Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ro’ziyeva Ruxsora Sur’atillo qizi Chiqindi avtoshinalarni va rezinatexnik mahsulotlardan alternativ yoqilg’i olishning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiqoti
KIRISH 5 I BOB ASOSIY QISM
Download 366.99 Kb.
|
09.09.2023 Рухсора
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglerod saqlagan materialning fizik-kimyoviy xususiyatlarini
BELGILAR, BIRLIK BELGILARI VA ATAMALAR SKI-3 - sintetik izopren kauchuk. SKN-18 - sintetik butadien-nitril kauchuk. SKMS-30ARKM-15 - butadien-stirol kauchuk. Nairit KP - 50 xloropren kauchuk. IB - tabiiy bentonit. D-to’diruvchilarning ekvivalent diametri. EK-Yelenin kaolin. Mob - o'zgartirilgan bentonit. TB - issiqlik bilan ishlov berilgan bentonit. Gr - muvozanat adsorbsiyasi. Gmax - maksimal adsorbsiya. G - adsorbsiya. τ - vaqt. T - harorat. Kirish Mamlakatimizning prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining “Mahalliylashtirish va eksportga yo’naltirish” to’grisidagi maruzalarida O‘zbekiston sharoitidan oqilona foydalanib, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish hamda import o‘rnini bosadigan, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiradigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo‘lishini ta’minlaydi. Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini hartomonlama tezlashtirish uchun, birinchi navbatda, mamlakatning butun xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirishni ta’minlaydigan og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Og‘ir sanoatning anashunday tarmoqlaridan biri – konchilik sanoatidir. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston zaminida hali sanoat ishlab chiqarishga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral-xomashyo reurslari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda «O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega mamlakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. O‘zbekiston o‘z boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan». Bugungi kunda dunyoda kukunli uglerod materiallaridan kimyo, oziq-ovqat, mashinasozlik, aerokosmik, sanoat, shuningdek elektr jihozlari va maxsus uskunalar ishlab chiqarishda qo'llash orqali yuqori quvvatli yuqori molekulyar og'irlikdagi birikmalar asosida kompozitsiyalar va qismlardan foydalanayapti. Ilgari belgilangan texnologik, fizik-mexanik talablar va dinamik xususiyatlarga ega bo'lgan yuqori tolali birikmalar asosida olingan kukunga o'xshash uglerod materiallarini yaratishga, qismlarning tuzilishini shakllantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, eskirgan shinalar va rezinatexnik mahsulotlardan kukunli uglerod materiallarini olish texnologiyasi bo'yicha tadqiqotlar olib boorish, uni qo'llash va mahsulotlarning texnologik, texnik va o'ziga xos xususiyatlarini yaxshilash bilan oldindan belgilangan xususiyatlarga ega yuqori molekulyar birikmalar asosida kompozitsion materiallarni yaratish dolzarb masaladir. Download 366.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling