Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi 2-’B’ guruh talabasi erkayev quvonchbek ning ‘jahon


Download 306.24 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi306.24 Kb.
#1171768
1   2   3
Bog'liq
ERKAYEV QUVONCHBEK 202-GURUH

PillachiliK
  • Pillachilik
  • Pillachilik ipak qurti boqish va ipakchilik majmui sanaladi. Pillachilik jahonda Ipakchilikning xom ashyo bazasi hisoblanadi. Jahondagi koʻplab qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan davlatlar va rivojlangan mamlakatlarda pillachilik yaxshi rivojlangan. Jumladan eng katta pillachilik salohiyatiga ega boʻlgan mamlakatlar HindistonPokistonOʻzbekiston va Xitoy kabi davlatlar sanaladi. Pillachilik uchun muhim ozuqa manbai tut daraxti hisoblanadi, asosiy pillachilikning 90 % (tut daraxti orqali pillachilik) va tut daraxtisiz pilla yetishtirishning 100 % Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Pillachilik negizida yengil sanoatdagi asosiy xom ashyoga aylangan ipakchilik tarmogʻi tarkib topadi. Jahonda ipakchilik toʻqimachilk sanoatining 0,2 % ni tashkil etadi.
    • Yilqichilik
    • Jahon chorvachiligining ushbu tarmogʻi bundan 4 000 yil oldin Yevropa va Osiyoda tashkil etila boshlangan. Eng yirik yilqichilikning markazlari Oʻrta Osiyo hisoblangan, yilqichilikning dunyo boʻylab tarqalishida avval Oʻrta Osiyoda janubiy-gʻarbiy Osiyoga va Afrikaga tamon tarqala boshlagan. Yilqichilik tarmogʻi jahon mamlakatlarining oziq ovqat tarmogʻini sut va goʻsht bilan taʼminlab beradi. Dunyoda otlarning umumiy soni boʻyicha AQShMeksika va Xitoy davlatlari yetakchilik qilad
    • Asalarichilik
    • Qishloq xoʻjaligi va oziq ovqat sanoati tarmoqlaridan biri hisoblanandi. Asalarichilik oziq ovqat sanoatida mumasal va boshqa mahsulotlar olinadi. Qishloq xoʻjaligi sohasida esa dehqonchilik mahsulotlari va boshqa turdagi oʻsimliklarni changlatishda keng foydalaniladi. Asalarichilikning rivojlanishi turli bosqich davrlarga boʻlinadi. Asalarichilikning ilk davrida asalari inlari togʻlarda, qoyalarda, daraxt kovoklarida va gʻorlarda saqlangan. Asalarichilik xoʻjaligi XX asrning 20-yillarida tarkib topa boshladi. Dunyo boʻyicha tabiiy asal yetishtirishda TurkiyaJanubiy KoreyaAQShIspaniyaRossiyaMeksikaHindistonEfiopiyaXitoy va Pokiston davlatlari yetakchilik qilad
    • Tuyachilik
    • Jahon mamlakatlarida oziq ovqat tarmog‘ida muhim bir qismi hisoblangan tarmoq hisoblanib, tuyachilik tabiiy iqlimiy sharoitlarga mos holatda rivojlangan. Tuyachilik orqali sut, moʻyna, teri va goʻsht mahsulotlari olinadi. Tuyachili Afrika mamlakatlari (Sahroi Kabir mamlakatlarida asosan) va Osiyo mamlakatlarining dashtcho'l, chalachoʻl hududlarida boqiladi. Jahonda tuyalar sonida SomaliSudanEfiopiyaNigerMavritaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi
    • Qoʻychilik
    • Jahon oziq ovqat tarmogʻida muntazam goʻsht mahsuloti bilan taʼminlab beruvchi va sanoatga teri, jun yetkazib beruvchi yirik tarmoqlardan biri sanaladi. Jahon mamlakatlarida qoʻylarning umumiy soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qiladi, mamlakatda 127,1 mln bosh qoʻylar mavjud. Avstraliya-119,6 mln bosh, Hindiston davlatida esa 57,6 mln bosh, Yangi Zelandiyada 46,1 mln bosh, Afrikadagi Sudan davlatida esa 42,5 mln bosh, Pokiston 31,3 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh va Afgʻonistonda 14,3 mln bosh qoʻylar mavjud. Oʻzbekistonda 12 mln bosh qoʻy va echkilar bor.

    Et’ibotingiz uchun RAHMAT!!!

    • Tayyorladi:ERKAYEV QUVONCHBEK
    • Tekshirdi:BO’RONOV YORQIN

    Download 306.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling