Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti kon elektromexanikasi kafedrasi


Download 0.63 Mb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1000025
1   2   3
Bog'liq
kon turgun oybegim

Porshenli nasoslar.
Porshenli nasoslarda porshenning mexanik energiyasi suyuqlikning gidravlik energiyasiga (zo’riqmaga) aylanadi. Bunda porshen tsilindr ichiga qaytma ilgarilanma harakat qiladi (5-rasm).
Porshen 2 o’ng tomonga harakatlanganda old tomonida bosim pasayib suyuqlik klapan 4 qarshiligini yengib tsilindr 1 ga kiradi. Porshen chap tomonga harakatlanganda so’ruvchi klapan yopiladi, natijada tsilindr ichida bosim ortib boradi. Haydash klapani 5 va truboprovod qarshiliklarini yengib suv haydash trubasiga o’tadi. Ushbu holat porshenli nasos ishlaganda tinimsiz takrorlanib turadi. Porshen harakatlanishi bilan tsilindrdagi suv hajmi doimiy ravishda o’zgarib turadi, shuning uchun bunday nasoslar hajmli nasoslar deyiladi.


3-rasm. Porshenli nasoslar sxemasi.
Kon sanoatida ishlatiladigan porshenli nasoslar quyidagicha tasniflanadi:
Ishlash uslubiga qarab:
Sodda (bir tomonlama ishlaydigan) (3a-rasm), ikki tomonlama ishlaydigan (5b-rasm), differentsial (3v-rasm) va diafragmalik (3g-rasm) turlari.
Ikki tomonlama ishlaydigan nasoslarda ikki kamera bo’lib, porshen bir tomonga harakatlanganda bir kamerada suyuqlik so’rilib ikkinchi kameradan chiqariladi, ortga qaytganda esa teskarisi. Porshenning bir marta qaytma ilgarilanma harakatida ikki ishchi tsikl bajariladi va suyuqlik haydashda kulsatsiya kamayadi.
Differintsial nasos (3v-rasm) ham ikki ishchi kameraga ega bo’lib, ikki tomonlama ishlaydigan nasosdan farqi kameralardan birida klapan bo’lmatsdi va haydash trubkasi bilan bog’langan bo’ladi. Navbatma-navbat so’rgan holda tinimsiz suv haydab to’xtaydi va differintsial porshenga yuklamalar har ikki yo’nalishda bir tekisda ta’sir qiladi.
Ishchi a’zoning konstruktiv tuzilishiga qarab: porshenli (3a-rasm), plunjerli (uzun yopiq tsilindr shakldagi plunjer bilan) va difragmalik (3g-rasm), bunda haydalayotgan suyuqlik porshen yoki plunjer kamerasidan diafragma bilan ajralgan bo’ladi. Diafragmalik nasoslar qattiq jinslar aralashmasini haydash uchun ishlatiladi.
Plunjerlik nasoslarda germetik mahkamlovchi salnik tsilindr qopqog’iga o’rnatiladi.
TSilindrlarining joylashuviga qarab – gorizontal, vertikal va V – shakldagi.
TSilindrlar soniga qarab-bir va ko’p tsilindrik turlari bo’ladi.
Harakatlantiruvchi mexanizm turiga qarab – krivaship-shatunli mexanizm bilan va to’g’ridan-to’g’ri ishlovchi gidro yoki pnevmo yuritgichli.
Haydalayotgan suyuqlik turiga qarab – oddiy suv haydovchi, kislotalik va burg’ulash eritmalarini haydovchi va boshqalar.
Porshenli nasoslar turbonasoslarga nisbatan asosiy kamchiliklaridan biri nasos haydayotgan suv miqdorining bir tekisda emasligidir.
5a-rasmdan porshen x masofaga siljigandagi oniy unumdorlik

dan topiladi,bu yerda: - porshen yuzasi, m2
- krivaship radiusi, m
- burchak tezlik, rad/sek
Ushbu tenglamadan ko’rinib turibdiki oniy unumdorlik sinusoidal qonun bo’yicha o’zgariladi. Porshenli nasoslar ishlagan paytda pulsatsiya bilan suv haydaydi.
Nasoslarning pulsatsiyasini kamaytirish uchun ko’p tsilindrli (ikki, uch va undan ortiq tsilindrik) nasoslar qo’llaniladi.
Bundan tashqari 3,a rasmda ko’rsatilgan havo kompensatori (qalpoq) o’rnatiladi. CHunki pulsatsiya bilan ishlash gidravlik va boshqa uskunalarga juda yomon ta’sir qiladi. Havo kompensatorlari zo’riqma paytida bir qism suyuqlikni havo kompensatori ichiga o’tkazib kamayganda uni qaytarib tarmoqqa uzatadi.
Porshenlik nasoslarning nazariy unumdorligi:
Oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasoslar uchun
(2)
Ikki tomonlama ishlaydigan nasoslar uchun
(3)
Bu yerda: - porshen yuzasi, m2
- shtok yuzasi, m2
- porshenning harakatlanish masofasi, m
n – tirsakli valning aylanishlar soni, ayl/min
z – tsilindrlar soni
Porshenlik nasoslar yer yuzasidagi suvlarni tortib tashlashda, kon laxmlarini o’tishda, suvlarni chiqarishda va burg’ulash quduqlarini qazishda ishlatiladi.
Porshenli nasoslarning asosiy qulayliklari kichik unumdorliklarda ham katta zo’riqma hosil qiladi. Zo’riqma kattaligi nasos yoki gidravlik uskunalarning mustahkamligi va yuritma quvvati bilan chegaralanadi.
Nasosning unumdorligi silindrlar diametri va porshenning harakatlanish tezligiga bog’liq bo’lib, zo’riqmaga bog’liq bo’lmaydi.
Porshenli nasoslarning kamchiliklari, suyuqlik haydashning bir tekisda emasligi, tezligining ancha pastligi, o’lchamlari va massasining kattaligi, tez aylanadigan zamonaviy elektr yuritmalariga to’g’ridan-to’g’ri ulab bo’lmasligi.
Porshenli nasoslar kon sanoatida kam ishlatilib asosan, qiya laxmlarni o’tishda, unumdorlik o’zgarmay zo’riqma tinmay ortib boradi, qo’llaniladi. Bundan tashqari razvedka uchun va geotexnologik skvajinalarni qazishda kichik unumdorlikda yuqori zo’riqmalarda ishlaydigan porshenli burg’ulash nasoslar keng qo’llaniladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling