Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob va uskunalar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana15.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1678539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Tajriba ishi

Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob va uskunalar 
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarining meteorologik sharoitlari tegishlicha o’lchash asboblari 
yordamida o’lchanadi va nazorat qilinadi. 
1. Havo harorati va namligini o’lchash uchun Assmanning aspiratsion psixrometridan (MV-4M) yoki (M-
34) dan foydalaniladi. 


Aspiratsion psixrometr ikkita bir xil simobli termometrlardan tashkil topgan bo’lib, mahsus moslamaga 
joylashtirilgan. Simobli termometrlardan bittasi maxsus mato -batist bilan qoplangan bo’lib, u tomizgich (pipetka) 
yordamida distillangan suv bilan ho’llab turiladi. Ikkinchi simobli termometr esa havo haroratini ko’rsatadi. 
Ho’llangan termometr ko’rsatkichlari havo namligiga bog`liq. Namlik harorati qanchalik past bo’lsa, uning 
ko’rsatadigan harorati shunchalik kam bo’ladi, chunki havoda namlik kamaygan sari ho’llangan matodan suvning 
bug`lanishi ko’payadi va simobli termometrning yuzasi ko’proq soviydi. Ishlab chiqarish binolaridagi ish 
o’rinlarida atmosfera havosining namligini o’lchashdan oldin mahsus rezinadan tayyorlangan balon distillangan 
suv bilan to’ldiriladi va undan tomizgich (pipetka) ga suv olinib, matoli termometrning batist materiali ho’llanadi. 
Bu ishni bajarish paytida psixrometr tik holatda maxsus moslama bilan biriktiriladi va o’lchash nuqtasiga 
o’rnatiladi. So’ngra psixrometrning yuqori qismiga joylashgan shamollatgichni maxsus vintini oxirigacha burab, 
shamollatgich ishga tushiriladi (M-34 psixrometrlarda shamollatgich maxsus elektroyuritgich yordamida ishga 
tushiriladi).
Shamollatgich ishga tushirilgandan keyin oradan 4 minut o’tgandan so’ng termometr ko’rsatkichlari 
ma’lum bir haroratni ko’rsatadi va bu ko’rsatgichlar yozib olinib, maxsus formula yordamida aniqlanadi: 
%
100
)
(
0





P
t
H
А
P

bu yerda:
φ - atmosfera havosi nisbiy namlik miqdori; 
R
m
- ho’llangan termometrdagi suv bug`larining to’yingani;
R – quruq termometrdagi suv bug`larining to’yingani;
Apsixrometrik ko’rsatkich A=6•620 •10
-4
°S
N - atmosfera bosimi, Pa; 
Δt -atmosfera havosi harorati bilan ho’llangan termometr harorati orasidagi farq. 
Nisbiy namlikni, namlik nomogrammasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun nisbiy namlik 
miqdori maxsus psixrometrik grafik yordamida quruk va ho’l termometrlar ko’rsatkichlari ayirmasi, ya’ni vertikal 
chiziq bo’yicha quruq termometrning ko’rsatkichi, yoyiq chiziq bo’ylab esa ho’llangan termometrning 
ko’rsatkichlari qo’yilib, ularning kesishgan chizig`ida aniqlanadi. 
Masalan: quruq termometrning ko’rsatgan harorati 21,5°C, ho’llangan termometrning ko’rsatgan harorati 
14,5 °S. Psixrometrik grafik yordamida vertikal va yoyiq chiziqlarning kesishgan nuqtalarini topamiz.Bu 
chiziqlar kesishgan nuqta 42 dan yuqori, 44 dan pastda, demak nisbiy namlik 43 % ni tashkil etar ekan. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ish o’rinlaridagi havo almashish teshiklari, dereza oldidagi havo harakati 
tezliklarini o’lchash uchun ASO-3 markali parrakli yoki kosachali animometrdan foydalaniladi. Parrakli 
animometr ASO-3 havo harakat tezligini 0,3dan 5 m/sek gacha bo’lgan qiymatini o’lchash imkonini beradi. 
Parrakli animometrning ishlashi quyidagicha: mahsus moslamaga mahkam o’rnatilgan parraklar ish o’rnidagi 
havo harakati hisobidan aylanadi. Bino ichidagi havo harakati tezligi qancha katta bo’lsa, parraklar shunchalik tez 
aylanadi. Parrakni o’qi tishsimon g`ildiraklar shaxobchasi orqali katta siferlat mil (strelkachaga) ga ulangan. 
Markaziy strelka birlik va o’nliklarni, mayda siferblash mili bo’linmasining yuzdan va mingdan bir ulashlarini 
ko’rsatadi. Yon tomonda joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g`ildiraklar shaxobchasidan uzish va ulash 
mumkin. O’lchash oldidan siferblat ko’rsatgichlari o’qdan uzib qo’yiladi va siferblat ko’rsatgichlari yozib olinadi. 
Animometrni ishga tushirish uchun parrak o’qqa o’rnatiladi va o’q unga mahkamlangach parrak yordamida 
aylana boshlaydi. Sekundomer yordamida vaqt belgilab olinadi va animometr ishga tushiriladi. Oradan bir daqiqa 
vaqt o’tgandan keyin, o’q uzilib qo’yilib ko’satgichlari yozib olinadi. Ikkinchi yozib olingan ko’rsatgichlardan 
birinchisini ayirib, o’tgan raqamlar soni topiladi. So’ngra asbobga qo’shib berilgan maxsus jadval yordamida 
havo harakatining bir sekunddagi tezligi metrlarda topiladi.
Termoanimometr ishlab chiqarish korxonalaridagi ish o’rinlarida kichiq tezliklarini va havo haroratini 
o’lchash uchun qo’llaniladi. Termoamimometr yarim o’tkazgichlardan tashkil topgan bo’lib, batareyalar 
yordamida ishlaydi. Uning o’lchash tamoyili (prinsipi) asbob ko’rsatkichi qarshiligini o’zgarishiga asoslangan 
bo’lib, bu o’zgarish bino ichidagi havo harorati va tezligi o’zgarganda sodir bo’ladi. 


Issiqlik nurlanishining intensivligi aktinometr yordamida o’lchanadi. Aktinometrga o’rnatilgan 
qurilmalardan birtasi konstantadan yasalib, qiyin eriydigan, qattiq cho’ziluvchan metall qoraytirilgan platina bilan 
qoplangan va kengayish koeffitsiyenti kichiq bo’lgan invar taglikka mahkamlangan bir yuz ellik plastinkadan 
iborat. Issiqlik nurlanishi ta’sirida plastinka egiladi va u bilan bog`langan mil (strelka) ma’lum burchakka og`adi. 
Shkala esa kj/ms hisobida darajalangan. 
Gigrometr M-19 atmosfera havosi nisbiy namligini to’g`ridan-to’g`ri aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning 
ishlash tamoyili (prinsipi) yog`sizlantirilgan odam sochining havo namligi oshganda uzayishi va havo namligi 
kamayganda sochning qisqarishiga asoslangan. Soch maxsus omil bilan shkalaga ulangan, shkala esa foizlarga 
bo’lingan. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling