Navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunosllik fakulteti Cholg`u ijrochiligi yo`nalishi 3-kurs h guruhi talabasi ergashev ibrohimning
Download 62.36 Kb.
|
Ibrohim Kurs ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining vazifalari
Kurs ishining dolzarbligi: Sahna san’ati madaniyati va tabiatidan kelib chiqqan holda so‘zga alohida yondashuvni taqozo etadi.Sa’natkor nutqining o‘ziga xos xususiyati sahnada partnyorlarning o‘zaro so‘zlashuv harakatlarida ochiladi. Sahna nutqi va jismoniy harakat o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir. Shu bilan birga ularning har ikkisini ham aktyorlik mahoratidan alohida ajratib dars o‘tib bo‘lmaydi.Shu sababli ham aktyorlik va notiqlik san’ati bir-biridan alohida bo‘lishi mumkin emas.
Kurs ishining maqsadi: Sahna nutqi aktyorlik san’ati kursining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim. Chunki u aktyorlik mahoratini egallash jarayonining hamma bosqichlarida kerak bo‘ladi.Sahna nutqi so‘z boyligining jonli organik jarayonini mustahkamlash uchun kerak. Bu jarayon bo‘zilganida ortiqcha jo‘shqinlik, so‘zlarni noo‘rin aytib yuborish sodir bo‘ladi. Bu vazifaga sahna nutqi texnikasini o‘qitish ham bo‘ysundirilishi lozim, chunki u mahorat bo‘yicha pedagoglarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Kurs ishining vazifalari:Aktyorlik ijodiyoti faqat so‘zdagina emas, balki harakatda ham namoyon bo‘ladi. Demak, aktyorning jismoniy apparatini rivojlantirish va tarbiyalash teatr maktabida alohida o‘rin tutadi. Shu sababli san’at maktablarida bo‘lajak aktyorlarga birinchi o‘quv yilidan boshlab sport, gimnastika, raqs mashg‘ulotlari fan sifatida kiritiladi. Ikkinchi o‘quv yilida plastik tarbiyaning yanada murak- kabroq vazifalari yuzaga keladi – ular «harakatlan- tiruvchi» fan deb nomlanib, o‘qituvchi-mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Stanislavskiy ta’biricha, har bir jismoniy harakat va imo-ishora aktyor uchun o‘z-o‘zidan zarur bo‘lmay, balki rolning mujassamlashgani, tashqi harakati ifodasi hisoblanadi. Aktyorning plastik madaniyati vazifasi musiqiy-ritmik tarbiya vazifalari bilan uzviy bog‘liq. Afsuski, ular ko‘pgina teatr maktablarining o‘quv rejalaridan e’tiborsiz ravishda tushib qolmoqda.Temp muammolarini hal etish va harakat ritmini egallash, aktyorlik texnikasi elementlarini tashqi va ichki tomondan teng o‘lchovda bog‘liqligi alohida e’tiborga molikdir.K. S. Stanislavskiy sahna elementlariga shuningdek, «guruhlashtirish va mizansahna»ni kiritdi. Uning fikricha, aktyorning sahna sathida ma’no va maqsadga muvofiq ravishda joylashishi, guruhlashtirish va mizansahnalarda bo‘layotgan hodisalar ma’nosini ochib berishi kerak. Mizansahna va guruhlashtirishda bevosita rejissyorning chuqur bilimi talab etiladi. Bu jarayonda aktyorga faqat mizansahna ijrochisi sifatida qaralishi lozim. Shunga asoslanib,guruhlashtirish texnikasi va sahna ko‘pincha aktyorlik guruhlashtirish tizimidan chiqarilib turiladi, u faqat rejissyorlik fakultetlarida o‘qitiladi, xolos. Ammo sahna va guruhlashtirish aktyor organikasining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Zero, aktyor sahnada obrazning tashqi qiyofasiga befarq bo‘la olmaydi. Shu boisdan ham ularning har ikkisi nafaqat rejissura, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita aktyorlik san’ati bilan ham bog‘liqdir. Mizansahna rejissyor-aktyorlar ijodining so‘nggi natijasi emas. Muvaffaqiyat bilan topilgan mizansahna, ijod ilhomini uygotishi, aktyorga sahna haqiqatini sezishga yordam berishi mumkin. Yoki aksincha, ya’ni mizansahna aktyorda yolg‘on kayfiyat uyg‘otish, organik ijodga xalaqit berishi ham mumkin. So‘z, harakat, tempo- ritm va mizansahnalar aktyor ijodining muhim elementlari hisoblanadi. Download 62.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling