Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet55/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Yer tayyorlash. 1 sotixga 250–300 kg (10 sotixga 2,5–3 t) toza, chirigan goʼng solinadi. Tuproq belkurakda 18–20 sm chuqurlikda yumshatiladi yoki ketmon bilan chopiladi. Katta kesaklar maydalanadi va yer tekislanadi.

Ekish muddati va sxemasi. Bahorgi muddatda janubiy viloyatlarda 15 fevralь–1 mart, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 25 fevralь-10 mart, shimoliy mintaqalarda 10–20 mart. Yozgi muddatda janubiy viloyatlarda tezpishar navlar – 10–20 iyulь; oʼrtapishar navlar – 5–20 iyulь; kechpishar navlar 20–30 iyunь; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda tezpishar navlar – 10–20 iyulь, oʼrtapishar navlar – 10–30 iyunь, kechpishar navlar 10–20 iyunda ekiladi. Shimoliy hududlarda tezpishar navlar – 20–30 iyunь, oʼrtapishar navlar – 15–25 iyunь, kechpishar navlar – 5–10 iyunda ekiladi. Kartoshka tuganaklari (urugʼligi) 5–8 sm chuqurlikka ekiladi va har 1 sotix yerga 50–70 gramm ogʼirlikda boʼlgan, 30–35 kg kartoshka urugʼligi sarflanadi.

Kartoshka oldindan tayyorlab qoʼyilgan maydonga qoʼlda ketmon bilan 70×30 yoki 90×25 sm sxemada ekiladi.



Parvarishlash. Maydonlar urugʼlik toʼliq unib chiqquncha ob-havo va yer sharoitiga koʼra 1–2 marta sugʼoriladi. Sugʼorish natijasida begona oʼtlar ham jadal oʼsib chiqa boshlaydi. Ularni yoʼqotish maqsadida sugʼorishdan 4–6 kun oʼtgach, qator oralari va egatlarning ustki qismiga qoʼlda ketmon bilan yalpisiga ishlov berish lozim. Ular yerdan toʼliq unib chiqqandan keyin 20–25 kun oʼtgach, oʼsimliklarga birinchi kompleks ishlov beriladi. Qator oralari 15–16 sm chuqurlikda, oʼsimlikdan 10–12 sm himoya masofasi qoldirilib yumshatiladi. Keyin esa oʼsimlik oralari yengil chopiq qilinib, begona oʼtlardan tozalanishi lozim. Shundan soʼng maydondagi oʼsimliklarni birinchi marta azotli oʼgʼit (50%) bilan oziqlantirib, keyin qondirib sugʼorish tavsiya etiladi. Ikkinchi kompleks ishlov birinchi ishlovdan 25–28 kun oʼtgach yoki oʼsimliklar yoppasiga gʼunchalaydigan davrda amalga oshiriladi. Kartoshka bahorda ekilganida oʼsuv davri havoning salqin va tuproqning sernam paytiga, hosil toʼplash davri esa yozning ayni qiziy boshlagan vaqtiga toʼgʼri keladi. Shuning uchun ham ertagi kartoshka hosil toʼplash (tuganaklash) paytida har 5–6 kunda 1 sotix yerga 4–4,5 m3 hisobidan sugʼorishni talab qiladi. Kechki kartoshka oʼsuv davrida 8–10 kun oralatib bir meʼyorda sugʼoriladi. Hosilni yigʼib-terib olishga 2–3 hafta qolganda suv berish toʼxtatiladi.

Oʼgʼitlash. Kartoshka asosiy oziqa elementlariga oʼta talabchan. Kartoshka yetishtirilganda 1 sotix yerga sof holda 2,2 kg azot, 1,7 kg fosfor, 1,1 kg kaliy berish kerak.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling