59
Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakul’teti tarix o’qitish
metodikasi yo’nalishi talabasi Sharopov Sheralining “O’zbekistonda ta’lim
tizimidagi islohatlar” (Navoiy viloyati misolida) mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishi ishiga
T A Q R I Z
Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakul’teti tarix o’qitish metodikasi
yo’nalishi talabasi Sharopov Sheralining O’zbekistonda ta’lim tizimidagi
islohatlar (Navoiy viloyati misolida) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi o’zining
dolzarbligi bilan ajralib turadi. Zero ta’lim tarbiya masalasi har bir inson, har bir
jamiiyat va davlat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va muhimligi, o’rganish darajasi
yoritilgan. O’zbekiston ta’lim tizimining rivojlanishi va takomillashuvining eng
muhim yo’nalishlari deb nomlangan birinchi bobda Yurtboshimiz Islom
Karimovning ta’lim sohasini isloh qilish to’g’risidagi g’oyalari va bu g’oyalarni
amaliyotga tadbiq qilish jarayonlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim
islohatlarining takomillashuvi kabi masalalar o’rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi Mustaqillik yillarida Navoiy
viloyatida ta’lim tizimidagi islohotlar deb nomlanib, ushbu bobda viloyatimizda
ta’lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar aniq faktlar asosida yoritib berilgan.
Ushbu bobning uchinchi rejasi joriy yilda poytaxtimizda bo’lib o’tgan xalqaro
konferensiyaga bag’ishlangan bo’lib, mamlakatimiz ta’lim tizimining jahon
hamjamiyatida tutgan o’rni alohida ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
Bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
bitruv malakaviy ishlarini yozish bo’yicha ―Nizom‖i talablari darajasida yozilgan
deb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman.
“Umumiy tarix” kafedrasi kata oqituvchisi: F.Shirinova