Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


O‘LCHASH VA BAHOLASH USLUBLARIGA QO‘YILGAN UMUMIY TALABLAR


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana15.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1678539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Tajriba ishi

O‘LCHASH VA BAHOLASH USLUBLARIGA QO‘YILGAN UMUMIY TALABLAR 
3.1. Mikroiqlim parametrlarini o‘lchash yilning issiq va sovuq fasl-larida bir kun davomida ish 
smenasining boshida, o‘rtasida o‘tkazilishi lozim. O‘lchashlar texnologik va boshqa sabablar tufayli 
mikroiqlim sharoitlari tebranib turgan holatlarda ishlovchilarga ish smenasi davomida yuz beradigan eng 
katta va eng kichik termik yuklamalar sharoitida ham o‘tkazilishi kerak. 
Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining o‘lchangan miqdorlari 1-jadvaldagi, 2.4, 2.5, 2.6, 2.7 bandlardagi me’yoriy 
talablarga mos kelishi kerak. 
3.2. O‘tirgan holda bajariladigan ishlarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligi poldan yoki 
ish maydonchasidan 1,0 m baland-likda, tik turgan holda bajariladigan ishlarda esa 1,5 m balandlikda 
o‘lchanadi. O‘lchashlar doimiy ish joyida ham, doimiy bo‘lmagan ish joylari-da ham mahalliy issiqlik 
chiqarish, sovutish yoki namni chiqarish (qizdiril-gan agregatlar, derazalar, eshiklar o‘rni, darvozalar, ochiq 
vannalar va h.k.) manbalaridan eng yaqin va eng uzoq masofada bir marotaba o‘lchanadi. 
3.3. Ish joylari zichligi katta bo‘lgan xonalarda mahalliy issiqlik chiqarish, sovutish yoki nam chiqarish 
manbalari mavjud bo‘lmagan xonalarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligini o‘lchash 
uchastkalari butun xona bo‘ylab 2-jadvalga muvofiq taqsimlanadi. 
 
 


2-jadval 
Mikroiqlim parametrlarini 
o‘lchash uchastkalarining eng kam miqdori 
Xonaning maydoni, m2 
O‘lchash uchastkalari soni 
100 gacha 

101 – 400 

400 dan ortiq 
Uchastkalar soni ular orasidagi masofa bilan 
belgilanadi, ushbu masofa 10 m dan ortmasligi lozim 
3.4. Tadqiqot maqsadlariga muvofiq ravishda ishchi hududning tikligi bo‘yicha, havo harorati va uning 
harakat tezligidagi tafovutlarni aniqlash uchun pol yoki ish maydonchasidan 0,1; 1,0 va 1,7 m balandlikda 
tanlab o‘lchashlar o‘tkaziladi. 
Mazkur darajalarda o‘lchangan miqdorlarning har biri 1-jadvalning, 2.4, 2.5, 2.6 bandlarning talablariga 
mos kelishi kerak. 
3.5. Nurli issiqlik manbalari mavjud bo‘lgan sharoitda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida issiqlik 
nurlanishining shiddatligini uskuna priyomnigini pol yoki ish maydonidan 0,5; 1,0 va 1,5 m balandlikda 
tushadigan oqimga perpendikulyar joylashtirilgan holda mabalarning har biridan eng yuqori issiqlik 
nurlanishiningyo‘nalishi bilan aniqlash zarur. 
Ushbu darajalarning har birida issiqlik nurlanishi o‘lchangan issiq-lik inurlanishining shiddati 2.7 
bandning me’yoriy talablariga mos keli-shi lozim. 
3.6. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, shift, pol) lar yoki qu-rilmalar (ekran va sh.k.) larning ichki 
yuzalarining, texnologik uskunalar yoki to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining haroratini 
o‘lchash ishchi hududda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida bajarilishi kerak. 
3.7. Havoning harorati va nisbiy namligi psixrometrik tamoyillarga asoslangan uskunalar (aspiratsion 
psixrometr va boshqalar) bilan o‘lchani-shi kerak. Joylarda o‘ichash vaqtida nurli issiqlik manbalarini 
yo‘qlish sababli aspiratsion psixrometr ko‘rsatkichlari bilan solishtirish sharoit-larida havo harorati va nisbiy 
nomligi sutkalik va haftalik termograflar va gigrograflar yordamida baholanadi. 
3.8. Havoning harakat tezligini rotatsiyali harakatli anemometrlar (parrakli anemometrlar) bilan o‘lchash 
zarur. Havo harakatining kichik miq-dordagi (0,3 m/s dan kam) tezliklari, ayniqsa turli yo‘nalishlardagi 
oqimlar mavjud bo‘lgan sharoitda elektroanemometrlar hamda silindrik yoki sharsimon katatermometrlar 
bilan o‘lchanishi kerak. 
3.9. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, pol, shift) lar yoki qurilmalar (ekran va sh.k.) ning ichki 
yuzalarining, texnologik uskuna yoki uni o‘rab turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining issiqlik 
nurlanishi, harorati termoelektrik samara tamoyiliga asoslangan uskunalar (aktino-metrlar, bolometrlar, 
elektrotermometrlar i boshqalar) bilan o‘lchash lozim. 
3.10. O‘lchash diapazoni va o‘lchov uskunalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklari 3-
jadvaldagi talablarga javob berishi kerak. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling