1917-yildan 1922^ilgacha Ispaniyada 11 ta hukumat almashdi. Ispaniya ta^rixida Burbonlar monarxiyasining zavoli va harbiy diktatura hukmronligi davri boshlandi. - 1917-yildan 1922^ilgacha Ispaniyada 11 ta hukumat almashdi. Ispaniya ta^rixida Burbonlar monarxiyasining zavoli va harbiy diktatura hukmronligi davri boshlandi.
1923-yil 13 sentabrdagi isyon natijasida hokimiyat general Primo de Rivera boshchiligidagi harbiy direktoriya qo'liga o'tdi. Harbiylar birinchi marta mamlakatni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Generalga amalda cheklanmagan hokimiyat berildi, lekin tez orada Ispaniya yakka shaxs hokimligini qo'llab-quwatlamasligi ma'lum bo'ldi. Iqtisodiyot izdan chiqdi, hamma joyda hukumatga qarshi chiqishlar boshlandi. 1930-yil 28-yanvarda general iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Bu harbiy-monarxistik diktaturaning xotimasi bo'ldi. - 1923-yil 13 sentabrdagi isyon natijasida hokimiyat general Primo de Rivera boshchiligidagi harbiy direktoriya qo'liga o'tdi. Harbiylar birinchi marta mamlakatni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Generalga amalda cheklanmagan hokimiyat berildi, lekin tez orada Ispaniya yakka shaxs hokimligini qo'llab-quwatlamasligi ma'lum bo'ldi. Iqtisodiyot izdan chiqdi, hamma joyda hukumatga qarshi chiqishlar boshlandi. 1930-yil 28-yanvarda general iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Bu harbiy-monarxistik diktaturaning xotimasi bo'ldi.
- Respublikachilarning monarxistlar bilan birinchi to'qnashuvi 1931-yil 12-aprelda bo'lib o'tgan mahalliy munitsipal saylovlarda yuz berdi. Saylovchilarning aksariyati o'z ovozlarini respublikachilarga berishdi. Saylovlar yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua-demokratik inqilobi boshlandi. Barcha shaharlarda namoyishlar bo'lib o'tdi. Demokratlar davlat muassasalarini egallashib, siyosiy mahbuslarni ozod qilishardi. Qator shaharlarning munitsipalitetlari respublika e'lon qilishdi. Respublikachilar g'alabasi muqarrarligini ko'rgan qirol Alfonso XIII 14-aprelda taxtdan voz kechdi.
- 1931-yil 9-dekabrda Ispaniyada mamlakatni «barcha mehnatkashlar respublikasi» deb e'lon qilgan yangi konstitutsiya qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |