Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-fizika fakulteti matematika va informatika yo’nalishi 1-kurs a7 guruh talabasi raxmatullayev jamshidning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.56 Mb.
|
A7 FALSAFA
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA-FIZIKA FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 1-KURS A7 GURUH TALABASI RAXMATULLAYEV JAMSHIDNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.MAVZU: FALSAFIY DUNYOQARASHNING O’Z-O’ZINI ANGLASHDAGI ROLI
Falsafa fani funksiyalari xilma-xil. Ular ichida dunyoqarashlilik (ontologiya), olamni bilish (gnoseologiya), qadriyatli ongni shakllantirish, ijtimoiy, amaliyotchilik (praktikologiya), metodologik, insonparvarlik, madaniy-tarbiyaviy funksiyalari invidual va ijtimoiy ongga faol ta’sir ko’rsatib, shu jarayonda u ijtimoiy-siyosiy tizimidir.
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi lozim.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e'tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling