6
1.1-jadval
1:1 000 000
4 varaq
1:500 000 (А, Б, В, Г)
36 varaq
1:200 000 (I, II, III, …, XXXVI)
144 varaq
1:100 000 (1, 2, 3, …, 144)
1.2-rasm. 1:1000000 masshtabli kartadagi 1:100000 – 1:500000 masshtabli
karta varaqlarini joylashishi, nomerlash va belgilash tartibi
1.3-rasm. 1:100000 masshtabli kartadagi 1:25000 va 1:50000 masshtabli karta
varaqlarini joylashishi va belgilash tartibi
Yuqoridagilarga muvofiq barcha masshtabdagi
topografik kartalar uchun
yagona bo‘lgan varaqlar nomenklaturasi ham belgilangan.
Koordinatalar deb biror bir balandlikdagi yoki fazodagi nuqta o‘rnini
aniqlovchi burchakli va chiziqli kattaliklarga aytiladi. Topografiyada bevosita
7
joydagi o‘lchash
natijalari, shuningdek kartalar yordamida ham nuqtaning yer
yuzasidagi o‘rnini oddiy va tez aniqlash mumkin bo‘lgan
koordinatalar
sistemalaridan foydalaniladi. Bunday sistemalar qatoriga geografik, yassi to‘g‘ri
burchakli, qutbli koordinatalar kiradi.
Geografik koordinatalar nuqtaning yer yuzasidagi o‘rnini burchak kattaliklari:
kenglik (φ) va uzoqlik (L) bilan aniqlaydi. Bunda koordinatalar boshi boshlang‘ich
(Grinvich) meridianining ekvator bilan kesishuvchi nuqtalar bo‘ladi.
Karta
ramkasining barcha tomonlarida shkalalar bilan geografik to‘r ko‘rsatilgan.
Ramkaning g‘arbiy va sharqiy tomonlari meridianlar, shimoliy va janubiy tomonlari
esa parallellar hisoblanadi. Karta varag‘ining burchaklarida ramka tomonlarining
kesishish nuqtalari geografik koordinatalari ko‘rsatilgan.
Geografik koordinatalar sistemasida istalgan nuqtaning yer yuzasidagi o‘rni
koordinata boshiga nisbatan burchak kattaliklarida aniqlaniladi (1.4 rasm). Bizda va
boshqa davlatlarda koordinata boshi etib boshlang‘ich (Grinvich)
meridianining
ekvator bilan kesishish nuqtalari qabul qilingan. Butun sayyoramiz uchun yagona
geografik koordinatalar sistemasining mavjudligi bir-biridan sezilarli darajada
uzoqlikda joylashgan nuqtalarning o‘zaro joylashuvini aniqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalarni hal etishda qulaylik tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: