtreki;5—nimqavatlahimlari;6—shiftosti;7—shamollatishshtreki.

Download 269.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling