Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- "issiqlik urishi ", sovushini esa "sovuq urish
termoregulyatsiya deyiladi.Meteorologik sharoiti doim o’zgarib turgan ishlab chiqarishdagi ish o’rinlarida tana
haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan organizmdagi biokimiyoviy jarayonlarning normal bo’lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishini "issiqlik urishi ", sovushini esa "sovuq urish " deb aytiladi. Shu sababli ham inson organizmida "issiqlik boshqarilishining" fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u markaziy asab tizimi nazorati ostida bo’ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik muvozanatini doimiy saqlab turishdir.Inson organizmining tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 xil yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin: 1. Inson tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish (radiatsiya) orqali havo almashinuvi (45%). 2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya) uchun (30%). 3. Tana terlab bug`lanishi va nafas olish yo’llari orqali (25%). Yilning iliq davrida harakatning katta tezligi havoning maksimal haroratiga, kichigi esa– havoning minimil haroratiga mos keladi. Oraliq kattaliklar uchun havoning haroratlari, uning harakatlanish tezligi interpolyatsiya usulida aniqlanishi mumkin; havoning harorati minimal bo‘lganda uning harakatlanish tezligi 0,1 m/sek. dan pastroq qilib - yengilroq ishda bo‘lsa hamda 0,2 m/sek pastroq bo‘lganda- o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir ishda qabul qilinishi mumkin. 2.4. Mikroiqlimning maqbul ko‘satkichlarini ta’minlab berishda hududni konstruksiya (devor, shift, pol) lar yoki qurilma (ekran va sh.k.) lar ishchi hududini o‘rab turgan ichki yuza sirtlarining harorati, shuningdek, texnologik uskunalar yoki uni to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuza-larining harorati alohida ish toifalari uchun havo haroratining 1-jad-valda o‘rnatilgan maqbul miqdorlaridan ortib ketishi 2ºS dan ortiq chiqi-shi mumkin emas, to‘sib turuvchi konstruksiyalarning ichki yuzalari harorati havo haroratining maqbul miqdorlaridan past yoki yuqori bo‘lsa, ish joy-lari ulardan kamida 1 m uzoq masofada joylashtirilishi lozim. Ishchi hududning balandligi va gorizontal o‘lchami bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi yoki pasayishi, uning smena davomidagi o‘zgarishlari ayrim ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda ko‘rsatilgan havo haroratining maqbul chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak. Yilning sovuq davrida ish joylarini deraza oynalari orqali radiatsion sovub ketishidan, iliq davrida esa- quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushi-shidan himoya qilish chora-tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutish kerak. 2.5. Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar miq-dorini ta’minlab berishda konstruksiyalar (devor, pol, shift) lar yoki qurilma (ekranlar va sh.k) larning ishchi hududlarini to‘sib turuvchi ichki yuzalarning harorati alohida ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda belgilangan havo haroratining, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari chegarasidan chetga chiqmaslik lozim. Barcha ish toifalarida ishchi hududning balandligi bo‘yicha havo haroratining o‘zgarishlari 3ºS gacha bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling