Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova
Download 365.89 Kb.
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-BOB. O’ZBEKISTONDA TARBIYA SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ZARURIYATI
Tadqiqotning bazasi. Tadqiqot bo’yicha asosiy tajriba materiallarini yig’ish va tahlil qilish Navoiy viloyati Navoiy shahrining № 17- umumta’lim o’rta maktabining boshlang’ich sinflarida tabiiy pedagogik holatlarda o’tkazildi.
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya – insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lidagi chora-tadbirlar yig’indisi. Tarbiya – insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyat. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo’la olmaydi. CHunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o’tadi. “Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g’oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot va boshqalarni ham o’z ichiga oladi. SHuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi, biroq har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog’liq holdagina mavjud bo’ladi. CHunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko’payibgina qolmay, balki ahloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. SHuning uchun ham “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim”, – deb uqtiradi davlat rahbari Islom Karimov. Demak, tarbiya jarayon , u shaxsni shakllantirishga maqsadli yo’naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o’zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir. O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o’sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. SHu ma’noda yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz» nomli ma’ruzalaridagi quyidagi fikrlariga e’tiborni qaratmoq lozim: «Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat»1. Bozor munosabatlarida ham yuksak ma’naviyatli va axloq-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq ma’naviyat, ma’naviy-axloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko’zlangan maqsadga erisha olmaydilar. Bundan xulosa shuki, hech kechiktirmay, ikkilanmay ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalasi haqida o’ylash, uni to’g’ri yo’lga solish vazifasi kelib chiqadi. Bunda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan o’gitiga amal qilishimiz zarur. Endilikda, ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi. CHunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. YUrtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo’ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog’imiz, zamon, mustaqil taraqqiyotimiz, bozor munosabatlari davri talabidir. Ma’naviy barkamol inson tushunchasining o’zi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog’lom avlod tushunchasi bilan ham bog’lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo’lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog’lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. YUqorida aytganimizdek ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni to’g’rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo’yingki, yuksak axloqlilikka yo’llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi - iymoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari - qo’yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat to’yg’usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko’taradi. Boshqacha aytganda ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. SHuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning qo’yidagi sabog’i ibratlidir: «Biz sog’lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki SHarqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, SHarqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. Sog’lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog’imiz kerak. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, o’zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to’rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: – o’z haq-huququni taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; – o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko’rsin; – atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; – shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda ko’rib, faoliyat yuritsin2. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta’rifdir. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo’ni-qo’shnilari, mahalla-ko’yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg’urish; tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi singari, o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash; milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo’lishi; o’zaro muomala-munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik, birovning og’irini yengil qilishni odat qilish; umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy-vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash; diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish; va’daga vafoli bo’lish va boshqalar kiradi. Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixordir. Milliy g’urur bu milliy iftixordir. Milliy g’urur o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrashdir. O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g’urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olmaymiz. Milliy istiqlol g’oyalarining yoshlar qalbi va ongiga singdirishda umuminsoniy tamoyillar ham milliy qadriyatlar va tamoyillar kabi muhim o’rin egallaydi. Umuminsoniy tamoyillardan birin-vijdon erkinligi masalasi tashkil qiladi. Yoshlarni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda milliy tarbiya modulini yaratish, yoshlarda ma’naviy kamolotni shakllantirish hamda inson manfaatlarining xalq, millat, davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg’unligini ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda “Ma’lumki insoning eng ustivor va muqaddas huquqlaridan biri-bu tinch yashash huquqidir.Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat”3deb ta’kidlashi insonning ma’naviyatli bo’lishi uchun,ta’lim jarayonida turli yondoshuvlar asosida tashkil etish vazifasini qo’yadi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2010 yml “Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi bugungi kunda yoshlarga bo’lgan e’tiborni kuchayganligidir.SHu maqsadda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash bo’yicha barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida reja ishlab chiqildi. Rejaga asosan yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda shart-sharoitlari yaratish masalalari ham rejada ko’rsatilgan. Masalan: “ Bolalarni bo’sh vaqtida ommaviy-madaniy tadbirlar, to’garaklarga jalb etish uchun barcha sharoitlarni yaratish Maktabdan tashqari sport ta’limi muassasalarining huquqiy maqomini, ushbu muassasalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalarini belgilash; Tibbiy madaniyat masalalarida yoshlarning savodxonligini o’stirish va mas’uliyatini oshirish. Yoshlar salomatligini ta’minlash maqsadida sihatgoh va tibbiyot maskanlariga imtiyozli yo’llanmalar ajratilishini yo’lga qo’yish; Qishki va yozgi ta’til davrida talaba-o’quvchilarning sog’lomlashtirish maskanlarida dam olishlarini keng qamrovli tashkil etish Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ta’lim jarayoni sifatini oshirish, talabalarning o’qish va yashash sharoitlarini yaxshilash. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va rag’batlantirish. Yoshlar orasida sportni ommalashtirish. Uzluksiz ta’lim tizimida o’quvchilar va talaba yoshlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun majburiy zarur eng kam ko’nikma va malakalarni shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Yosh olimlarni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, ularning ushbu yo’nalishdagi faoliyatini rag’batlantirish. Bolalar va yoshlarda ijodkorlik iste’dodi va qobiliyatini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratish. San’at, madaniyat va jurnalistikaning turli yo’nalishlari bo’yicha iste’dodli bolalar va yoshlarni taqdirlash va rag’batlantirish. Yoshlar o’rtasida oilaviy qadriyatlarni targ’ib qilish bo’yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: Yoshlarda sog’lom turmush tarziga, sog’lom oila qaror toptirishga, OIV infeksiyasini oldini olishga, tamaki chekish, alkogolli ichimliklar ichish, giyohvandlik va axloqsizlikdan voz kechishga intilishni shakllantirish. Bolalarning tarbiyalashga va ma’naviy boy yosh avlodni shakllantirishga ko’maklashish. Uchrashuvlar, davra suhbatlari, suhbatlar, munozaralar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari o’tkazish jadvali. O’sib kelayotgan ma’naviy boy avlodni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzi, yoshlarni giyohvandlikdan, axloqsizlikdan, chetdan ko’rsatiladigan zararli ta’sirlardan himoya qilish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish Yoshlarda yoshi ulug’larga, Vatanimiz tarixiga, milliy an’analarga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni shakllantirish. Aholi keng qatlamlarini yoshlar tashkilotlarining va yoshlarning har tomonlama kamolga yetgan yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish ishlariga qo’shgan hissasidan xabardor qilish, shuningdek ushbu sohadagi ijobiy tajribani Davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishning aniq misollarini ko’rgazmali va qulay tarzda namoyish etish yo’li bilan tarqatish va ommalashtirish. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish Ta’lim olayotgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj talaba-yoshlarni qo’llab-quvvatlash”1 Ma’naviyat insonning ulg’ayishi va kuch-qudrat manbai ekan, uning ma’naviy tiklanish hamda yuksalishida, albatta, ta’sirchan pedagogik mexanizmlarni topish zaruriyati vujudga keladi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o’zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o’rtasida uyg’unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o’sib o’tishining qondirilishi har jihatdan talabalar qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi ko’p jihatdan ularning ma’naviy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga borib taqaladi. Shu jihatdan olganda, hurmatli Prezidentimiz Islom Karimovning: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon - irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchni tasavvur qilaman2»,- deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma’no bor. Shunday ekan, bugungi kunda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni komil inson qilib tarbiyalash- pedagogikaning eng dolzarb muammolari qatoridagi masalalardan biri bo’lib qoladi. Har bir mamlakatdagi mavjud vijdon erkinligi fuqarolarning, xususan yoshlarning ruhiy va ma’naviy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga ma’lum darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun BMTning nizomidan tartib, barcha halqaro xujjat va shartnomalarda har bir mamlakatning o’ziga xos Konstitutsiya va qonunlarida bu masala o’z aksini topgan. Jahonning qaysi bir mamlakatini olib qaramaydik, ularning har birida turli dunyo qarash, e’tiqodlarga ega bo’lgan kishilar yashashadi. Jumladan, O’zbekiston yoshlari o’rtasida ham islom, nasroniylik, iudaviylik, buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilar mavjud. Ularning har biri o’zining ichki dunyosi, e’tiqodiga ega bo’lar ekan, boshqa xil e’tiqodga ega bo’lgan kishi bilan ham barga yashashga, mehnat qilishga ta’lim olishga, xizmat qilishga, qisqasi faoliyat ko’rsatishga to’g’ri keladi. Bu holat ko’ngilsiz qarama-qarshilik, to’qnashuv, naroziliklarga olib kelmasligi zarur. Vijdon erkinligi dindorlarni majburan dindan qaytarishni ham, dinga ishonmaydiganlarni majburan dindor qilishni ham, mamlakat aholisining, xususan, yoshlarni dindorlarga yoki dahriylarga aylantirishni ham o’z ichiga olmaydi. Ayniqsa, mamlakatdagi barcha dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarni teng huquqli, hech kim hech qanday imtiyozga ega emas, deb biladi. Biror din boshqasidan ustun qo’yilmaydi. O’zbekiston 1991 yil mustaqillikka erishganidan keyin yangicha tafakkur, oshkoralik,yangilanish sohasida sodir bo’lgan jarayonlar, tabiiy vijdon erkinligi, davlat va din,dindorlar va dahriylar o’rtasidagi munosabatlarni ham o’z ia’siriga qamrab oldi. Hozirgi vaqtda bu sohada butunlay boshqacha yangicha qarash odamlarning farovon yashash sharoitiga zamin yaratish, milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish nuqtai nazaridan ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, mamlakatimiz ko’p dinli yurtdir. O’zbekistonda shu kecha-kunduzda 17 ta diniy konfessiya uyushmalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bu qismi yurtimiz uchun an’anaviy emasdir. Demak, yurtimizda bu sohada bo’ladigan o’zgarishlar, tadbirlar turli din ahllari ehtiyoji uchun javob beradigan diniy bag’rikenglik asosida olib borilishi lozim. Mamlakatimizda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi masalaning huquqiy, qonuniy asoslarini maxsus qonun himoya qiladi. 1991 yil 14 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qilgan edi. Lekin bu qonun mustaqillik yillarida sodir bo’lgan o’zgarishlarga javob beraolmay qoldi. Shundan keyin 1998 yil 1 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Yangi qonunni qabul qildi. Ushbu qonunning huquqiy, qonuniy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi himoya qiladi. Ushbu Konstitutsiyaning 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy Qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi», deyilgan. Shuni alohida ta’kidlashimiz zarurki, dndor bo’lish yoki bo’lmaslik har bir insonning shaxsiy ishidir. Mamlakatimiz fuqarolari dinga bo’lgan munosabatlaridan qat’i nazar, O’zbekiston qonunlari oldida teng huquqlidirlar. Ularning huquqlarini cheklab qo’yish yoki imtiyozlar berish oqibat natijada ular o’rtasida nifoq va nafrat o’yg’otish, fuqarolarning tuyg’ularini haqoratlash kabi harakatlar qonun asosida qoralanadi, aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. Din, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi shundaki, davlat diniy ishlarga aralashmaydi. O’z o’rnida din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Ammo diniy tashkilotlar jamoat ishlarida qatnashish huquqiga egadirlar. O’zbekiston fuqarolari dinga bo’lgan munosabatlari qanday bo’lishidan qat’i nazar, ta’limning mavjud barcha turlarini egallashlari mumkin. Xohlagan kishi diniy ta’lim olishi ham mumkin. Shu maqsada Toshkent shahrida Ismoil Buxoriy nomli islom instituti (ma’hadi), Buxorodagi Mir arab madrasasi, Toshkentdagi islom universitet iva boshqalar ishlab turibdi. Diniy tashkilotlar amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya etishlari shart. Din davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat o’yg’otish; axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, buhton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa hatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati mann etiladi. Xullas, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va vijdon erkinligi haqidagi qonuni dindorlar va dahriylar o’rtasidagi munosabatni, XX asr oxirida shakllangan yangicha tafakkur darajasiga ko’tarilgan, ularning aholligi, bir yurtning farzandlari sifatida Ushbu O’zbekiston deb atalmish yurtning rivojlanishi uchun butun kuch, bilim, tajribalarini hayotga tadbiq etish imkoniyatlarini yaratgan. Tabiiy, bu Buyuk O’zbekistonni barpo etishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va ma’naviyat-ma’rifatning qadimiy markazlaridan biri bo’lib, bu o’lka mutafakkirlari jahon ilm-fani, madaniyatini rivojlanishida o’zlarining boy ijodiy meroslari bilan taraqqiyotimizga o’z ta’sirlarini ko’rsatib kelmoqda. O’zbek xalqi ham juda qadimiy-ma’naviy va iqtisodiy merosga ega. Bu o’lmas tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga haqlimiz. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari ijobiy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, islom dinida ham iqtisodiy, ham ma’naviy g’oyalar ilgari surilib, bu g’oyalar musulmonlarning muqaddas kitobi “Qur’oni Karim” da o’z ifodasini topgan. Ollohning kalomi bo’lgan bu muqaddas kitobda savdoning halolligi, mulkning dahlsizligi e’tirof etilgan. Muqaddas Qur’oni Karimning Yunus surasi beshinchi oyatida shunday jumla bor: “U (Alloh) Quyoshni hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlarimiz uchun uni (ya’ni, oyni bir qancha) manzil-burjlarga bo’lib qo’ygan zotdir. Hech shak-shubhasiz, Olloh bu (borliqni) haq (qonun va maqsad) bilan yaratdi”. Demak, borliq zaminu osmon insonlarniki, ular uchun yaratilgan, undan foydalanish va e’zozlash bashariyat zimmasiga yuklatilganligi e’tirof etiladi. Qur’onu Karimda “Bandalarim yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar”, iste’mol me’yoridan (qorni to’ygandan keyin) ortgandan keyin ham iste’mol qilish (ortiqcha yeb ichish) makruhdir, deb farz qilingan. Bu islomiy g’oya ostida juda katta mazmun bor. Bunda iste’mol me’yori va madaniyatini bilmaslik qoshoqlik va tenglikni olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan. Atoqli mutafakkir, qomusiy bilimlar sohibi bo’lgan Ahmad Donish jamiyatning asosiy bo’g’ini – oila va oilaviy munosabatlar haqida alohida to’xtalib o’tgan. Oilani iqtisodiy jihatdan ta’minlash, amalda iqtisod odobiga rioya etib, oilani boshqarish haqida to’xtalib, SHarqda oilaning yetakchisi erkak deb, unga quyidagi shartlarni qo’yadi: Birinchi shart: “erkin kishida doimiy daromad bo’lishi kerak”; Ikkinchi shart: “erkak kishida keraklik uy-ro’zg’or asboblari va o’zini yashashi uchun doimiy joyi bo’lishi kerak”; Uchinchi shart: “har bir erkak o’ziga yarasha, o’ziga mos xotinni tanlashi kerak” (“Navodir – ul vaqoye’”) Mutafakkirning bu fikrlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, oilaning mustahkamligini ta’minlashda asosiy qarashlardan biridir. Sharqning yana bir allomasi Yusuf Xos Xojib aytadiki “Xizmat ahli o’z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodimning ko’ngli sinadi”. “...xizmatiga loyiq taqdir ko’rgan xodimning boshi ko’kka yetadi”. U yana yozadi: “Xodim boyisa, davlat, el boshlig’i boyiydi, el boshlig’ining kuchi (davlatning kuchi) xalq bilan. Shuning uchun... xalq to’q bo’lsin”. Inson mehnatini to’g’ri taqdirlash masalasi maqsimot munosabatlarining bosh masalasi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng birinchi va ustvor vositasi hisoblanadi. Inson mehnatining to’g’ri va adolatli taqdirlanishini yo’lga qo’yishi aslida iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi. Yusuf Xos Xojibning manfaat (shaxsiy manfaat) masalasiga doir g’oyasi ayniqsa ahamiyatlidir. “Aslida butun qimirlagan jon nafni o’ylab harakatlanadi” deb yozadi. Bu fikr “har qanday harakat zamirida manfaat yotadi” yoki tadbirkorlikning asosiy maqsadi ko’proq daromad olish degan fikrda ham o’z ifodasini topadi. Ulug’ bobokalonimiz Bahovuddin Naqshband bu fikrni “qo’lingiz ishda bo’lsin, qalbingiz ollohda bo’lsin” degan g’oya bilan rivojlantirdi. Xalqimizning ma’naviy merosida, ulug’ shoirimiz, faxr-iftixorimiz, ma’naviy dahomiz Alisher Navoiyning o’rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o’zining butun ongli faoliyatini umuminsoniy maqsadlarga qaratadi. U asarlarida taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e’tibor qaratadi, xizmatga yarasha taqdirlash masalasi doimo diqqat markazida turadi. U yasavul misolida shunday deydi: “ agar u xizmatiga yarasha haq olish hayolida bo’lsa, u ota merosi va ona suti kabi haloldir”. (“Maxbub-ul qulub” T. 1983 y.). Ma’lumki, Alisher Navoiy yashab ijod qilgan davrda asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlar bo’lgan. Alisher Navoiy, o’z zohosi bilan dehqonlarning moddiy ne’matlar yaratuvchi asosiy kuch ekanligini, jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy taqdiri ularga bog’liqligini ko’ra bildi.U yozadiki, “olamning obodonligi dehqondan, mehnat ahli shodon, ular shodon”. “Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat yetkazir ham barakat” ( o’sha asar, 36-bet). Bu bilan Alisher Navoiy oddiy yaratuvchi odamlarni samimiyat, chuqur hurmat va ehtirom bilan sharaflaydi. Buyuk mutafakkirning dehqonlar haqidagi iqtisodiy g’oyalari bugungi kunimizning ham ustuvor yo’nalishlari bo’lib qolmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov “Dehqon to’q bo’lsa, yurt to’q bo’ladi”, degan suzlari buyuk shoirimiz iqtisodiy g’oyalariga hamohangdir. O’zbekiston o’z istiqloliga erishgandan so’ng jamiyat ma’naviy hayotini sog’lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo’yilishi ham mazmunan ko’p asrlik saboqlarga, jamiyat oldida turgan yangi vazifalarni hal etishda oqilona yondoshishning ko’rinishidir. Boy madaniy merosimizni chuqur o’rganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. YUrtboshimiz Islom Karimov ta’qidlaganlaridek, o’z taraqqiyot va islohot yo’limizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining xayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo’lish muhimdir. Sharq falsafiy-diniy tafakkuri tarixida aloxida mavqega ega bo’lgan tasavvuf ta’limotida komil inson g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi. Zerokim, tasavvuf ta’limoti o’zining insonparvarlik va axloqiy g’oyalarini yaratishda Qur’on va SHariatdagi g’oyalardan baxra olgan. Qur’oni Karimda ta’qidlaganidek, Olloh taollo yer yuzidagi barcha mavjudotni va undagi hayot kechirishga qulay iqlimni yaratganing xalifasi bo’lguvchi inson uchun yaratgandir. Komil inson g’oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog’langan. Tasavvuf Sharq xalqlarining ma’naviy hayoti tarixida munosib iz qoldirgan diniy-falsafiy okimlardan biridir X asrdan ortiq taraqqiyoti davomida tarixiy davrlarning ijtimoiy, madaniy-g’oyaviy va axloqiy talablariga mos xolda turli shakl va yo’nalishlarda rivojlanib keladi. Ma’lumki Mavorounnahr hududida va qadimiy Turkistonda tasavvufning Yassaviylik, Naqshbandiylik kabi tariqatlari shakllangan va rivoj topgan. Aholi zich joylashgan, hunarmandchilik yoki dehqonchilik bilan tirikchilik qilinadigan hududlarda darvishlar xalq xayr-ehsonlari hisobidan yashab turganligi uchun yassaviylikning barcha talabarini, jumladan, qanoat va zuhd bilan cheklanishini bajarishning imkoni bo’lmagan. Natijada YAssaviylik asosan Turon zaminining turkiy kuchmanchi chorvadorlar orasida vujudga kelgan va tarqalgan. Abduxoliq G’ijduvoniy va Baxouddin Naqshbandlarning kishilarni mehnatga, hunarmandchilik bilan shug’ulanishga da’vat etuvchi ta’limotlari esa ko’proq shaharlar va ular atroflarida tarqaldi. Tasavvuf ta’limoti o`z tarafdorlariga halol rizq, adolat, insof, ma’naviy va jismoniy poklik, sabr va qanoat kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, yetuk insoniylik- komil inson darajasiga yetishishni tarbiyalagan. U el orasida yoyilib, haq va haqiqatga tashna kishilarning yuragini band etganiga sababchi bo`lib xattokim xalq orasida rasmiy islomdan ham makbulrok va yakinrok axamiyat kasb etgan. Ahmad Yassaviy o’z ta’limotida komillikka eltuvchi maqomlarni shunday keltiradi: “Va un maqom tariqatda turur: taslim turur, ya’ni agar balo va mehnat boshiga kelsa o’zini taslimga bajonudil solg’ay. Yana ichmakdin va yemakdin, kiymakdin xalqdin tilamasun va gilam porasini atlasdan ziyoda qursun, kunduzi ro’za, kecha nomozda bo’lsun va tilovati Qur’on birla bo’lsun” Yassaviylik tariqati o’sha davrda xalqni ezayotgan zolimlarning yovuzliklarini fosh etish, jamiyatdagi adolatsizlik, haqsizlikni qoralaydi, to’g’rilik, sofdillik, odillik, insof va diyonat, poklik va ezgulikni himoya qiladi. Hoja Ahmad Yassaviy o’z ta’limotining falsafiy ildizlari to’g’ridan-to’g’ri Qur’on g’oyalariga borib taqalishini, hikmatlari mag’zi Qur’onning mazmunini tashkil etishini, ular Xudoning so’zlaridan kelib chiqib bitilganini alohida ko’rsatib o’tadi: Mani hikmatlarim-farmoni subhon, O’qib olsang, hamma ma’niyi Qur’on. Xudoyim so’zidan chikkay bu hikmat Eshitganga yog’ar boroni rahmat”deb aloxida ta’kidlaydi. Ushbu aqidaga asoslangan Hoja Ahmad Yassaviy tariqat bosqichlarida qanchalik yuksalmasin, komil inson darajasiga erishmasin, o’zini shunchalik hokisor tutardi va bu hislatlar uning butun ta’limotiga ham singdirilgan. Hoja Ahmad Yassaviyning islom diniga sadoqatni, uning insonparvarlik g’oyalarini keng xalq orasida faol targ’ib etilganligi sababli ham “Madinada Muhammad, Turkistonda Hoja Ahmad” degan naql xalq orasida yoyilib, mashhur bo’lib qolgan, ya’ni komil inson timsoli bo’lgan. Tasavvuf va uning Yassaviya tariqatida ham insonning mohiyati ikki asos modda va ruhdan iboratligi bilan izohlanadi. Har qanday kishida shu ikki asosning xususiyatlari jamlangan bo’lib, moddiylik g’alaba qilsa, insonda hayvoniylik va agar ruh tomoni ustun kelsa insonda ilohiylik rivojlanadi, ruh jism quliga aylanmasligi, aksincha jism ruh uchun bir asbob, vosita sifatida xizmat qilmog’i kerak, ruhlari taraqqiy etgan insonlar aqlu-zakovati, ilhomi va ijodkorligi, ilohiy farosati bilan ajralib turadilar deb tushuniladi. Yassaviy ta’limotida diniy-falsafiy tushunchalar bilan uyg’un tarzda keladigan ko’plab ma’no borki, ularda insonni ulug’likka, komillikka chaqiriladi, yomonlik bilan yaxshilikni farqlashga, halol nima, harom nimaligini bilishga, to’g’rilikni yoqlab, egrilikka bo’yin egmaslikka o’rgatiladi. Tasavvuf gunohni qoralaydi, ammo gunohlarga iqrorlikni to’la yoqlaydi, chunki tavba-tazarrux, tozalanish, poklanish demakdir deb tushuntiradi. Ma’lumki tasavvuf har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni voyaga yetkazish va takomillashshuviga masalasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Ko’pchilik tasavvuf shayxlari (Abduxoliq G’ijduvoniy, Ahmad YAssaviy, Bahouddin Naqshband va boshqalar )ning e’tirof etishlaricha, so’fiylarning ruhiy takomili uchun to’rt bosqich-shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatni bosib o’tish zarurdir. Bu bosqichlarga erishish bir lahzalik ruhiy holat yoki hodisa bo’lmasdan, balki takomilga erishish uchun uzoq vaqt riyozat chekishi talab qilinadi. SHundagina Alloh vasliga zuhur bulish mumkin. Inson o’z nafsi ammorasini tiyish, orqali ruhini poklashi va abadiy ruh bilan birlashib ketishi mumkin. Bunday kishilar so’fiylik maqomiga ega bo’ladilar va komil inson darajasini egallaydilar. Shunday qilib, sufiylik tariqatlarining barchasida markaziy g’oya-bu komil inson bo’lib, kishilarni kamolot sari yetaklagan va chorlab kelgan. Ayniqsa Naqshbandiylik ta’limotidagi “Dil ba yoru-dast ba kor”(qul ishdayu qalb Ollohda) g’oyasi kishilarni mehnatsevarlik, xaqqoniylik va poklikka, ya’ni kamolot sari intilishga tarbiyalab kelgan. Ushbu o`gitlar bugungi kunlarda ham o’zining axloqiy-tarbiyaviy axamiyatiga ega bo’lib kelmoqda. Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqli qobiliyatini o’stirish mumkin deb bilimni insonni shakllantirish mezoni sifatida qaraydi. SHuning uchun ham bolaga ta’lim – tarbiya beradigan muallimning o’zi ham bilimli, dono, ahloqi yuksak bo’lishini targ’ib qiladi. Shuningdek, har bir muallim ta’lim – tarbiya yo’llari, uslubini yaxshi bilishi zarur, deya, ayniqsa muallim – murabbiyning muloyim, xushfe’l bo’lishi zarurligini ta’kidlaydi. Voiz Koshifiyning ahloqiy qarashlari ham o’z salaflari kabi Qur’on va Hadislardagi ahloq qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, vijdon, or – nomus, baxt – saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqning asosiy mezonlari deb insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi. Bularga teskari bo’lgan hatti – harakatlar: yolg’onchilik, chaqimchilik, g’araz, hasad, baxillik, pastkashlikni qoralab, ulardan qutulish yo’llarini bayon etadi. Asarda keltirilishicha, Futuvvatning tarkibi 71 ta bo’lib, uning 48 tasi vujudiy, 23 tasi azaliydir. Bu shartlarning barchasining asosiy maqsad va yo’nalishi insonni komil inson ruhida tarbiyalash inson qalbida iymon – e’tiqod, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan. Hazrat Alisher Navoiy yozganlar: ”Elga qo’shilg’on esh (sherik) topti”. Darhaqiqat, Vatandan tashqarida haqiqiy baxt yo’q. O’zbek xalqi azaldan o’z Vataniga - O’zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga ega bo’lgan, hech qachon bevatan bo’lgan emas. Mamlakatimizga, qurayotgan jamiyatimizga muxoliflik va g’arazgo’ylikni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan kuchlar mavjud va ular, eng avvalo, hali hayot tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarning ongini zaharlab, vaqtinchalik qiyinchiliklarni ro’kach qilib, shohona hayot va’dalari bilan yo’ldan ozdirishga harakat qiladilar. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida o’tish davri qiyinchiliklari va u bilan bog’liq muammolarni hal qilish jarayonida, eskicha sharoitlarga o’rgangan yoshlar tashkilotlarining tarqalib ketishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlarning esa yaxshi ishlamaganligi va shu qiyinchiliklarni yengish uchun harakatda bo’lgan ota- onalar va maktab tomonidan nazoratning tabiiy susayishi oqibatida bo’shliq paydo bo’ldi. Bu bo’shliqni yaxshi anglab yetgan qo’poruvchi guruhlar esa, undan ununmli foydalanishga harakat qildilar. “ 16 fevraldagi fojiali voqealarning ishtirokchilari asosan yoshlar ekanligi bizni, ayniqsa, tashvishlantiradi. Bizning beg’am, loqaydligimiz, ishimizdagi kamchiliklar oqibatida ular jinoiy guruhlar, ekstremistlar ta’siriga, diniy mutaasiblar ta’siriga tushib qolgan. Bu, avvalo, siyosiy ijtimoiy sohadagi muayyan nuqsonlar, eng muhimi yoshlar tashkilotlari va mahalla kengashlari ishidagi katta kamchiliklarni ko’rsatadi. Men bu masalada davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari barcha bo’g’inlari rahbarlarining aybi borligini ta’kidlashga majburman “- degan edi bu xususda Prezidentimiz1. Ma’lumki, har qanday jamiyat o’zining maqsadiga, zabt etiladigan cho’qqisiga ega va bu uning mafkurasida aks etadi. Bugungi sharoitda o’smir va yoshlar tarbiyasini qanday yo’lga qo’yish kerak? Bizning fikrimizcha, avvalambor ularda vatanni sevish, milliy qadriyatlarimizga, Vatanimizning boy va buyuk tarixiga cheksiz hurmat va bu bilan faxrlanish, xalqimizga xos bo’lgan oilani muqaddas deb bilish, o’zidan kattalarga nisbattan hurmat, kichkinalarga mehr va e’tibor tuyg’ularini kamol toptirish muhimdir. Milliy vatanparvarlik tarbiyasi milliy mafkuraning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, yoshlarni ana shu ruhda tarbiyalash masalasi juda muhimdir. Buyuk kelajakni yaratish vazifasini o’z zimmasiga oladigan yoshlarimizning yuksak insoniy hamda axloqiy fazilatlarga, huquqiy va kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari, ayni paytda aqlan, ma’nan va jismonan sog’lom, o’z xalqiga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiya topgan bo’lishlari talab etiladi. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy istiqlol mafkurasining vazifalaridan biri sifatida – “... vatandoshlarimiz tafakkurida o’zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab avaylash, vatanparvarlik tuyg’ularini kamol toptirish” masalasi qo’yilgan2. Vatanparvarlik - xalqimizning qon- qoniga singib ketgan mo’’tabar qadriyatlardan biridir. CHunki, o’z oilasi, qarindosh-urug’i va yaqinlariga mehr - oqibat, ularning taqdiri va muammolari uchun qayg’urish, bir birilarining boshiga kelgan kulfat, tashvish va falokatlarni birgalikda yengish azal- azaldan xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan bo’lib kelgan. “Bir mayizni qirq kishining bo’lib yeyishi” faqat bizning xalqimizga xos va faqat uning asl tabiatini belgilaydi. Umumxalq, umummilliy vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo’lagi, bu - harbiy vatanparvarlikdir. U O’zbekistonning milliy va davlat mustaqilligiga erishganligi sharoitida yana ham muhimroq ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron Amir Temurning o’zi to’g’risida yozib qoldirgan asarida shunday satrlarni uchratamiz: “ Mening hukmronligim davrida mamlakatda ososyishtalik hukm surdi va shuning uchun ham mening xalqim o’z mustaqilligini qurol kuchi ila himoya etmoqqa shaydir”. SHu to’g’rida yana “ Tuzuklari”da shunday deydi: “ Mag’lub bo’lgan mamlakat qo’shini mening qo’shinim tarkibiga kirdi, men esa bu bilan xalqning muhabbatini qozonishga harakat qildim”. Ko’ramizki eski zamonlardayoq xalq va armiya tushunchasi bir- biridan ajralmagan. Harbiy vatanparvarlik - vatanparvarlik tarbiyasining eng oliy ko’rinishidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 moddasida “ O’zbekiston Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining muqaddas burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar”- deb belgilab qo’yilgan3. Milliy istiqlol mafkurasi, uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan vatanparvarlik tushunchasi kishilar ongiga zo’rlab tiqishtiririladigan g’oya emas. Uning zamirida milliy xususiyatlarimiz va umumbashariy qadriyatlarimiz, buyuk tariximiz yotibdi. Demakki, bu qarashlar bizning qon- qonimizda, faqat uni yuzaga chiqarish kerak, xolos. Bu g’oyalarni yoshlarimiz, xalqimiz ongiga yetkazishda ta’lim va tarbiya, ilm- fan, madaniy- ma’rifiy, adadbiyot va san’at, diniy, jismoniy tarbiya muassasalari, qolaversa, mahallalar ahllari, har bir oilaning shu mafkura tevaragidagi jipsligi va faolligi talab etiladi. Amir Temurning nihoyatda ko’p qirrali hayot faoliyatining juda ko’p sahifalari haligacha to’la yoritilmagan. Ayniqsa, uning islohotchilik faoliyati,sotsial-madaniy sohadagi samarali ishlari kam o’rganilgan. Ko’plab dalillarga asoslanib aytish mumkinki, Buyuk Sohibqiron o’zining sotsial siyosatida va etnomadaniyat sohasida inson, jamiyat va tabiatga cheksiz g’amxo’rlik namoyon qilgan. Uning barcha ishlari jiddiy va izchil insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan. O’rta Osiyo xalqlari va bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisining xo’jalik-madaniy va sotsial-iqtisodiy xususiyatlari va o’ziga xos axloqiy tamoyillari katta imperiyani boshqarishda nafaqat zo’r mahorat va gumanistik faoliyat talab qilibgina qolmay, teran va keng bilimdon, yuksak madaniyatli va odil arbob bo’lishni taqozo etgan. Amir Temurga zo’r obro’ keltirgan katta sotsial siyosat, barcha raiyat ahvolidan xabardor bo’libgina qolmay, “ulug’lariga og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rniga ko’rib” munosabat qilganligi, “adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini” o’zidan rozi qilganligidadir. Bunday nihoyatda zo’r insonparvarlikka asoslangan ichki va tashqi siyosat Sohibqironga jahon miqyosida yuksak obru keltirgan va hind daryosi sohillaridan Volga bo’ylarigacha, muhul dashtlaridan Bolqon va O’rta yer dengizi subtropik tuprog’igacha Buyuk qudratli imperiyani bunyod etishida eng muhim omil bo’lib xizmat qilgan edi. Bu buyuk saltanatning shukuxi shundaki, Sohibqiron o’z siyosatini donolik bilan amalga oshirish maqsadida asl zotli, shijoatli va aql farosatli er yigitlarni atrofiga birlashtirgan. Ularning birlik ittifoqlari go’yo bir tandek, barchalarining maqsadlari, so’zlari va ishlari bitta bo’lgan. Amir Temur qaysi mamlakatni zabt etmoqchi bo’lsa to’g’ri tadbir va kengash bilan xatoga yo’l qo’ymaslik uchun har qadamni ko’p o’ylab, sergaklik va ehtiyotkorlik bilan ish tutgan. Xalq g’amida hukumronlik qilgan Amir Temur “Kimki biron sahroni obod qilsayu, biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig’ilsin” deb hukm chiqargan. SHunisi muhimki,uning buyrug’i bilan har yer va elning amaldorlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar yetkazgan bo’lsa, bunday vaqtlarda yetkazilgan zararni amaldordan undirib, jabr ko’rganlarga berish shart hisoblangan. Buyuk Sohibqironga g’oyaviy bayroq va tayanch bo’lib islom dini xizmat qilgan. Tarixiy manbalarga binoan, Amir Temur islom asoslarini chuqur bilgan, Qur’oni Karimni yod olgan. U nafaqat o’z askarlarini, barcha fuqarolarni musulmonchilik ruhida tarbiyalashga, ularni slom g’oyalari asosida biriktirishga, o’zining sotsial-iqtisodiy siyosatida dindan ahloqiy-siyosiy omil sifatida oqilona foydalanishga harakat qilgan. “Temur tuzuklari”da diniy va sotsial ong shakli davlat ishlarida va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatni mustahkamlashda va elatni jipslashtirishda zarur vositaligi bir necha bor ta’kidlab o’tilgan. Sohibqiron musulmon dini peshvolariga, ulamolarga sufiy shayxlarga nihoyatda hurmat bilan qaragan va ularni hat tomonlama qo’llab-quvvatlagan. SHunday bo’lsa-da, uning fikricha, dunyodagi hamma narsani biluvchi va hal qiluvchi dastavval Olloh, qolaversa, insonning samarali tarbiyalanishi, aqliyu amaliyotni o’zlashtirib, o’zini-o’zi boshqarishi deb hisoblagan. Amir Temur dunyoqarashida inson tarbiyasi odob-ahloqi, uni adolatni sevishga, vatanparvarlik va insonparvarlikka o’rganish muhim o’rin egallaydi. SHu sababli u yoshlarga bilim berish, ularning aqliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida har bir shaharda masjidu madrasalar qurish, ulamoyu domlalarni moddiy rag’batlantirish siyosatini amalga oshirgan. Amir Temur barcha o’lkalarda qonunchilikka to’la rioya qilishni qat’iy talab qilgan. Uning maxsus buyrug’i bilan bilagida kuchi bor miskinlar o’z ahvoli va kasbu-koriga qarab ish tutmog’i lozimligini, sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli daraja oltin berilishini, dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilishini, fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam ko’rsatish eng yukssak insonparvarlikdan dalolat emasmi? Mamlakatning obodonligi ham barcha toifadagi fuqarolarning ish va maosh bilan ta’minlash, ularning sotsial himoyasi va shart-sharoiti bilan belgilanadi. Sohibqiron o’z davrida shunday farmon chiqargan edi: “YAna buyurdimki, - deyiladi shu farmonda, har bir mamlakat fatx etilgay, u yerlarning gadolarini to’plab kundalik yemish-ichmishlarini berib, ularga biron vazifa belgilasinlar. Hamda barchasi tamg’alansinlar, toki boshqa gadolik qilmasinlar. Agar tamg’adan keyin ham gadolik qilgudek bo’lsalar, ularni uzoq mamlakatlarga yuborsinlar yoki haydasinlar. SHundagina gado zoti mamlakatimizdan yo’qoladi. Hozirgi murakkab tarixiy vaziyatda jahon siyosati markazida ekologik muammolar birinchi darajali masalalardan biri bo’lib, insonning atrof muhitning holati uchun ijtimoiy va ma’naviy javobgarligi muammosi ilgari surilmoqda. Bugun tabiat va jamiyat oldida har bir inson nafaqat javobgar, balki uni ehtiyot bilan muhofaza qilish hayot-mamot masalasiga aylangan. Amir Temur ichki va tashqi siyosatida etnoekologiya masalasi muayyan o’rin olgan bo’lib, bu tarixiy tajriba inobatga olinsa foydadan xoli bo’lmas edi. Endilikda nafaqat tabiatga, madaniy obidalarga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularga vaxshiylarcha munosabatni yo’qotish va bu ishda izchil nazorat o’rnatish zaruriyati yaqqol namoyon bo’lmoqda. SHuni mamnuniyat bilan qayd qilish lozimki, Amr Temur va temuriylar hukmronligi davrida shakllangan o’ziga xos etnomadaniy va etnosotsial an’analar ma’lum darajda hozirgacha saqlanib kelgan. Ularni chuqur o’rganib, avaylab, saqlab davr talabiga moslashtirib takomillashtirish va yosh avlod ongi va shuuriga singdirish barcha ijtimoiy fan olimlarining, o’qituvchilarining eng dolzarb va amaliy jihatdan muhim vazifalardan biridir. Download 365.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling