Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TUSHUNCHALARNING ATAMA VA TA’RIFLARI 1. Ishlab chiqarish xonalari
- Ish joyi
- Doimiy bo‘lmagan ish joyi
- Eng maqbul mikroiqlim sharoitlari
- Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoiti
- Yilning iliq davri
- Tashqi havoning o‘rtacha yillik harorati
- O‘rta og‘irlikdagi jimsoniy ishlar
3-jadval O‘lchov uskunalariga bo‘lgan talablar O‘lchash ko‘rsatkichlari O‘lchash diapazoni Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik Quruq termometr bo‘yicha havoning harorati, ºS 30 dan 50 gacha ± 0,2 Ho‘llangan termometr bo‘yicha havoning harorati, ºS 0 dan 50 gacha ± 0,2 Yuza sathning harorati, ºS 0 dan 50 gacha ± 0,5 Havoning nisbiy namligi, % 10 dan 90 gacha ± 5,0 Havoning harakat tezligi, m/s 0 dan 0,5 gacha 0,5 dan ortiq ±0,05 ± 0,1 Issiqlik nurlanishining shiddati, Vt/m2 10 dan 350 gacha 350 dan ortiq ±5,0 ± 50,0 Gostirlangan, kalibrlangan, zaruriyat tug‘ilganda issiqlik nurlani-shidan himoyalangan termometrlardan foydalanish lozim. 3.11. O‘lchangan mikroiqlim parametrlarining barchasi me’yorlashti-rilgan miqdorlar chegarasida bo‘lgan taqdirda gigienik talab bajarilgan deb hisoblanadi. ASOSIY TUSHUNCHALARNING ATAMA VA TA’RIFLARI 1. Ishlab chiqarish xonalari – maxsus mo‘ljallangan bino va inshoot-lardagi yopiq bo‘shliq joylar bo‘lib, ularda doimiy (smenalar bo‘yicha) yoki davriy (ish kuni davomida) ravishda mehnat ahlining har xil ishlab chiqarish turlarida, ishlab chiqarishni tashkil etish, nazorat qilish va sh.k. dagi har xil turdagi mehnatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyati amalga oshiriladi. 2. Ishchi hudud – ishlab chiqarish xonalarini to‘sib turuvchi konstruk-siyalar bilan cheklab qo‘yilgan, pol yoki maydoncha sathidan 2 m balandlikka ega bo‘lgan bo‘shlig‘i bo‘lib, ularda ishlovchilarning doimiy yoki doimiy bo‘lmagan ravishda bo‘lgan ish ish o‘rinlari joylashgan. 3. Ish joyi – ishlovchilar mehnat faoliyati jarayonida doimiy yoki doimiy bo‘lmagan ravishda bo‘ladigan joy. 4. Doimiy ish joyi – ishlovchi o‘z ish vaqtinig aksariyat qismi (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 soat) davomida bo‘ladigan joy. 5. Doimiy bo‘lmagan ish joyi – ishlovchi ish vaqtining kamroq qismi (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 soatdan kam) davomida bo‘ladigan joy. 6. Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi – ushbu xonalar ichki muhitining metereologik sharoitlari bo‘lib, ular havoning harorati, namligi, harakat tezligi, shuningdek to‘sib turuvchi konstruksiyalar, texnologik uskunalarning harorati va issiqlik nurlanishining inson organizmiga ta’sir etuvchi birikmalaridir. 7. Eng maqbul mikroiqlim sharoitlari – mikroiqlim parametrlari-ning uyg‘unliklari bo‘lib, ular insonga uzoq vaq davomida va mutassil ta’sir ko‘rsatgan holda organizm issiqlik holati termoregulyatsiya mexa- nizmlarining zo‘riqishi bilan birgalikda yuz beradi. Ular issiqlik kom-fortini sezish hissini ta’minlaydi va ish qobiliyatini yuqori darajada bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 8. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoiti – insonga uzoq vaqt davomida va muntazam ta’sir o‘tkazish natijasida termoregulyatsiya mexanizmlarini fiziologik moslashuv imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketmaydigan zo‘riqiish bilan birgalikda yuz beradigan, organizm issiqlik holatining o‘tib ketadigan va tez me’yorlashuvi o‘zgarishlarini keltirib chiqaruvchi mikroiqlim parametrlarini birikmasidir. Bunda salomatlik holatini buzilishi yoki zararlanishi ro‘y bermaydi, ammo noxush issiqlikni sezish, o‘zini his qilishni yomonlashuvi va ish qobiliyatini pasayishi kuzatilishi mumkin. 9. Yilning iliq davri – yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS dan yuqori bo‘lishi bilan tavsiflanuvchi yil davri. 10. Yilning sovuq davri – yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS ga teng va undan past bo‘lishi bilan tavsiflanuvchi davri. 11. Tashqi havoning o‘rtacha yillik harorati – sutkaning muayyan soatlarida bir vaqt oralig‘ida o‘lchangan haroratining o‘rtacha miqdori. Ular meteorologiya xizmatining ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi. 12. Ishlarning toifasi – organizmning umumiy energiya sarflari asosida ishlarni og‘irlik darajasiga ko‘ra chegaralarini belgilab qo‘yish. 13. Yengil jismoniy ishlar (І toifa) Іa toifa uchun energiya sarfi 120 kkal/soatgacha va Іb toifa uchun 120 dan 150 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turlarini qamrab oladi. Іa toifaga o‘tirgan holda bajariladigan va jismoniy zo‘riqishni talab qilmaydigan ishlar kiritiladi. Іb toifaga o‘tirgan, tik turgan yoki yurgan holda va birmuncha jismoniy zo‘riqish bilan birgalikda bajariladigan ishlar kiritiladi. 14. O‘rta og‘irlikdagi jimsoniy ishlar (ІІ toifa) energiya sarfi kiritiladi, ІІ toifa uchun 150 dan 200 kkal/soatgacha, ІІb toifa uchun 200 dan 250 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turini qamrab oladi. ІІa toifaga yurgan holda bajariladigan, mayda (1 kg gacha bo‘lgan) buyum yoki ashyolarni turgan yoki o‘tirgan holda ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi. ІІb toifaga turgan holda bajariladigan, uncha katta bo‘lmagan (10 kg gacha) og‘irliklarni tashish bilan bog‘liq va mo‘tadil jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi. 15. Og‘ir jimoniy ishlar (ІІІ toifaga) energiya sarfi 250 kkal/soatdan ortadigan faoliyat turlarini qamrab oladi. ІІІ toifaga doimiy ravishda siljish ancha og‘ir (10 kg dan ortiq) yuklarni ko‘chirish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va katta jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi. 16. Energiya sarflariga ko‘ra bajariladigan ish toifalari bo‘yicha ishlab chiqarish xonalarini tavsiflash tegishli xonada ishlovchilarning 50% dan ortig‘i bajaradigan ish toifasidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda idoraviy me’yoriy hujjatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling