Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalari Universteti Energo-Mexanika fakulteti 7sA 19 tja guruh talabasi Nurullayev Kamoliddinning Konchilik mashinalari va uskunalari fanidan


Download 0.63 Mb.
bet3/6
Sana16.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1203657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-var 2-Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari (1)

2 - rasm. Ko’mir shaxtasi sxemasi: 1,2,12 – vertical lahimlar; 3,4,5,10,11 – gorizontal lahimlar; 6,7,8,9 – qiya lahimlar; 13 – nasos kamerasi; 14 – qazish каvjoyi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish yyyyer osti usuliga nisbatan qator afzallik va kamchiliklarga ega.
Asosiy afzalliklari:

  • ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari harajatlari kam bo’lishi ta'minlanadi;

  • mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo’ladi;

  • korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag’ (ishlab chiqarish quvvatining bir birligiga to’g’ri keladigan kapital mablag’) kichik bo’ladi;

  • foydali qazilmani mumkin qadar to’laroq qazib olishga imkoniyat yaratiladi.

Asosiy kamchiliklari:

  • ayrim hollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog’liqligi;

  • katta yer maydonlarini qishloq ho’jalik oborotidan vaqtincha chiqarilishi;

  • yer qa'rida suv balansining buzilishi.

Foydali qazilmalarni geotexnologik usullarda qazib chiqarish yer yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqizig’igacha skvajina o’tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta'sir ko’rsatib, uni harakatlanuvchi holatga keltirish va skvajinalar orqali yer yuziga chiqarib olishga asoslangan.


Hozirgi vaqtda, konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko’mirni yyyyer ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarni yyyyer ostida bakteriya -kimyoviy ta'sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo’llanilmoqda. Biroq, ularni hajmi juda kichik bo’lsada, iqtisodiy va ekollogik nuqtai nazaridan istiqbolli usullar hisoblanadi.
Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, yyyyer osti suvlarini qazishda keng qo’llanadi.

Avtomobil transporti va konveyer qayta yuklagichlari kombinatsiyasida qayta yuklash nuqtalarida katta bo’laklarni maydalash uskunalarini o’rnatish kerak bo’ladi. Maydalab qayta yuklash nuqtalari karyerning konstentratsion gorizontlarida o’rnatiladi va bir nechta ishchi gorizontlarga xizmat ko’rsatadi. 70-100m chuqurlik orasida ular pastda joylashgan gorizontlarga ko’chiriladi.




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling