Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika
- 1941 yillarda xalq maorifi, o`quv dastur, qo`llanma va darsliklarning yaratilishi, ta’lim - tarbiya ishlari
Download 1.04 Mb.
|
Ma\'ruza 3 kurs
1924 - 1941 yillarda xalq maorifi, o`quv dastur, qo`llanma va darsliklarning yaratilishi, ta’lim - tarbiya ishlari.
1924 yili davlat chegaralanishi o`tkazilib, sobiq sovet respublikalari tashkil topgandan so`ng respublikalarda iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy yuksaklikka erishish maqsadida bolalarni umumiy ta’limga tortish, kattalar orasida yangi yo`sindagi savodsizlikni tugatish kerak edi. Shuning uchun 1930 yili 14 avgustda sobiq SSSR MIK va XKS tomonidan "Umumiy majburiy boshlang`ich ta’lim haqida" qaror qabul qilindi. Unda 8 - 10 yoshli bolalarni boshlang`ich maktablarning kamida 4 yillik kursi hajmida umumiy majburiy o`qishga jalb etish, 11 - 15 yoshli mehnat maktabining 4 yillik kursida o`qimaganlar uchun tezlashtirilgan 1 - 2 yillik kurslar tashkil etish, sanoat shaharlarida 1930 - 31 o`quv yilidan 7 yillik majburiy maktabga bolalarni tortish masalalari ko`zda tutildi. 1929 yili O`zbekistonda arab alifbosi o`rniga lotin alifbosi qabul qilindi. 1931 yil 5 sentabr "Boshlang`ich va o`rta maktablar to`g`risida" qarorida yo`l qo`yilgan kamchiliklar ko`rsatildi, darsni uyushtirish va o`tkazish metodikasini yaxshilashga e’tibor berildi. Fanlar bo`yicha sikl birlashmalari tashkil etish, pedagogik birlashma tashkil etish masalalari ko`rildi. Yangi o`quv dasturlari tuzildi. 1932 yil 25 avgustda "Boshlang`ich va o`rta maktablarning o`quv programmalari va rejimi haqida" sobiq VKP(b) MK ning qarori chiqdi. 1933 yil "Boshlang`ich va o`rta maktab darsliklari" haqidagi qaror chiqdi, tez o`zgaradigan darsliklar yaratish qoralandi. 1933 yildan sinfdan - sinfga ko`chirish sinovlari joriy etildi. 1934 yildan maktablarda sinf rahbari vazifasi ta’sis etildi. Pedagogika darsliklari yaratila boshlandi. 1932 - 40 yillarda A.Afrikanov, P.Gruzdev,, I.Kairov, B.Yesipovlarning pedagogika oliy va o`rta o`quv yurtlari uchun darslik, qo`llanmalari nashr etiladi. 1940 yil Toshkentda respublika o`qituvchilarining 1 - se’zdi o`tkazildi. Ta’lim - tarbiyani yaxshilash, majburiy o`rta ta’limni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 1940 yil may oyida sobiq O`zSSR Oliy sovetining 3 - sessiyasida "O`zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o`zbek alfavitiga ko`chirish to`g`risida"gi qonun qabul qilindi. Oliy va o`rta maxsus ped. o`quv yurtlari soni ortdi. 1933 - 37 yillarda respublikada 26 ta pedtexnikum, 5 ta rabfak, O`rta Osiyo davlat universiteti, Navoiy nomidagi Samarqand DU, Toshkent, Farg`ona, Buxoro pedinstitutlari faoliyat ko`rsatdi. Bu davrlarda hukumatning maorif sohasida olib borgan siyosati natijasida o`zbek xalqi o`z tarixi, milliy urf - odati, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o`rganish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi., millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun kurashgan ma’rifatparvarlar surgunlarda azob chekdilar. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling