Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana15.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1678539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Tajriba ishi

 
 


3-jadval 
O‘lchov uskunalariga bo‘lgan talablar 
O‘lchash ko‘rsatkichlari 
O‘lchash diapazoni 
Yo‘l 
qo‘yilishi 
mumkin 
bo‘lgan xatolik 
Quruq termometr bo‘yicha havoning 
harorati, ºS 
30 dan 50 gacha 
± 0,2 
Ho‘llangan 
termometr 
bo‘yicha 
havoning harorati, ºS 
0 dan 50 gacha 
± 0,2 
Yuza sathning harorati, ºS 
0 dan 50 gacha 
± 0,5 
Havoning nisbiy namligi, % 
10 dan 90 gacha 
± 5,0 
Havoning harakat tezligi, m/s 

dan 
0,5 
gacha 
0,5 dan ortiq 
±0,05 ± 0,1 
Issiqlik nurlanishining shiddati, Vt/m2 
10 
dan 
350 
gacha 
350 dan ortiq 
±5,0 ± 50,0 
Gostirlangan, kalibrlangan, zaruriyat tug‘ilganda issiqlik nurlani-shidan himoyalangan termometrlardan 
foydalanish lozim. 
3.11. O‘lchangan mikroiqlim parametrlarining barchasi me’yorlashti-rilgan miqdorlar chegarasida bo‘lgan 
taqdirda gigienik talab bajarilgan deb hisoblanadi. 
ASOSIY TUSHUNCHALARNING ATAMA VA TA’RIFLARI 
1. Ishlab chiqarish xonalari – maxsus mo‘ljallangan bino va inshoot-lardagi yopiq bo‘shliq joylar bo‘lib, 
ularda doimiy (smenalar bo‘yicha) yoki davriy (ish kuni davomida) ravishda mehnat ahlining har xil ishlab 
chiqarish turlarida, ishlab chiqarishni tashkil etish, nazorat qilish va sh.k. dagi har xil turdagi mehnatda 
ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyati amalga oshiriladi. 
2. Ishchi hudud – ishlab chiqarish xonalarini to‘sib turuvchi konstruk-siyalar bilan cheklab qo‘yilgan, pol 
yoki maydoncha sathidan 2 m balandlikka ega bo‘lgan bo‘shlig‘i bo‘lib, ularda ishlovchilarning doimiy yoki 
doimiy bo‘lmagan ravishda bo‘lgan ish ish o‘rinlari joylashgan. 
3. Ish joyi – ishlovchilar mehnat faoliyati jarayonida doimiy yoki doimiy bo‘lmagan ravishda bo‘ladigan 
joy. 
4. Doimiy ish joyi – ishlovchi o‘z ish vaqtinig aksariyat qismi (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 soat) 
davomida bo‘ladigan joy. 
5. Doimiy bo‘lmagan ish joyi – ishlovchi ish vaqtining kamroq qismi (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 
soatdan kam) davomida bo‘ladigan joy. 
6. Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi – ushbu xonalar ichki muhitining metereologik sharoitlari 
bo‘lib, ular havoning harorati, namligi, harakat tezligi, shuningdek to‘sib turuvchi konstruksiyalar
texnologik uskunalarning harorati va issiqlik nurlanishining inson organizmiga ta’sir etuvchi birikmalaridir. 
7. Eng maqbul mikroiqlim sharoitlari – mikroiqlim parametrlari-ning uyg‘unliklari bo‘lib, ular insonga 
uzoq vaq davomida va mutassil ta’sir ko‘rsatgan holda organizm issiqlik holati termoregulyatsiya mexa-
nizmlarining zo‘riqishi bilan birgalikda yuz beradi. Ular issiqlik kom-fortini sezish hissini ta’minlaydi va ish 
qobiliyatini yuqori darajada bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 


8. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoiti – insonga uzoq vaqt davomida va muntazam ta’sir 
o‘tkazish natijasida termoregulyatsiya mexanizmlarini fiziologik moslashuv imkoniyatlari chegarasidan 
chiqib ketmaydigan zo‘riqiish bilan birgalikda yuz beradigan, organizm issiqlik holatining o‘tib ketadigan va 
tez me’yorlashuvi o‘zgarishlarini keltirib chiqaruvchi mikroiqlim parametrlarini birikmasidir. Bunda 
salomatlik holatini buzilishi yoki zararlanishi ro‘y bermaydi, ammo noxush issiqlikni sezish, o‘zini his 
qilishni yomonlashuvi va ish qobiliyatini pasayishi kuzatilishi mumkin. 
9. Yilning iliq davri – yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS dan yuqori bo‘lishi bilan 
tavsiflanuvchi yil davri. 
10. Yilning sovuq davri – yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS ga teng va undan past 
bo‘lishi bilan tavsiflanuvchi davri. 
11. Tashqi havoning o‘rtacha yillik harorati – sutkaning muayyan soatlarida bir vaqt oralig‘ida 
o‘lchangan haroratining o‘rtacha miqdori. Ular meteorologiya xizmatining ma’lumotlari bo‘yicha qabul 
qilinadi. 
12. Ishlarning toifasi – organizmning umumiy energiya sarflari asosida ishlarni og‘irlik darajasiga ko‘ra 
chegaralarini belgilab qo‘yish. 
13. Yengil jismoniy ishlar (І toifa) Іa toifa uchun energiya sarfi 120 kkal/soatgacha va Іb toifa uchun 120 
dan 150 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turlarini qamrab oladi. 
Іa toifaga o‘tirgan holda bajariladigan va jismoniy zo‘riqishni talab qilmaydigan ishlar kiritiladi. 
Іb toifaga o‘tirgan, tik turgan yoki yurgan holda va birmuncha jismoniy zo‘riqish bilan birgalikda 
bajariladigan ishlar kiritiladi. 
14. O‘rta og‘irlikdagi jimsoniy ishlar (ІІ toifa) energiya sarfi kiritiladi, ІІ toifa uchun 150 dan 200 
kkal/soatgacha, ІІb toifa uchun 200 dan 250 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turini qamrab oladi. 
ІІa toifaga yurgan holda bajariladigan, mayda (1 kg gacha bo‘lgan) buyum yoki ashyolarni turgan yoki 
o‘tirgan holda ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar 
kiritiladi. 
ІІb toifaga turgan holda bajariladigan, uncha katta bo‘lmagan (10 kg gacha) og‘irliklarni tashish bilan 
bog‘liq va mo‘tadil jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi. 
15. Og‘ir jimoniy ishlar (ІІІ toifaga) energiya sarfi 250 kkal/soatdan ortadigan faoliyat turlarini qamrab 
oladi. 
ІІІ toifaga doimiy ravishda siljish ancha og‘ir (10 kg dan ortiq) yuklarni ko‘chirish va tashish bilan bog‘liq 
bo‘lgan va katta jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi. 
16. Energiya sarflariga ko‘ra bajariladigan ish toifalari bo‘yicha ishlab chiqarish xonalarini tavsiflash 
tegishli xonada ishlovchilarning 50% dan ortig‘i bajaradigan ish toifasidan kelib chiqqan holda belgilangan 
tartibda idoraviy me’yoriy hujjatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling