Navoiy Davlat Pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti O’zbek adabiyoti fanidan


Download 134.75 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2023
Hajmi134.75 Kb.
#1089223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirtemir -mohir tarjimon

Shunday qilib, Mirtemir hibsga olindi va uch oy mobaynida Samarqandda, NKVD hibsxonasida yotdi. O‘sha yilning noyabr oyida esa Toshkent ixtiyoriga jo‘natildi. Toshkentga kelgach, yana olti oy chamasi yerto‘lada o‘tirdi. So‘ngra mahbus 1933 yil 23 aprel kuni O‘rta Osiyo mehnat-tuzatuv lagerlarining 1-shoʻbasiga yuborildi. O‘sha yillarda Toshkentning Qo‘yliq dahasida joylashgan lagerda Mirtemir hukmni kutib, ikki oy yotdi. Nihoyat, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sud shoirni uch yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida xhukm chiqardi. Mirtemir «Esdaliklar»da hibsga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan yillariga taalluqli eng muhim voqealar haqida qisqa-qisqa ma’lumotlar bergan. Bu ma’lumotlar opasida qanday aybi uchun va qaysi moddalar bilan unga jazo muddati belgilangani va hokazolar haqida biror so‘z uchramaydi. O‘n oylik tergovdan so‘ng unga 3 yillk jazo muddati berilganiga ko‘ra, Mirtemirga katta siyosiy ayblar qo‘yilmagan. Uning gunohi kichik bo‘lganini tasdiqlovchi dalillardan biri shundaki, u xatto lager boshlig‘ining ijozati bilan ora-sira uyiga borib, xasta kizi, rafiqasi va kasalxonadagi onasining holidan xabar ham olib turgan. Shoir hibsga olinganidan, ayniqsa Toshkentga jo‘natilganidan keyin oilasi ham Samarqandda turolmadi. Halima opa qizi, onasi va qaynsinglisi bilan Toshkentga ko‘chib kelib, Shayxontaxur dahasida yashay boshladi. Shu yillarda Mirtemirning og‘ir xastalikka chalingan onasi shahar kasalxonalaridan birida davolanmoqda, inisi va boshqa yaqin qarindoshlari ham Toshkentda istiqomat qilmoqda edilar.


Download 134.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling